Sotsiolingvistika va diskurs


Download 0.66 Mb.
bet6/37
Sana26.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1126818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
SotsiolingvistikaUMK

Amaliy sotsiolingvistika.Qator fanlar o‘z oldida turgan vazifalarini nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliyot bilan bog‘lab ham hal qiladi.Odatda, bunday yo‘nalishlar amaliy deb yuritiladi. Masalan, yozuvsiz mayda miilatlar uchun yozuv va alifbolar tuzishdan tortib, to mashina tarjimasi, matnni avtomatik qayta ishlash va ma’lumotlar kidirish kabi keng amaliy muammolar bilan shug‘ullanadigan amaliy tilshunoslik, yoki amaliy matematika, amaliy psixologiya va qator boshqa amaliy fanlarni ko‘rsatish mumkin. Amaliy sotsiolingvistika obyektini ona tili va chet tillarni o‘kitish, daviat til siyosatini tashkil qilish, amaliy chora-tadbiriar ishlab chiqish va boshqa muammolar tashkil qiladi. Sotsiolingvistik nazariyalar va sotsiolingvistik tadqiqotlarning amaliy yechimini topish ko‘pincha u yoki bu davlatdagi lisoniy vaziyatlarning tabiatiga bog’lik bo’ladi. Ko'p tilli davlatlardagi muammolar boshqa, bir tilli davlatlardagi muammolar boshqa kо‘p tillilik sharoiti uchun yagona mamlakatdayashovchi barcha millatlarga muloqot vositasi bo’lib xizmat kiluvchi, shuningdek, davlat tili mavkeyidagi makrovositachi tilni tanlash masalasi o‘ta muhim hisoblanadi. Bir tillilik sharoiti uchun adabiy tilni me’yorlashtirish va kodlashtirish, uning boshqa milliy til tizimiari bilan munosabati masalasi dolzarbdir. Shunga kо’ra , sotsiolingvistik muammolarni ishlab chiqish, sotsiolingvistika amaliy yo'nalishlarini belgilash turlicha bo’ladi.


Mustahkamlash uchun savollar:



  1. Til tadqiqida sinxron va diaxron jihatlarning farqlanishi qanday tarixiy omillar bilan bogiiq?

  2. Sinxron sotsiolingvistika nimani o‘rganadi?

  3. Diaxron sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatini qaysi jihatdan tadqiq qiladiq

  4. Makro sotsiolingvistika til hodisalari tadqiqiga qanday ko‘lamda yondashadi?

  5. Mikro sotsiolingvistikaning o‘rganish obyektiga misollar keltiring.

  6. Nazariy sotsiolingvistikaning asosini nima tashkil qiladi?

  7. Tajribaviy sotsiolirgvistika fanning rivojlanishida qanday ahamiyatga ega?

  8. Ilk tajribaviy sotsiolingvistik tadqiqot nimadan iborat bo’lgan?.

  9. Amaliy sotsiolingvistikaning obyektini qaysi muammolar tashkil qiladi?




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling