Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Mavzu № 8. SOSIAL QONUNLAR VA SOSIAL MEXANIZM


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

Mavzu № 8. SOSIAL QONUNLAR VA SOSIAL MEXANIZM
Reja
1.
Qonun tushunchasi
2.
Sotsial qonunlar
3.
Sotsial qonunlar kategoriyasi
4.
Sotsial mexanizm
1. Fanning rivojlanish jarayonida qonun degan tushuncha shakllana
boshlandi. Dastlab bu holat antik davr falsafasida kuzatila boshlandi. Qadimgi
yunon faylasufi Geraklit ta'kidlaganidek, tabiat va jamiyatda universal logos
faoliyat ko‘rsatadi. Ayni shu davrdan boshlab qonunning turli tushunchalari paydo
bo‘la boshladi: naturalistik, idealistik va dialektik. Shuningdek, tabiat va jamiyat
qonunlari bir-biridan ajrala bordi. Sosial falsafada qonun masalasida turli
yo‘nalishlar qujudga keldi. Jumladan, fatalizm, ob'ektivizm va sub'ektivizm
kabilar.
Fatalizm o‘rta asrlarda taraqqiy etib, uning mazmuniga muvofiq tarixiy
jarayonlar ilgaridan qonun ko‘rinishida ilohiylik tomonidan belgilab qo‘yilgan. 
Ob'ektivizm sosial jarayonlarni ob'ektiv omillar (sharoitlar, munosabatlar,
me'yorlar va h.z.) dominantligida shakllantiradi degan iddaoni ilgari suradi.
Sub'ektivizm esa bunga qarshi yo‘nalish sifatida sosial voqealarni
sub'ektning ongli faoliyati, uning qadriyatlari, loyihaoari va g‘oyalari deb tasavvur
qiladi.
Yangi davrda qonun tushunchasida moddiylik va ma'naviylik omillarini
birlashtirishga harakat qilish avj oldi. Ingliz faylasufi D.Lokk fikricha, barcha
hodisalar bo‘ysinadigan umumiy tabiiy qonun mavjud. Bu davrdan qonun
hodisasiga turlicha ta'riflar keltirila boshlandi. Ulardan eng ommaviylashgan ta'rif:
qonun – bu falsafiy kategoriya bo‘lib, u hodisa va voqelar orasidagi ob'ektiv,
mohiyatli, zaruriy, takrorlanuvchi va mustahkam aloqalarni ifodalaydi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan tabiat va jamiyat qonunlarini birini biridan
farqlash harakatlari jadallashdi. Jumladan, F.Engel's fikricha tabiatda ko‘r-
ko‘rona, pala-partish va ongsiz darajada faoliyat ko‘rsatadigan umumiy sodda
qonunlar mavjud. Jamiyatda esa barcha jarayonlar ongli tarzda, ma'lum bir
maqsadga qarab xaraktlanayotgan kishilar faoliyatining maxsulidir. 
Ilm-fanning keyingi taraqqiyoti F.Engel'sning yuqoridagi fikrlari batamom
noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Zamonaviy astranomiya, fizika, biologiya kabi tabiiy
fanlarning olamshumul yutuqlari tabiatda kechayotgan barcha jarayonlar o‘zaro
mantiqiy bog‘liqlikka ekanligini namoyish qildi.
2. Demak, qonun deganda, odatda, aniq vaziyatda umumiy, zaruriy va
takrorlanishga xos bo‘lgan jiddiy aloqa yoki munosabatlar tushuniladi. Sosial
qonuniyat - sosial voqelik va jarayonlarning jiddiy zaruriy aloqasini aks ettiradi. 
Sosial qonunlar munosabatlarni aks ettiradi. Bu xalqlar, millatlar, sinflar,
sosial - kasbkorlik guruhlari, shahar va qishloq, shuningdek jamiyat va oila,
jamiyat bilan shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Sosial qonunlarga
asoslangan holda odamlar, o‘z xayotiy faoliyatlari uchun zaruriy bo‘lgan sharoit


ta'siri ostida uni qo‘llaydilar. Tabiat qonunlari kabi sosial qonunlar voqealarning
tabiiy xarakati davomida paydo bo‘ladi. 
Ular ko‘pchilik individlarning ijtimoiy vaziyatda va ob'ektiv aloqalarda
maqsadga muvofiq ta'sir ko‘rsatishi natijasi hisoblanadi, ya'ni odamlar yashaydilar,
moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratishda qatnashadilar. Maxsulotni
ayirboshlaydilar, taqsimlaydilar va iste'mol qiladilar, bolalarni dunyoga
keltiradilar va tarbiyalaydilar, ularning irodasi va ongi bilan bog‘liq bo‘lmagan
holda qonuniy voqealar zanjiri yuzaga keladi. 
Sosial qonun va qonuniyatlarni tadqiq etish, demak sosial soha turli
elementlari o‘rtasidagi zaruriy aloqalarni o‘rnatishdir. Umumiy qonunlar hamma
ijtimoiy tizimlarda amal qiladi. (Masalan, qiymat qonuni va tovar pul
munosabatlari). O‘ziga xos qonunlarning amal qilishi bitta yoki bir nechta sosial
tizimlar bilan cheklangan (masalan, bitta jamiyat turidan ikkinchisiga o‘tish).
Sosial qonunlar umumiylik darajasi nuqtai nazaridan farq qiladi. Sosial
sohani yaxlit holda rivojlantirishni xarakterlovchi qonunlar mavjud. Bu qonunlar
sosial sohaning alohida bo‘laklarini rivojlanishini belgilaydi (sinflar, guruhlar,
millatlar). 
3. Sotsial qonunlarning beshta kategoriyasini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi, o‘zgarmas xarakterni kasb etuvchi, yoki unga bog‘liq bo‘lgan
qonunlar. Bu qonunga binoan “A” voqelik mavjud bo‘lsa u xolda albatta “B”
voqelik ham bo‘lishi shart.
Ikkinchi, rivojlanish tendensiyasini aks ettiruvchi qonunlar. Unda ijtimoiy
ob'ektning tuzilishi dinamikasi bir turdagi o‘zaro munosabatlardan ikkinchisiga
o‘tishi bilan bog‘liq.
Uchinchi, sosial voqelik o‘rtasidagi funksiyaga oid bog‘langanlikni qaror
toptiruvchi qonunlar. Bu qonunlar u yoki bu ijtimoiy tizimni barqaror holatda
saqlab turishlikni ta'minlaydi.
To‘rtinchi, sosial voqelik o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aks ettiruvchi
qonunlar. Masalan, sosial integratsiyaning eng muhim va zaruriy sharti bu ijtimoiy
va shaxsiy manfaatlarni oqilona birga qo‘shib olib borish hisoblanadi.
Beshinchi, sosial voqelik o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish mumkinligini
anglatuvchi qonunlar. Sosial qonunlar odamlar aniq faoliyati davomida ro‘yobga
chiqariladi.
4. XX asrning birinchi choragidan boshlab, sosial qonun tushunchasi sosial
mexanizm termini bilan almasha boshladi. Sosiologiya endilikda insonning hulq-
atvori haqidagi fan sifatida talqin qilinib, uning asosida turli sosial mexanizmlar
mujassamlashdi: psixologik, madaniy, tizimli, struktur-funksional va h.z.lar. Shu
holat nazarda tutiladiki, jamiyatda hulq-atvorning ramzlari va qolip-andozalari
mavjud bo‘lib, ular ma'lum bir strukturalar bilan quvvatlanadi. 
Tadqiqotchilar turli-tuman sosial mexanzmlarni ajratib ko‘rsatishadi.
Masalan, T. Parsons jamiyatni sosial tizim sifatida talqin etadi. Tizim bu - o‘zaro
munosabatlar jarayonidir. U jamiyat struktur tashkilotiini 4 darajada belgilaydi:
1.
Dastlabki, yoki texnik
2.
Menejral, ya'ni boshqaruv
3.
Institusional


4.
Sotsietal
Nemis sosiologi E. Fromm sosial mexanizmni boshqacha ma'noda tasavvur
qiladi. U insonlarning hulq-atvorini sosial-psixologik jihatlarini ochib beradi.
Uning millatdoshi M. Veber ham mazkur muammoni chetlab o‘tmagan.
Sosiologiyani madaniyat haqidani fan sifatida ta'riflab, unga biologik va psixologik
qonunlar xususiyatidan kelib chiqib, yondoshishni tanqid qiladi. Sosiologik
qonunlarning asosiy vazifasi: individlar o‘rtasidagi doimiy aloqalarni ta'minlashdir.
Sosiologiyaning keyingi taraqqiyotida sosial mexanizm kategoriyasi izchil
rivojlanib bordi.



Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling