Sotsiologiya tarixi tushunchasi, mazmun-mohiyati
Sotsiologiya faning vazifasi va uning metodlari
Download 145.56 Kb.
|
SOTSIOLOGIYA TARIXI TUSHUNCHASI, MAZMUN-MOHIYATI
3. Sotsiologiya faning vazifasi va uning metodlari
Har bir mustaqil fan o‘zining ob'ekti va predmetiga ega bo‘lgan holda ma'lum vazifalarni bajaradi. Sotsiologiya fani ham o‘zining bir qator funksiyalariga ega. Mazkur fanning jamiyat hayoti bilan xilma-xil aloqasi uning bajarayotgan ijtimoiy funksiyalarida o‘z ifodasini topadi. Gnoseologik funksiya, ya'ni nazariy bilish vazifasi sotsiologiyada jamiyat to‘g‘risidagi yangi konsepsiyalarning yaratilishi va zamonaviy sotsiologik ilmlarning shakllanishini ta'minlay. Har qanday fanda bo‘lgani kabi sotsiologiyada nazariy bilim bilan amaliyotning birlashuvi uning eng asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Sotsiologiyaning boshqarish funksiyasi deyilganida, fan tomonidan taklif qilingan yangi boshqaruv usullari va muammolarni hal etish yo‘llari tushuniladi. Axborot yetkazish funksiyasi orqali sotsiologiya butun jamiyatga, olimlarga yangi bilimlarni yetkazishi tushuniladi. Tashviqot funksiyasi nafaqat sotsiolog olimlar yoki biror guruh vakillariga nisbatan, balki barcha jamiyat a'zolariga qarata amalga oshiriladi. Tashkillashtirish funksiyasi orqali sotsiologiya keng jamoatchilikni birlashtirish, ishlab chiqarishda, dam olish sohasida yoki siyosatda biror yo‘singa yo‘naltirishda namoyon bo‘ladi. Sotsiologiyaning bashorat funksiyasi asosan siyosiy hayotda, marketing tadqiqotlarida, OAV tadqiqotlarida va boshqa sohalarda o‘z ifodasini topadi. sotsiologik tadqiqotlarning ko‘pchiligi amaliy muammolarni hal etishga qaratilgan. Amaliy tadqiqotlar orqali olingan ijtimoiy bilimlar ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi haqida ilmiy asoslangan xulosalarni ishlab chiqish orqali kelajakdagi muammolarni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatadi. Shuning uchun sotsial rejalashtrish ijtimoiy tizim qanday bo‘lishidan qat'iy nazar barcha mamlakatlarda rivojlanmoqda. Bundan tashqari sotsiologiyaning dunyoqarashni shakllantirish, metodologik, ijtimoiy va insonparvarlik kabi funksiyalari hammavjud. Sotsiologiyaning bilim beruvchi (о‘rgatuvchi) vazifasi: ijtimoiy hodisalarni tadqiq qilish; ijtimoiy hodisalarning mazmuni va mohiyati haqida ilmiy tasavvurga ega bо‘lish; boshqa hodisalar bilan bog‘liqlikni о‘rganish; ijtimoiy hodisalar rivojlanishining xarakteri va qonuniyatlarini о‘rganish8. Sotsiologiyaning о‘rgatuvchi vazifasi ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish asosida shu jarayonlarning jamiyat hayotidagi barcha sohalari (moddiy, siyosiy, ma’naviy)da rivojlanishining ilmiy bashoratlarini ishlab chiqishga kо‘mak beradi. Bunday bashoratlar joriy yoki uzoq muddatli xarakterga ega bо‘lishi mumkin. Sotsiologiyaning amaliy vazifasi mohiyati shundaki, ijtimoiy hodisalarni empirik va nazariy tahlil qilish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bu tavsiyalar ijtimoiy boshqaruv mexanizmini yaxshilashga, barcha bosqichlarda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Iqtisodiyot, ijtimoiy munosabatlar, milliy munosabatlar, jamiyatning siyosiy tizimi tegishli boshqaruv tuzilmalarining ta’siri ostida rivojlanadi. Sotsiologiya boshqaruv tuzilmalarining faoliyatini ilmiy jihatdan ta’minlab turadi. Sotsiologiyaning g‘oyaviy vazifasi. Sotsiologiya ijtimoiy guruhlar, sinflar, siyosiy partiyalar va boshqalarning manfaatlarini u yoki bu shaklda namoyon qiladi. Sotsiologning ijtimoiy mavqei, siyosiy qarashlari uning umumiy xulosalarida о‘z ifodasini topadi. Sotsiologning vazifasi – ilmiy yondashuvni g‘oyaviy yondashuv bilan almashtirmay, ijtimoiy hodisa va jarayonlarni obyektiv tahlil qilishdir9. Ilmiy metod (usul) о‘rganilayotgan obyektning tabiatiga muvofiq bо‘lishi lozim. Sotsiologiya metodlari – ijtimoiy bilim (bilish) qoidalari, obyekt yoki uning predmetli jihatlari (holat va xususiyatlari)ni tadqiq qilishning texnologik tamoyillari. Ilmiy sotsiologiyaning muhim metodi: istalgan ijtimoiy hodisaga jamiyat elementi sifatida yondashib, shu jamiyat orqali harakatlanayotgan va rivojlanayotgan ijtimoiy tizimning tarkibiy qismi sifatida uni kо‘rib chiqish. Sotsiologlar quyidagi metodlardan foydalanadilar: subyektiv (tadqiqotchining dunyoqarashi asosida hodisalarga baho berish); obyektiv; statistik tahlil; ijobiy (ilmiy-instrumental); taqqoslash; tarixiy; ilmiy tahlil va verifikatsiya (ilmiy xulosalarning amaliy tasdig‘i) va b10. Sotsiologiya fan sifatida shakllanishini boshlagach, uning asoschilari bo‘lmish O.Kont, E.Dyurkgeym, M.Veber va boshqalar tomonidan fanning ilmiy metod1larini yaratish ishlari boshlab yuborilgan. Sotsiologiyada metodlar deyilganida, sotsiologik bilimni asoslab berish va ko‘rish usuli, sotsial tizimlarni nazariy va empirik o‘rganishning amallari tushuniladi. Bugungi kunda sotsiologik metodlar ikkiga: nazariy va amaliy-empirik metodlarga ajratiladi. Sotsiologiya fanining murakkab vazifalarini nazariy jihatdan hal etishga qaratilgan quyidagi nazariy metodlari mavjud: qiyoslash va taqqoslash; nazariy metod (fikrlash orqali mavhumlikdan aniqlik sari); induktiv va deduktiv metod; izohlash metodi; prognozlash metodi; integratsiya metodi.Sotsiologiyaning amaliy-empirik metodlari jamiyatda kuzatilayotgan yoki o‘rin topishi mumkin bo‘lgan turli amaliy muammolarni hal etish, tadqiq etishga qaratilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: - eksperiment metodi; - kuzatish metodi; - hujjatlarni tahlil etish metodi; - so‘rov metodi. Fanda qo‘llaniladigan metodlarning yig‘indisi shu fanning metodologiyasini1 tashkil qiladi. Metodologiya qo‘yilgan muammolarni yechish usullarini tanlab, ilmiy yechimning yo‘nalishlarini va bosqichlarini aniqlab beradi. Sotsiologiya fanida ham bir qator metodologiyalar mavjud. Misol uchun funksional metodologiya – jamiyatdagi sotsial hodisalarning ahamiyatini aniqlashga harakat qiladi, fyenomenologik metodologiya – jamiyat a'zolarining sotsial mavqeini aniqlashga harakat qiladi, tasniflash metodologiyasi esa qo‘llanilishiga ko‘ra, klassifikatsiya, guruhlash, taqqoslash, turlash, sistemalashtrish kabilarni o‘z ichiga oladi. Undan tashqari sotsiologiya fani ijtimoiy munosabatlarni tadqiq etishda umumiy, maxsus va empirik metodologiya tamoyillariga asoslanadi. Download 145.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling