Sotsiolingvistika va diskurs
Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi
Download 0.66 Mb.
|
SotsiolingvistikaUMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot dasturi
Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi Yosh mutaxassis aniq sotsiolingvistik tadqiqot o‘tkazishda qator qiyinchilikka duch keladi. Bu qiyinchitiklar quyidagi masalalarda kuzatiladi:
1) kimdan ma’lumot olish; 2) ma’lumot olishda qanday metodlardan foydalanish; 3) ma’lumotlarni qanday ishlash, tahlil qilish va talkin qilish. Mazkur savollarga javob topish uchun sotsiologlar bir qator tadqiqotlarning ishchi strategik rejalariga asoslangan dasturni taklif qilishadi. Tadqiqot dasturi ikki: metodologik va prosedura (yoki tashkiliy- " texnik) boiimdan tashkil topadi. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida sotsiolingvistik tamoyillar va metodlar belgilanadi. Prosedura bo’limida tadqiqotning ikki xil strategik rejasi ishlab chiqiladi. Sotsiologiyada ular surishtirib biluvchi va tahliliy rejalar, deb nomlanadi. Tadqiqotning surishtirib bilish rejasiga quyidagilar kiradi: 1) tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish; 2) tanlangan muammolarni sotsiolingvist olimlar bilan muhokama qilish, sotsiologlardan, shuningdek, tilshunoslardan maslahat olish; 3) aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha statistik dalillar va boshqa tegishli ma’lumotlarni o‘rganish; 4) dastlabki kuzatuvlarni o‘tkazish va ishchi taxminlarni chikarish; 5) ma’lumotni tahiil qilish usullarini taniash. Tadqiqotning tahliliy rejasi quyidagilardan tashkil topadi: 1) sotsiolingvistik anketa, test yoki suhbatni ishlab chiqish; 2) dastlabki tadqiqotlar o‘tkazish; 3 ) anketaning oxirgi variantini ishlab chiqish; 4) tanlov turi va hajmini aniqlash; 5) materialning hakkoniyligi vatakdimot bopiigini ta'minlash; 6) anketa so‘rovlarini o‘tkazish; 7 ) to‘plangan ma’lumotlarni ishlab chiqish; 9) olingan natijalarni tahlil qilish va bayon etish. Tadqiqot jarayonida quyidagi usullar ko’llaniladi: a) anketa so‘rovnomalari (bilvosita va bevosita); b) suhbat usuli; d) kuzatish yoki bevosita kuzatish; e) statistik tahlil; f) korrelatsion tahlil. Sotsiolingvistik tadqiqot oldiga ko‘yiladigan bunday shart-sharoitlar va rejani amalga oshirish o‘z navbatida qator muhim masalalarni yechishni talab qiladi. Mazkur kuzatuvning muvaffakiyatli chiqishi uchun ko‘p vaqtva kuch sarf kilinadi. Qator xorijlik tadqiqotchilar (masalan, Yevropa, Amerika maktablari) vaqtva kuchlardan unumli foydalanish uchun eng muhim savollarni (shu jumladan, sinov savollarini ham) oldindan tuzib olishni maslahat berishadi. Bu usul ilmiy tadqiqotning barcha boskichlarida mavzuni shakllantirishdan tortib, to olingan m a’lumotlarni ishlash yoki ishni xulosa qilishda juda ko‘l keladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling