Sotsiolingvistika va diskurs
Kodlar aralashuvi (bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o’tish)
Download 0.66 Mb.
|
SotsiolingvistikaUMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- KOORDINATIV (SOF) BILINGVIZM
- Koyne
- LINGVISTIK SHOK
- LISONIY FAOLLIK
Kodlar aralashuvi (bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o’tish) – nutqiy muloqot chog’ida so’zlovchiningkommunikatsiya sharoitidan kelib chiqqan holda, bir tildan (bir til variantidan, dialektdan, uslubdan) boshqa bir til ko’rinishiga o’tishi.
KODLASH (encode) – nutqni yaratish. KOMMUNIKATIV SHAXS – real kommunikatsiyada real harakat qiladigan aniq kommunikativ aktning aniq ishtirokchisidir. KOORDINATIV (SOF) BILINGVIZM – ikki til mutlaqo avtonom bo‘lib, har biri o‘zining tushunchalar majmuyiga mos keladi, ikki tilning grammatik kategoriyalari ham mustaqil bo‘ladi. Koordinativ (sof) bilingvizm–ikki til mutlaqo muxtor bo’lib, har biri o’zining tushunchalar majmuyiga mos keladi, ikki tilning grammatik kategoriyalari ham mustaqil bo’ladi. Koyne – aholi turli guruhlarining ijtimoiy va lisoniy aloqalari jarayonida shakllangan dialektlararo og’zaki muloqot vositasi. LAKUNA (lot. lacuna “bo‘shliq, chuqurlik, cho‘nqir joy”; frans. lacune “bo‘shliq, bo‘sh joy”) – biron xalqning maishiy, madaniy, ijtimoiy va tarixiy hayoti uchun xarakterli va boshqa xalq uchun begona bo‘lgan, boshqa tilda aniq muqobili bo‘lmagan so‘z va so‘z birikmalari. Lakunalar qiyoslanayotgan tillarda o‘xshashi bo‘lmagan so‘zlar bo‘lib, ular, asosan, tillarning qiyosida seziladi. LINGVISTIK SHOK – ona tili uchun kulgili, g‘alati va odobdan tashqari hisoblangan lisoniy birliklar qo‘llanilgan xorijiy nutqni eshitgan insonning hayratlanish, kulish yoki xijolat bo‘lish holati. Masalan, turk tilida düşmek “yiqilmoq”ni, o‘zbek tilida tushmoq “yuqoridan, balandlikdan pastga tomon yo‘nalmoq; biron transportdan tushmoq va h.k.” yoki zor “juda qiyin”, zo‘r “juda yaxshi” ma’nolarni ifodalaydi. Koreys tilida oppa akani, o‘zbek tilida bunga qarama-qarshi ma’nodagi so‘zni anglatadi. Tillararo bunday omonimiya hodisasi “tarjimonning aldoqchi do‘stlari” muammosi sifatida tasvirlanadi. LISONIY FAOLLIK (linguistic performance) tushunchasi ham N.Xomskiy tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. N.Xomskiy lisoniy faollikni psixologiya sohasiga aloqador qildi va uni til egasi tomonidan yaratiladigan ifodalar sifatida izohladi. N. Xomskiy lisoniy faollikni “aniq sharoitlarda tilning kundalik qo‘llanishi”, - deb tushuntiradi. Lisoniy faollik nutqiy faoliyatda lisoniy qobiliyatni amalga oshirishda yuz beradigan jarayondir. Ya’ni lisoniy faollik ona tilini o‘zlashtirgan kishi egallagan til bilimlarini amalda qo‘llay olishidir. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling