Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


-mavzu. SOTSIOLOGIYA PARADIGMALARI


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

7-mavzu. SOTSIOLOGIYA PARADIGMALARI
REJA
1. Sotsiologiyada paradigma va nazariya tushunchalari 
2. Metanazariya va metasotsiologiya
3. Sotsiologik paradigma va sotsiologik nazariya
4. Sotsiologiyadagi paradigmalarning ko’p variantli mavqei
1. Zamonaviy fanshunoslik tasdiqlashicha har qanday fan etuklikka erishadi,
ya’ni mustaqillikka erishadi, bunda u paradigmal mavqega o’tadi. Fanning
rivojlanish kontseptsiyasiga ko’ra, ushbu rivojlanishning u yoki bu sifatga oid
rivojlanishi – evolyutsiyaning emas, balki inqilobning natijasidir. Mazkur
kontseptsiyaning negizida paradigma tushunchasi yotadi. 
“Paradigma” tushunchasi ko’p ma’noli bo’lib, shu bois, olimlarning ushbu
tushunchaga bo’lgan munosabati ham turlicha. T.Kunning “Ilmiy inqiloblar
tuzilmasi” (1975 y) kitobida paradigma tushunchasining yigirma bitta ta’rifi
mavjud. Biroq uning urinishlarining mohiyati –“paradigma” tushunchasining
turlicha ta’riflanishida emas, balki u bugungi kundagi paradigma tomonidan
belgilanuvchi, ya’ni har qanday fanning predmeti borasida mohiyatan turlicha
bo’lgan tasavvurlarni qamrab oluvchi tuzilma, tadqiqotning o’ziga xos usullari
sifatida o’rganishidan iborat.
Fanning rivojlanishini T.Kun to’rt bosqichni ajratib ko’rsatadi: uning
me’yoriy va anomal holati, inqirozi va inqilob. 
Fan rivojlanishidagi me’yoriy holat – mavjud paradigma doirasidagi mavjud
bilimlarni jamlash davri. Mazkur davr muqarrar ravishda anomal holatga o’tish
bilan yakunlanadi. Bunda olingan ilmiy bilimlar majmui mavjud paradigma nuqtai
nazaridan izohlanishi mumkin. Inqiroz davri inqilobga olib keladi. Eski paradigma
olib tashlanadi va uning o’rniga ilmiy faktlar, nazariyalar va usullarning yangi
tizimini izohlash imkoniyatiga ega bo’lgan yangi paradigma keladi. 
Fanning paradigmal mavqei bir yoki bir nechta aniq va tushunarli tarzda
ifodalangan paradigmalarning mavjudligi bilan ifodalanadi. Bizning ta’rifimizda
biz paradigmani fanning, bizning holatimizda sotsiologiyaning falsafiy,
umumilmiy va metanazariy asoslari majmui sifatida tushunilishidan kelib
chiqamiz. Ko’rsatilgan asoslar sifatida turli ko’rinishdagi kontseptsiyalar, tamoyil
va yondashuvlar, masalan, determinizm kontseptsiyasi, tizimli yondashuv,
tarixiylik printsipi namoyon bo’ladi. Olimlarning u yoki bu paradigmaga sodiqligi
bir ilmiy yo’nalishni ikkinchisidan ajratish imkonini beradi. 
Odatda fan sotsiologiyasida paradigmaning uchta turi ajratib ko’rsatiladi:
birinchidan, u yoki bu fanning mustaqil mavqeini asoslovchi, bir ilmiy bilimni
boshqasidan sifatga oid darajada chegaralovchi (falsafani sotsiologiyadan,
sotsiologiyani iqtisodiyotdan va boshqa) paradigmalar; ikkinchidan, fan
rivojlanishining tarixiy bosqichlari o’rtasidagi ahamiyatli darajadagi farqlarni
amalga oshiruvchi paradigmalar (masalan, sotsiologiyada pozivitizm,
neopozivitizm, postpozivitizm); uchinchidan, rivojlanishning aynan bir bosqichida,


aynan bir fan doirasida ilmiy uyushmalarga birlashtiruvchi paradigmalar
(zamonaviy G’arbiy Yevropa sotsiologik paradigmasi). 
Agar fan paradigmal mavqega ega bo’lmasa, bu uning hali o’z predmetini
boshqa ilmiy fanlardan ajratib olmaganligi va shu sababli u mustaqil fan bo’la
olmasligini anglatadi. Fan mazkur ilmiy uyushma tomonidan tan olingan
paradigmaga ega bo’lsa, paradigmal mavqega ega bo’ladi. Bu fanning
monoparadigmal mavqeidir. Ilmiy inqilobdan so’ng odatda paradigmal dualizm
vaziyati vujudga keladi: yangi paradigma tan olinishga erishdi, biroq eskisi ham
qo’llanilib kelinmoqda. Shu qatorida, ko’p variantli paradigmalar mavjud bo’lgan
fanlar ham mavjud. Qator holatlarda fanning paradigmal mavqei uning
rivojlanishining tarixiy qonuniyati bilan mos kelishi mumkin. 
“Paradigma” tushunchasi “nazariya” tushunchasiga nisbatan kengroq hodisa
hisoblanadi. Har qanday paradigma o’z tuzilmasiga ega. Avval ko’rsatib o’tilgan
elementlardan tashqari mazkur fan ob’ektining birinchidan, ushbu paradigmani
boshqasidan ajratib turuvchi, ikkinchidan, mazkur paradigma doirasida
nazariyalarning turli ko’rinishlarini qurish uchun asos bo’lib xizmat qilish tabiatini
aks ettiruvchi asosiy ilmiy toifalarni qamrab oladi. Sotsiologiyada bu kabi
toifalarga “jamiyat”, “madaniyat”, “Shaxs”, “ijtimoiy xulq”, “ijtimoiy guruhlar”,
“ijtimoiy institutlar”, “ijtimoiy tashkilotlar”, “ijtimoiy faktlar” va boshqalar kiradi. 
Nazariya – bu paradigmaning asosi sifatida qabul qilingan asosiy ilmiy
ko’rsatkichlarni qamrab oluvchi muayyan fan ob’ekti tuzilmasining mavhum
modelidir. Shuningdek, u yoki bu darajadagi aniq va mantiqan o’zaro bir-biri bilan
bog’liq bo’lgan, ular orasidagi dastlabki toifalar, aloqalar va munosabatlarning
mohiyatini ochib beruvchi fikrlar (qonunlar, tamoyillar yoki umumiy nazariyalar
Shaklida ifodalanuvchi) majmuidir.
Shunday qilib, nazariyada quyidagilar ajratib ko’rsatiladi: birinchidan,
mazkur fan predmeti strukturasini tashkil etuvchi asosiy ilmiy toifalar, aloqa va
munosabatlar; ikkinchidan, ushbu toifalarni ta’riflash uchun qabul qilingan
tushunchalar tizimi, vositasida tushunchalar orasidagi aloqa va munosabatlar
ifodalanuvchi fundamental qonun va tamoyilla; uchinchidan, nazariyaning
fundamental qonunlari va tamoyillaridan kelib chiquvchi mantiqiy oqibatlar
majmui. 
Sotsiologik paradigmada sotsiologiyaning ob’ekti ijtimoiy voqelik va uning
asosiy elementlari hisoblanadi. Sotsiologik nazariya – bu vositasida ijtimoiy
voqelikning u yoki bu elementlarini va ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarining
tabiati (tuzilmasi va genezisi) tushuncha va tamoyillarning mantiqan o’zaro
bog’langan tizimidir. 
Sotsiologiya paradigmalarini chegaralash me’zonlari (ko’p variantli
paradigmal mavqe) sifatida bir-biridan mohiyatiga ko’ra farq qiluvchi asosiy
sotsiologik toifalar va ijtimoiy voqelikning ularga mos keluvchi tuzilmaga oid
elementlari namoyon bo’ladi.
2. U yoki bu fanning paradigmal maqomini falsafiy va umumilmiy
asoslashning boshqa darajasi – metanazariya sanaladi. Metanazariya jamlab
ulgurilgan bilimlarning qandaydir majmuining belgilab beruvchi printsiplarini
tanqidiy jihatdan o’rganish demakdir. Mazkur darajada mavjud ma’lumot, usul va


nazariyalarning atrof muhit voqeliklariga muvofiqligi (muvofiq emasligi) darajasi
aniqlanadi. Agar bu kabi muvofiqlik aniqlanmasa yoki o’ta ahamiyatsiz darajada
aniqlansa, u holda bu mazkur fan hali etuklikka erishmaganligini, paradigmal
mavqe darajasiga ko’tarilmaganligini ko’rsatadi.
Odatda metanazariyaning sotsiologik nazariya ishlanmalari uchun asos
bo’lib xizmat qiluvchi va uning kelgusidagi rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan ikki
asosiy turi ajratib ko’rsatiladi. Har ikki metanazariyaning o’zaro tengligini tan
olgan holda turli olimlar odatda ulardan birini ustun qo’yadilar. J.Terner fikriga
ko’ra, metanazariy tahlil nazariy tahlil tugagan joyda boshlanadi. Nazariya
qurilishi yakunlanishi bilan metanazariya boshlanadi, ya’ni ushbu nazariyaning
farazi, strategiya va hokazolari tahlili boshlanadi. Ayni vaqtda, “fundamental”,
epistemologik va metafizik masalalarni hal etmasdan turib yakunlangan nazariyani
qurishga kirishish mumkin emasligini ta’kidlovchi olimlarning dalil-isbotlarni
e’tiborga olmaslik mumkin emas.
J.Ternet metanazariyaning mazkur turini keskin tanqid qiladi, biroq uni
inkor qilmaydi. U quyidagicha yozadi: “...metanazariyalashtirish odatda ahamiyatli
falsafiy muammolarga bog’liq bo’ladi va ushbu nazariyalarni qurishga safarbar
qiladi... u nazariyalarni ichki jihatdan hal etish mumkin bo’lmagan va odatda
muhokama qilinadigan ziddiyatlarini qamrab oladi”.
3. Sotsiologiyadagi metanazariya va metatahlilning turli ko’rinishlarini
“metasotsiologiya” degan umumiy tushunchaga birlashtirish mumkin. 
Metasotsiologiya – bu sotsiologiyaning turli tarkibiy qismlari –
kontseptsiyalar, nazariyalar, andozalar, usullar va hokazolar kabi, umuman
sotsiologiyaning mavjud epistemologik va metodologik tuzilmalarini tahlil
qilishdir. Metasotsiologiyaning sotsiologiyadan farqi shundaki, sotsiologiyaning
o’rganish ob’ekti ijtimoiy voqelik bo’lsa, metasotsiologiyaning ob’ekti –
sotsiologiyaning o’zidir. Shu sababli “metasotsiologiya” tushunchasi bilan bir
qatorda “sotsiologiya sotsiologiyasi” va “refleksiv sotsiologiya” tushunchalarini
qo’llash to’g’ri hisoblanadi. Birinchi tushuncha ilmiy doiraga R.Fridrixs
tomonidan kiritilgan. 
Metasotsiologiya sotsiologiyani ichkaridan va tashqaridan tahlil qiladi.
Tashqi nuqtai nazardan sotsiologiya – o’ziga xos ijtimoiy hodisa bo’lib, uni boshqa
hodisalar kabi sotsiologik tahlil qilish imkoniyati mavjud. Bu mazkur sotsiologik
nazariyaning ijtimoiy rolini o’rganish, uning muayyan siyosiy tizimga nisbatan
(xizmatga oid yoki tanqidiy) vazifalarini, tor ixtisoslikdagi muhitdan tashqarida
jamiyatga ta’sir ko’rsatishini o’rganish bo’lishi mumkin. Ichki nuqtai nazardan
sotsiologiya alohida ilmiy fan, muayyan muammolar, tushunchalar, nazariya va
usullar majmui sifatida ijtimoiy kontekstdan ajratgan holda o’rganiladi. 
Metasotsiologiya – bu sotsiologiya kabi fandir. Biroq sotsiologiyadan farqli
ravishda u sotsiologiya tomonidan yaratilganlarni tahlil qilish printsiplarini ishlab
chiqish bilan bog’liq. U o’rganish ob’ekti sifatida sotsiologiyaga murojaat qiladi.
Sotsiologik bilimning mohiyati va aniqligini o’rganish sotsiologiyaning – uning
nazariyasi va metodolgiyasini takomillashtirish va rivojlanish, uning ilmiy
mavqeini mustahkamlashning zarur Sharti hisoblanadi. 


4. Sotsiologiyadagi paradigmalarning ko’p variantli mavqei. Boshqa fanlar
(falsafa, antropologiya, iqtisodiyot va boshqa) qa’rida dunyoga kelgan sotsiologik
bilim rivojlanishning paradigmaga qadar bo’lgan davrdan paradigmal mavqega
erishishga qadar bo’lgan tarixiy yo’lni bosib o’tdi. Uning o’ziga xosligiga madaniy
an’analar va turli mamlakatlardagi ijtimoiy va gumanitar rivojlanishining
notekisligi ta’sir ko’rsatdi. Ushbu yo’lning ibtidosi K.Marks (Germaniya),
G.Spenser (Buyuk Britaniya), O.Kont, F.Le Ple (Frantsiya), F.Tennis, G.Zimmel
(Germaniya), U.Samner, L.Uord (AQSH), N.Ya.Danilevskiylarning asarlarida
keltirilgan. So’ngra, bir variantli, ko’p paradigmal mavqega erishmagan holda,
paradigmal dualizm maqomini, shuningdek ko’plab maktab va yo’nalishlarning
tezkor sur’atlarda shakllanishi va yo’qolib borishining murakkab tarixiy davrini
Chetlab o’tgan holda sotsiologiya ko’p variantli, poliparadigmal mavqega o’tdi.
To’rtta ijtimoiy paradigma shakllandi va tan olindi: ijtimoiy faktlar, ijtimoiy
ta’riflar, ijtimoiy xulq, ijtimoiy-tarixiy determinizm. 
“Ijtimoiy faktlar” paradigmasi ijtimoiy voqelikni ijtimoiy faktlarning ikki
guruhiga – ijtimoiy tuzilmalarga va ijtimoiy institutlarga bog’laydi, e’tiborini
ularning tabiati va o’zaro munosabatlariga qaratadi. Ijtimoiy tuzilmalar va ijtimoiy
institutlar ushbu paradigmada haqiqiy narsalar tushunchasi bilan tenglashtiriladi. 
Ijtimoiy voqelik haqidagi boshqa bir tasavvur “ijtimoiy definitsiya(ta’rif)lar”
paradigmasida qamrab olingan. Uning asosiy elementlari ijtimoiy faktlarning o’zi
emas, balki ularni asoslovchi usullardir. Agar insonlar faktlarni haqiqiy deb
hisoblasalar, ular haqiqatga aylanadi va ularning oqibati hisoblanadi.
O’rganishning muhim ob’ekti sifatida sub’ekt ichi va sub’ektlararolik va ularning
natijasi sifatida – harakat namoyon bo’ladi. “Rag’bat-ta’sir” bixevioristik
kontseptsiyasidan farqli ravishda odamlarning ijtimoiy xulqi ularning ijtimoiy
voqelikni baholashi yoki tushunishiga muvofiq ravishda quriladi. Mazkur
paradigmada ijtimoiy voqelikda harakatlanayotgan Shaxslar o’z atrof-muhitlarini
baholovchi bu kabi omillarning (qiymatlar, ramzlar va h.k.) majmui sifatida
namoyon bo’ladi. Ushbu turli ramz va qiymatlardan tashkillashtirilgan mazkur
voqelik ularning ijtimoiy harakatlarini determinatsiya qiladi. 
“Ijtimoiy xulq” paradigmasining ildizlari amerika sotsiologiyasining
psixologik an’anasiga borib taqaladi. Ijtimoiy bixevioristlar “ijtimoiy fakt” va
“ijtimoiy definitsiya” paradigmalarini metafizik, deb hisoblaydilar, Chunki ular
yagona ijtimoiy voqelikni aks ettiruvchi “inson xulqini” e’tiborga olmaydi. Bunda
istalganni taqdirlash va ta’qiqlanganni jazolash muammosiga, ya’ni nomaqbul
ijtimoiy xulqqa e’tibor qaratiladi. 
“Ijtimoiy-tarixiy determinizm” paradigmasining asosiy elementlari ijtimoiy
voqelikning tuzilmaga oid va shaxsga oid elementlari hisoblanadi. Ularning ichki
va tashqi aloqa va munosabatlari o’zaro birgalikda ijtimoiy voqelikni tashkil qiladi.
Mazkur paradigma tizimidagi harakatlanuvchi shaxslar ijtimoiy voqelikning
ob’ekti va sub’ekti sifatida namoyon bo’ladilar. 
Paradigmalarning ushbu turlarining tarixiy ildizlari Dyurkgeym, M.Veber,
B.Skinner, K.Markslarning asarlariga borib taqaladi. Ijtimoiy voqelikning mazkur
paradigma tomonidan asosiy sifatida o’rganiluvchi elementlari o’rtasidagi
munosabatlarni izohlovchi tushunchalarning o’ziga xos va qonuniy tarzda


tashkillashtirilgan komplekslari ularning o’zaro munosabatlarining nazariy
anglanishining yoki sotsiologik nazariyalarning turli ko’rinishlarini tashkil etadi. 
Sotsiologiyadagi nazariy vaziyat eng umumiy ko’rinishda nazariy
plyuralizm, nazariy yo’nalishlarning turlari, sotsiologik tafakkurdagi ikki –
divergentsiya va integratsiya – qarama-qarshi yo’nalishlar bilan ifodalanadi.
YAgona to’g’ri nazariy yo’nalishini izlash bilan bir qatorda ilmiy jamiyatda
sotsiologiya kabi fan predmetining bir turli emasligi juda ko’plab turli nazariyalar
ko’pligiga hayot bax Shida qiladi, degan fikr tobora keng tarqalmoqda. Aytib
o’tilgan qarashlarning oxirgisini odatda “tanqidiy plyuralizm” deb ataydilar. 
Asosiy sotsiologik (ijtimoiy faktlar, ijtimoiy definitsiyalar, ijtimoiy xulq)
paradigmalarga ijtimoiy nazariyalarning muayyan turlari muvofiq keladi. 
“Ijtimoiy faktlar” paradigmasi tuzilmaga oid-funktsional, tizimli va nizoli
nazariyalar nuqtai nazaridan izohlanadi. (Tizimli nazariyalar g’arb sotsiologiyasida
odatda tuzilmaga oid funktsional nazariyalarning tarkibiy qismi yoki turlari sifatida
o’rganiladi). “Ijtimoiy definitsiya” paradigmasi ijtimoiy harakat, ramziy
interaktsionizm, fenomenologik sotsiologiya, etnometodologiya nazariyalaridan
kelib chiqadi. “Ijtimoiy xulq” paradigmasi ijtimoiy voqelikni bixeviorizm,
bixevioristik sotsiologiya va ijtimoiy almashinuv nazariyasi nuqtai nazaridan
ta’riflaydi. 
Biroq sotsiologiya boshqa har qanday ilmiy fan kabi o’zi uchun xos bo’lgan
o’zaro bog’liq muammolarning ahamiyatli darajadagi ko’pligining mustaqilligiga
nisbatan o’z tadqiqot yo’nalishini belgilab oladi. Ular nazariy tafakkur predmetiga
aylanadilar. Ushbu fan muammolari o’rtasida muayyan aloqalar mavjud.
Boshqalari qiyoslanishi mumkin bo’lgan bir yoki bir nechta markaziy
muammolarni ajratib olish imkoniyati mavjud. Sotsiologiyaning bu kabi markaziy
muammolari sifatida ikkita muammo ilgari surildi. Ulardan birinchisi J.Terner
tadqiqotlarida asoslangan bo’lib – bu ijtimoiy tartibdagi muammodir. Ijtimoiy
voqelik darajasidagi ikkinchi muammo D.Rittserning asarlarida rivojlantirilgan.
Muvofiq ravishda yuqorida ko’rsatib o’tilganlardan tashqari yana ikki paradigma –
“ijtimoiy tartibdagi” va “interfaol ijtimoiy paradigma”larning Shakllanishiga asos
solingan. 
Ilmiy bilimning markaziy muammolari tuzilmasini shakllantirish g’oyasi
noto’g’ri emas. Shakllanayotgan va shakllanib ulgurgan sotsiologik paradigma va
nazariyalarning sotsiologiyani rivojlanishidagi o’rnini etarli darajada baholash
zarur. Ijtimoiy paradigmalar ijtimoiy voqelikning turli asosiy elementlarining
mavjudligi va ularning ahamiyatini asoslab beradi. Sotsiologik nazariyalar ushbu
elementlarning turli kombinatsiyalarining o’zaro munosabatlariga izoh beradilar va
ularning jamiyat hayotidagi o’rnini ochib beradi.



Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling