Sotsiolingvistika va diskurs
-Ma’ruza.Sotsiolingvistikada savodxonlik masalasi
Download 0.66 Mb.
|
SotsiolingvistikaUMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-Ma’ruza. Sharq mamlakatlari sotsiolingvistikasi. (Yaponiyada sotsiolingvistika misolida)
19-Ma’ruza.Sotsiolingvistikada savodxonlik masalasi.
Reja: 1.Savodxonlik nima ? 2. Dunyo hamjamiyatida savodxonlik darajasi haqida 3. D. Xirsh bo’ycha savodxonlik darajasi haqida ma’lumot. Har bir davlatning rivojlanish ko’rsatkichlaridan biri bu – savodxonlik darajasidir Amerikalik madaniyatshunos va pedagog Erik Donald Xirsh madaniy savodxonlik konsepsiyasini yaratgan shaxs sifatida mashhur. Bu konsepsiya AQSh ta’lim tizimiga katta ta’sir ko’rsatgan. 1988 yilda professor Xirsh 5000 so’z birikmasi ,tarixiy hujjatlar nomlanishi,ilmiy atamalar, sanalar va amerika jamiyati uchun muhum bo’lgan ma’lum so’zlar lug’atini ishlab chiqdi. Bu so’zlar har bir savodli amerikalik bilishi zarur so’zlar jamlanmasidir Amerikalik madaniyatshunos va pedagog Erik Donald Xirsh madaniy savodxonlik konsepsiyasini yaratgan shaxs sifatida mashhur. Bu konsepsiya AQSh ta’lim tizimiga katta ta’sir ko’rsatgan. 1988 yilda professor Xirsh 5000 so’z birikmasi ,tarixiy hujjatlar nomlanishi,ilmiy atamalar, sanalar va amerika jamiyati uchun muhum bo’lgan ma’lum so’zlar lug’atini ishlab chiqdi. Bu so’zlar har bir savodli amerikalik bilishi zarur so’zlar jamlanmasidir 2013 yilda ta’limdagi islohotlarga bag’ishlangan maqolasida D. Xirsh qarashlari atrofida turli fikrlar va munozaralar bo’lishiga qaramay ,”Xirsh oxirgi 50 yillikning ta’lim sohasidagi muhim islohotchisi” sifatida amerika ta’limi tarixida qoldi. Bilimlar bazasi fondining nashr etilgan ma’lumotlariga ko’ra AQShning 46 shtati va Kolumbiya okrugida Doktor Xirsh lug’atidan 1,260 maktab savodxonlik masalasida foydalanishgan. 20-Ma’ruza. Sharq mamlakatlari sotsiolingvistikasi. (Yaponiyada sotsiolingvistika misolida) Bugungi Yaponiyadagi lisoniy vaziyat ijtimoiy hayotning muhim tomonlari bilan bog‘liq, u yoki bu darajada siyosiy ahamiyat kasb etgan qator muammolami keltirib chiharmoqda. Til muammolarini oqilona hal qilmasdan turib, to‘laqonli ta’limga, ommaviy axborot vositalarining samarali ta’siriga va xorijliklar bilan muloqotga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat siyosati til siyosatini ham qamrab oladi. Ta’kidlash joizki, hech qaysi rivojlangan kapitalistik davlatlaming hukumati til masalalariga Yaponiya hukumatichalik katta e’tibor haratmaydi.Ikkinchi jahon urushidan keyin til me’yori masalasini hal qilish, ona tili va chet tillami o'qitishning samaradorligini oshirish, matbuot, radio va televideniya matnlarini talab darajasiga keltirish maqsadida davlat muassasalari taslikil qilindi. Tokiodagi Yapon tili davlat instituti (KKK) hamda Madaniyat, radio va teleko‘rsatuvlar instituti (XBK) shular jumlasidandir. Har ikkala institut ham til me’yorlarini ishlab chiquvchi markaz bo‘lib, til me’yorlari (xususan, o‘quv adabiyotlari va teleko‘rsatuvlari) yuzasidan qonun chiharish huquqiga ega. KKKning vazifalari turli-tuman bo‘lib, ulardan asosiysi amaliy yo‘na!ish hisoblanadi: bu yapon adabiy tili va dialektlari bo‘yicha materiallar to‘plash, yapon tili egalari bilan ommaviy so‘rovnomalar o‘tkazish, matnlardagi muayyan leksik birliklar, grammatik ko'rsatkichlar va konstruksiyalaming qo‘llanishini kuzatish, yozuv belgilarini statistik tahlil qilish, yapon tilini yaponlarga va chet elliklarga o‘qitish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqish, baholashning qat’iy mezonlarini begilash va h.k. Ikkinchi jahon urushidan oldin Yaponiyada nazariy tilshunoslik hukmronlik qilgan bo‘lsa, umshdan keyingi dastlabki yillardanoq amaliy tilshunoslik masalalarini hal etishga haratilgan tadqiqotlar yuzaga kela boshladi. Albatta, “sof ilm” mavjud edi, biroq u ikkinchi darajali bo‘lib, unga ko'proq ilmiy-tadqiqot institutlari va xususiy universitetlar homiylik qildi. Birinchi navbatda amaliy tadqiqotlar, xususan, sotsiolingvistik xususiyatdagi izlanishlar (mashina tilshunosligi - axborotlaming avtomatik tahlili, ulami EHMga hamda mashina tarjimasiga kiritish va h.k. katta o‘rin egalladi) keng miqyosda amalga oshirildi.Mazkur ishlaming nazariy asosini “lisoniy mavjudlik” (gengoseykatsu) maktabi g‘oyasi tashkil qilgan edi. Bu maktabning vazifasi tilning fonetik tizimi, grammatik qurilishi yoki so‘z semantikasini emas, balki ijtimoiy jarayonlar bilan bogiiq bo‘lgan kishilammg nutqiy xususiyatlarini tasvirlash edi2. Shunga k o la, sotuvchi, xizmatchi, uy bekasi va h.k.laming “lisoniy mavjudlik” qolipi tuzilib, ulaming til amallari bilan ishlashga qancha vaqt sarflashi, nutqidagi gaplarning o ltacha uzunligi qanday. bu gaplarda ega va kesimning foizi qancha, eskirgan leksika, kattgo bilan gayraygomng o ‘zaro nisbati va shunga o‘xshash og‘zaki nutqning olganilishi qiyin boigan jihatlari yoritildi. Yapon tilidagi gaplarning kundalik so‘zlashuvda o‘rtacha 3,81%, oldindan tayyorlanmagan rasmiy suhbatda 5,49%, ma’ruzalarda 9,31%, teleyangiliklarda 16,48% mustaqil ma’noli so‘zlardan tarkib topgani aniqlandi Umurnyapoh, mahalliy va xalqaro teleyangiliklarda qollanilgan jumlalarda ishtirok etgan tovushlaming o‘rtacha miqdori belgilandi (Yapon tilshunosligining amaliy yolialishi yaponlaming kundalik hayotida muhim rol o‘ynashi bilan tavsiflanadi. Mazkur rol chet ellik,amerikalik kuzatuvchilami hayratga soladi. Aksariyat mamlakatlarda tilshunoslik hayotdan uzoq boigan mavhum fan sifatida qabul qilinadi. Bu ayniqsa, keyingi yillarda o'zining murakkab tushunchaviy terminolik apparati bilan boshqa soha mutaxassislarini qolqitib yuborgan struktur va generativ tilshunoslikka tegishlidir. Yaponiyada esa mutlaqo boshqa vaziyat hukm suradi. Amerikalik tilshunos E. Jprden qayd qilganidek,amerikaliklar uchrashganda ko‘proq ob-havo va siyosat haqida, yaponlar esa ob-havo va til haqida gaplashishadi13.Amerikalik yaponshunos ohm R. E. Milleming afsus va nadomat bilan yozishicha, tilshunoslar keng ommaga taniqli bo‘lmagan uning mamlakatidan farqli o‘laroq, Yaponiyada lingvistik tadqiqotlarga ommaviy ravishda qiziqish kuzatiladi, tilshunoslar, ayniqsa, professor unvoniga ega bo‘lgan yoki nufuzli tashkilotlarda ishlovchi olimlar omma orasida mashhurligi bilan nom chihargan. Yaponiyada mutaxassis bolmaganlar ham tilshunoslikka oid kitoblami tushunilishi qiyin bolishiga haramay, bajonidil sotib olishadi. Tilshunoslar tez-tez televideniyada chiqishlar qilishadi, xohlagan masalalar yuzasidan o‘zlarining fikrlarini bildirishadi amaliyotining masalalari yapon ommaviy axborot vositalarida muhim o‘rin egallaydi. Til va yozuv me’yori muammosi keng miqyosda ommaviy muhokama qilinadi. 1978-yilning sentabr oyidan 1979-yilning avgust oyigacha bo’lgan davrda birgina “Asaxi-simbun” gazetasining “Ovoz” rakni ostida til me’yori masalasiga bagishlangan 28 ta maqola e’lon qilingan Shunday qilib, bugungi kunda Yaponiyada tilshunoslik faniga birinchi navbatda til amaliyotining asosi, yaponlarga tildan to‘g‘ri foydalanishda yordam beradigan vosita sifatida haraladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling