Sotsiolingvistika va diskurs
-Ma’ruza.G’arb mamlakatlarida sotsiolingvistikaning o’rganilishi
Download 0.66 Mb.
|
SotsiolingvistikaUMK
18-Ma’ruza.G’arb mamlakatlarida sotsiolingvistikaning o’rganilishi .
(Germaniya misolida) Germaniya sotsiolingvistikasining vujudga kelishi Nemis tilshunosligi tarixiga nazar tashlanganda sotsiolingvistikaning rivojlanishiga asos sifatida xizmat qiladigan ikki yo‘nalishni ko‘rish mumkin. Birinchi yo'nalish nemis tilining shakllanishidagi tarixiy xususiyatlardan kelib chiqqan. Ma’lumki, XIX asming ikkinchi yarmigacha davom etgan Germaniyamng ko‘p asrlik feodal tarqoqligi birinchidan,nemis tilida bir-biridan farq qiladigan ko‘p sonli dialektlaming mavjudligida, ikkinchidan, nemis adabiy-milliy tilining favqulodda sekin shakllanganligida, uchinchidan, talaffuz va grammatika me'yorlanda mahalliy ikkilanishlaming uzoq davom etganligi hamda hozirgi nemis so‘zlashuv tilida mahalliy talaffuz va lug‘aviy farqliliklaming sezilarli darajada saqlanib qolganligida namoyon boTgan. Ana shu xususiyatlami nazarda tutgan holda, nemis tilshunosligi asosiy diqqat-e’tiborini an’anaviy tarzda dialektlar, me’yor muammosi, shuningdek, adabiy til, so'zlashuv tili va dialektlaming o‘zaro munosabatini o ‘rganishga qaratdi1. Y.Grimm, I.A.Shmeller, G.Venker, F.Vredlaming tadqiqotlari bunga misol bo‘la oladi.Nemis tili dialektlarini har tomonlama chuqur va jadal o'rganish ikkinchi jahon urushigacha davom etdi. Bu tadqiqotlarga dialektologiya uchun an’anaviy vazifalami belgilash xos bo Tib, birinchi galda lingvistik geografiya metodlari yordamida dialektlaming hududiy tarqalishi aniqlandi, so'ngra ulaming tarqalishidagi tarixiy davomiylik belgilandi. Dialektning ijtimoiy tomoniga nisbatan boigan dastlabki davrlardagi qiziqish ma’lum darajada yo‘qolgan edi. Holbuki, biiinchi (makon) va ikkinchi (zamon) bilan bir qatorda aynan “uchinchi o ‘lchov” (dritte dimension)ning, ya’ni dialektning ijtimoiy variantliligini tahlilga tortilishi sof dialektologik tadqiqotlardan ijtimoiy-dialektologik tadqiqotlarga, xuddi sobiq GDRda yuz bergandek, asosiy sotsiolingvistik tadqiqotlardan biriga qonuniy o‘tish yuz bergan boiardi1. Biroq GFRda sotsiolingvistikaning rivojlanishi dastlab boshqa yo‘ldan bordi, dialektlaming vazifalari va qoilanishi kabi sotsiolingvistikjihatlarga nisbatari qiziqish keyinroq paydo bo‘ldi.Nemis tilshunosligidagi ikkinchi yo‘nalish sotsiolingvistik muammolarga ma’lum ma’noda tegishli boigan, tilga “xalq ruhi”, milliy tafakkur ifodasining mahsuli sifatida haraydigan V. Gumboldt va uning izdoshlarining nazariy fikrlaridir. Ammo V.Gumboldtnmg g‘oyalari GFR tilshunoslarining emas, balki faylasuflarming asosiy tadqiqotlarida o‘z rivojini topib, ulaming idealistik tomoni haddan tashhari bo‘rttirildi. Til va jamiyat, til va madaniyatning aloqasi kabi muhim masalalar o‘sha davrdagi va undan keyingi tilshunoslaming e’tiborini tortmadi.Ayrim g‘arbiy yevropalik sotsiolingvistlaming fikricha, 60-yillarda GFRda sotsiolingvistikaining rivojlanishi umumgerman an’analaridan butkul uzilgan, birinchi navbatda mamlakatdagi siyosiy va ta’lim sohasidagi ahvoldan kelib chiqqan holda yuz bergan.O’tgan asming 50-60-yillarida nemis tilshunosligi og‘ir ahvolni boshidan kechirdi va nazariy tilshunoslikning yangi ta’limotlari doirasida o ‘z o'rnini topishga harakat qildi. Bu bir tomondan, transformatsion grammatika, ikkinchi tomondan, B. Bemstaynning sotsiolingvistik ta’limotining tanqidsiz qabul qilinishiga olib keldi3. Shu bilan birga, GFRda sotsiolingvistikaning rivojlanishi uzoq vaqt mobaynida bu o‘ta yuzaki nazariyaning ham lingvistik, ham ijtimoiy jihatlari singari tor doiralari bilan chegaralanib qoldi. GFRning AQSh bilan iqtisodiy, siyosiy va ilmiy jihatdan o‘ta mustahkam aloqalariga qaramasdan, sotsiolingvistika o‘zining dastlabki bosqichlarida nazariy teranligi va empirik asosining kengligi nuqtayi nazaridan B. Bemstaynnikidan afeal bo‘lgan Amerika ta’limotini deyarli qabul qilmadi.B.Bemstayn gipotezasining o‘ziga tortadigan asosiy tomonlaridan biri uning amaliy yo‘nalishi edi. U “ijtimoiy hayotni yaxshilash haqida muayyan tavsiyalami bergandek”, ijtimoiy ziddiyatlami mutlaqo og‘riqsizyo‘l bilan yumshatishga uringandek ko‘rinar edi. Tabiiyki, mazkur gipoteza nafaqat tilshunoslami, balki siyosatshunoslar, sotsiologlar va ta’lim sohasidagi mutaxassislami ham qiziqtirgandi. A.I. Domashnev bu haqida shunday yozgan: “B. Bemstayn kodlar nazariyasining qizg‘in muhokama qilinishiga sabab, avvalo, uning ilmiy ahamiyati emas, ko‘proq ta’lim ehtiyojlari uchun jozibador boTgan uning pragmatik jihati edi. Bu davrda aksariyat kapitalistik davlatlardagi qashshoqlik shu darajaga yetgan ediki, endi bu haqida sukut saqlash, bu sohada hech bo‘lmaganda ozgina o‘zgarishlar qilishga urinmaslik mumkin bo‘lmay qolgan edi”. Shuningdek,I. Radtkening qayd qilishicha, GFRda turli siyosiy partiyalar “ijtimoiy islohotlar” o ‘tkazish talabini ilgari surdilar. Ta’lim boshharuvidagi rasmiy idoralar sotsiolingvistikaning maktabdagi “quyi tabaqa” bolalarining lisoniy tengsizliklar tufayli boshqa bolalarga nisbatan “teng imkoniyatlar”dan mahrumligi haqidagi xulosasiga tezda munosabat bildirishdi” Bunday sharoitda quyi ijtimoiy tabaqaga mansub bolalaming til salohiyatlarini kengaytiradigan “til o‘qitishning kompensator” dasturlari ishlab chiqildi.Mualliflaming fxkricha, mazkur dasturlar bunday bolalaming ijtimoiy imkoniyatlarini o‘rta ijtimoiy qatlamga mansub bolalar bilan tenglashishiga, ya’ni ulaming ham ta’lim olish va xizmat pog'onalaridan ko‘tarilish imkoniyatlariga ega bo‘lishiga olib keladi2. Nima uchun kodlar nazariyasi aynan GFRda bunchalik katta qiziqish uyg‘otgan degan savolga B. Shliben-Lange ikki jihat bilan javob beradi. Birinchidan, B.Bemstayn gipotezasining tashviqoti 1967-1969-yillardagi talabalar harakatiga mos keigan: bu gipoteza filologiyaning jamiyat amaliyoti bilan aloqasini namoyish qilganligi bilan talabalami o‘ziga jalb qilgan.Ikkinchidan, 60-yillaming oxirida GFRda yuqorida qayd qilingan siyosiy va ijtimoiy sabablarga ko‘ra, pedagogika eng asosiy fanlardan biriga aylangan. Pedagogika fani tomonidan tarbiya jarayonidagi natijalaming,asosan, til vositasida amalga oshiriladigan muhim ijtimoiylashuv shakllariga bog‘liq boTishi belgilangan edi. Shunga ko'ra, pedagogika uchun til to‘siqlari muammosi markaziy masalalardan biri hisoblanar edi. Shunday qilib, GFRda sotsiolingvistik muammolar majmuyi vujudga keigan paytdanoq pedagogik nazariyalar bilan chambarchas bog'liq b o iib , uning rivojlanishida muhim o‘rin egalladi.Shuni ta’kidlash joizki, GFRda 70-yillardayoq kompensatsiyalangan ta’ lininmg ' kutilgan natijalar bera olmaganini va Bemstayn nazariyasi uiradlami oqlay olmasligini k o ‘rsatadigan tadqiqotlar yuzaga keigan edi (Gutt, Saffiner 1971, Hartig 1977 tadqiqotlari bunga misol bo'ladi). 70-yillardagi G" arbiy Germaniya sotsiolingvistikasida B.Bemstayn farazining asosiy mazmunini empirik tekshirish va tanqid qilish salmoqli o‘rin tutdi. Biroq mazkur muammolar bilan birga, tadqiqotchilar boshqa mamlakatlaming sotsiolingvistlari an’anaviy shug‘ullangan masalalar bilan ham qiziqa boshladilar. Ayniqsa, AQSh sotsiolingvistlarinmg, xususan, U.Labov, D. Xayms, J. Gampers, M. Qulitard va h.k.ning tadqiqotlariga qiziqish ortdi, ular nemis tiliga tarjima qilindi.Bu davrga kelib, umumnazariy masalalar muhokama qilina boshlandi, ya’ni sotsiolingvistika fan sifatida o‘z mavqeyini belgilashga boshladi. B. Shliben-Langening ta’kidlashicha, bir tomondan, til jamoalari va ijtimoiy guruhlar hayotidagi sotsiolingvistik muammolami, ikkinchi tomondan, sotsiolingvistikaning fan sifatidagi muammolarini farqlab olish lozim edi. U sotsiolingvistikaning predmeti, tadqiqot metodlari, nazariyaning tizimi, shuningdek, sotsiolingvistikaning boshqa fanlarga munosabatini ikkinchi tiidagi muammolar qatoriga kiritdi.70-yillarda GFR sotsiolingvistlari tomonidan qizg‘in bahslarga sabab bo’lgan umumnazariy masalalar orasida lingvistik materialni tasvirlash usullari muammosi ham bor edi. Til jamoalari hayotidagi sotsiolingvistik muammolar orasida ijtimoiy vaziyat va rollarga ko‘ra variantlilik ko‘proq e’tibomi jalb qilar edi. Bu o ‘rinda tadqiqotlar, asosan, GFRning nemis tilidagi materialiari negizida amalga oshirildi.Ushbu davrda qator keng ham’rovli sotsiolingvistik tadqiqotlar dunyo yuzini ko‘rdi. Maktab o‘quvchilari so‘zlashuv tilini o ‘rganish maqsadida yozilgan “Maktabda til”, fan va texnikaning rivojlanishi ta’sirida texnik-kasbiy tilning paydo b o iish xususiyatlarini yoritishga haratilgan “Kasbiy va maxsus tillar”, nemis tili struktur xususiyatlarining tahlili hamda til muomalasining ijtimoiy strukturalar bilan aloqasini belgilash maqsadida yozilgan “Quyi Germaniya so‘zlashuv tilining tadqiqi” kabi asarlar shular jumlasidandir,Xullas, GFRda sotsiolingvistik muammolarga bo ig an qiziqish yildan- yi’ga ortib bormoqda, Mazkur fikmi monografiyalar, to‘plamlar hamda lingvistika va sotsiologiyaga doir jumallardagi maqolalar sonming ko’payib borishi bilan quvvatlash mumkin. 1987-yilda GFRda U. Ammon, K. Mattxayer va P. Neldning tahriri ostida “Sociolinguistica. Internationales Yahrbuch fiir Europeische Soziolinguistik” jumali nashr qilina boshlandi . maqolalari, ko‘pchilik mamlakatlarda amalga oshirilgan sotsiolingvistik tadqiqotlaming bibliografiyasi e’lon qilinib boradi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling