Sotsiologiya tarixi tushunchasi, mazmun-mohiyati


Antik dunyo qonunshunosi Solon tomonidan yaratilganilk qoidalar majmui ham turli xil ijtimoiy guruhlar O‘rta asrda totuvlik va murosa me’yorlaridan iboratdir


Download 145.56 Kb.
bet5/12
Sana02.06.2024
Hajmi145.56 Kb.
#1834284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SOTSIOLOGIYA TARIXI TUSHUNCHASI, MAZMUN-MOHIYATI

Antik dunyo qonunshunosi Solon tomonidan yaratilganilk qoidalar majmui ham turli xil ijtimoiy guruhlar O‘rta asrda totuvlik va murosa me’yorlaridan iboratdir. Stratifikatsion tasniflarni o‘rganganda,olamni yaxlit bir butunlik tarzida tasavvur etish,ya’ni "Olamiy uyg‘unlik" nazariyasiga monandlik jihatlarini ham e’tiborga olishimiz kerak bo‘ladi.Bu nazariya tarafdorlaridan biri Platon olamiy jon olamini ruxlantirib, o‘zi sonli nisbatlarga, gormonik tartibga bo‘ysunadi deb qaraydi. Platondan farqli, Aristotel tartibsizliklardan vujudga keladigan olamiy uyg‘unlik kabi birmuncha o‘ziga xos yondashadi va uni jondagi manba emas balki faqat narsalar tabiatidagi manba deb cheklanadi.
Stratifikatsiya sotsiologiyaning asosiy tushunchalaridan biri sifatida jamiyatning ijtimoiy tarkibi, ijtimoiy guruhlari va ularni tabaqalanishi belgilariti zimini o‘zida aks ettiradi. Hozirgi zamon stratifikatsion yondashuvining nazariyotchilari ijtimoiy guruhlarning ishlab chiqarishdagi ishtiroki, jamiyatning asosan mulkka bo‘lgan munosabat asosida tabaqalashuvi xususidagi marksistik yondashuvini inkor etib jamiyat, ma’lumot, ruxiyat, maishiyshart- sharoitlar,bandlik darajasi, daromad, ko‘lamlari va boshqa belgilarga ko‘ra tabaqalanishini asoslab beradilar. Ular yuqoridagi belgilarga ko‘ra ajraluvchi ijtimoiy guruhlardan tashqari, yuqori tabaqa,o‘rta tabaqa va quyi tabaqaga doimiy amaletishini ta’kidlaydilar.
Keyingi 20 yilda rivojlangan G‘arb, xususan AQShda o‘rta tabaqa kontsepsiyasini o‘rta sinf kontsepsiyasi bilan ayni uyg‘unlashtirish tendensiyasiyuz bermoqda O‘rta sinf jamiyatni o‘ziga xos milliy, irqiy intellektual va moliyaviy tenglik va barqarorlik me’yori sifatida o‘ziga xos ijtimoiy vazifasini ham o‘tamoqda. Shu boisdan o‘rta sinf xissasining ortishi jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik sharti sifatida ham talqin etilmoqda. O‘rta sinf vakillari miqdori esa ulardagi ko‘chmas mulk hajmi, bankdagi mablag‘lari, turli manbalardan olgan foydalari boshqa daromadlardan davlatga to‘lanadigan soliqlari salmog‘iga ko‘ra yilma-yil aniqlab boriladi. G‘arb mamlakatlari turmush tarzini o‘ziga xos barometri vazifasini o‘tayotgan o‘rta sinf, fenomeni garchi rivojlangan Yevropa davlatlari uchun ijtimoiy – iqtisodiy qadriyat darajasida kelinayotgan bo‘lsa-da, bu qadriyat o‘rta sinf vakillarini yuqori va quyi sinf vakillari bilan ma’naviy yaqinlashtirish imkonini bermadi.
Insoniyat tarixida stratalar xalqning madaniy takomillashganlik belgilari sifatida ham baholanib kelingan. Xususan, gilamdo‘zlar, do‘ppi do‘zlar, temirchilar, bog‘bonlar va boshqa kasbiy stratalar muayyan mehnat faoliyati orqali nafaqat o‘ziga xos iqtisodiy– ijtimoiy hayot yo‘rig‘ini amalga oshirganlar, balki o‘z qavmlari siru-sinoatlarining o‘zgalar mulkiga aylanmasligi erishilgan komillik qadriyatiga putur yetmasligi xususida ham qayg‘urganlar.
Xalqimiz o‘z stratalarini himoya qilib kelgan, zero, bu himoya nafaqat qavmlar, shakllangan kasb va ijtimoiy guruhlar mavqeini muhofaza etish shakllarida, balki axloqiy yondashuvlar tizimini turmush tarzi yaxlitligini, xalq urf-odatlari va an’analarini saqlash uchun kurash lavhalarida ham namoyon bo‘lib kelgan.
Asosan xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishda ixtisoslashgan va iqtisodiy xomashyo yetkazib berishga qaratiladigan mamlakatlarda esa ijtimoiy qatlamlashuv tarkibi, asosan, professional ijtimoiy qatlamlarning o‘rta va past kategoriya vakillaridan iboratdir. Buning sababi-mazkur davlatlar o‘z taraqqiy etgan texnologiyasini yaratishga ko‘makdosh firmalar yoki hukumat darajasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga ko‘makdosh iqtisodiy rag‘batlarni ta’minlash uchun manbalarga ega emas. Mazkur o‘rnashib qolgan tartibni buzib va rivojlanayotgan davlatlarda jamiyat ijtimoiy tarkibida ijobiy o‘zgarishga erishibgina emas, balki yuqori va o‘rta kategoriyali ijtimoiy qatlamlarni shakllantirib, shart-sharoit yaratishga qaratilgan davlat siyosati hisobiga erishish mumkin. Rivojlanayotgan davlatlar mehnat faoliyatining murakkab, ilmiy, ijodiy turlarini rivojlantirish uchun kuchli homiylik siyosatini o‘tkazishlari kerak. Faqats hunday yondashuv natijasidagina jamiyat ijtimoiy tarkibida progressiv o‘zgarishlarga erishish va ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda mahalliy ilmtalab mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishda G‘arb davlatlari bilan tenglik ta’minlanishi mumkin.

Download 145.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling