Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


-mavzu. ASOSIY SOTSIOLOGIK TUSHUNCHALAR


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

5-mavzu. ASOSIY SOTSIOLOGIK TUSHUNCHALAR
Reja:
1. Sotsiologiyada tushunchalarning vujudga kelishi
2. Sotsiologiyada predmet tushunchasi
3. Zamonaviy sotsiologiyaning murakkab tuzulishga egaligi
4. Sotsiologiyada metodologik tushunchalar
1. Insoniyat tarixi ming yillarni o’z ichiga olgan bo’lib, shu davr mobaynida
jamiyatda insonlarning o’zaro munosabatlari juda serqirra va o’z navbatida ancha
murrakab Shaklga kirib, bu munosabatlar insonlar o’rtasida, jamiyatning turli
tizimlari o’rtasida har tomonlama aloqalarni vujudga keltiradi, natijada bu
munosabatlar asosida turli-tuman oqibatlar namoyon bo’ladi. Buning natijasida
yuzaga keladigan holatlar, ya’ni jamiyat va shaxs o’rtasidagi, shaxslararo va
ijtimoiy hayotning turli jabhalari o’rtasidagi munosabatlariga o’z ifodasini
topadiki, bu o’z navbatida kishilarning turli - tuman munosabatlariga, ishlab
chiqarishdagi natijalariga, inson va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarga, ijtimoiy
hayotning turli sohalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi, oqibatda ijobiy yoki salbiy
munosabatlarini yuzaga kelishiga olib keladi. Bu esa jamiyatning umumiy
rivojlanishiga, ijtimoiy munosabatlarning takomillashuviga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Ijtimoiy munosabatlarning bu va boshqa tomonlarini sotsiologiya fani o’rganadi. 
Sotsiologiya jamiyatdagi turli hodisalar va ularning o’zaro aloqasini, jamiyat
va tabiat o’rtasidagi o’zaro ta’sirini hamda kishilarning ijtimoiy hatti-harakati
umumiy qonuniyatlari va elementlarini o’rganadi. 
Sotsiologiya fan sifatida XIX asrda shakllanib, bu bu tushuncha fanga
frantsuz faylasufi Ognyust Kont tomonidan kiritilgan. Ammo bu fan aslida ancha
qadimiy bo’lib, uning ayrim elementlari qadimgi ko’p falsafiy ta’limotlarda
mavjud bo’lgan. Xususan, qadimgi yunon faylasuflari ijtimoiy hayot, tarixiy
taraqqiyot to’g’risida turli g’oyalarni ilgari surganlar. Shuningdek, Markaziy
Osiyolik mutafakkirlar: Farobiy, Ibn sino, Beruniylarning asarlarida ham jamiyat,
uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar bildirganlar. 
Umuman ijtimoiy hayotning murakkablashuvi va ilmiy bilimning
tabaqalanishi sotsiologiyaning falsafadan ajralib, mustaqil fanga aylanishi
muqarrar qilib qo’ydi va natijada sotsiologiya ijtimoiy munosabatlarni nazariy
tahlil qilishni ijtimoiy ma’lumotlarni empirik tadqiq qilish bilish ku Shib olib
boruvchi mustaqil fanga aylandi. 
2. Sotsiologiya fani predmeti tadqiqot o’tkazish faoliyati natijasi sifatida
namoyon bo’ladi. Shuning uchun, sotsiologiyaning tarixiy rivojlanish bosqichlari
davomida uning predmeti to’g’risidagi tushuncha ham o’zgarib borgan. 
Turli sotsiologik ta’limot va yo’nalishlar vakillari sotsiologiya fani predmeti
to’g’risida turlicha fikrlar bildirganlar. Jumladan, sotsiologiya fani asoschisi
O.Kont sotsiologiyani jamiyat to’g’risidagi pozitiv fan deb hisoblagan. Amerikalik
sotsiolog Dj. Smelzer o’zining "Sotsiologiya" darsligida sotsiologiya jamiyat
to’g’risidagi fan ekanligini ta’kidlaydi. E. Dyurkeym esa sotsiologiya predmetini


ijtimoiy ma’lumotlardan iborat deb bilgan. Nemis sotsiologi G. Zimmelning
ta’rificha, sotsiologiya - xususiy ijtimoiy fanlarning bilish nazariyasidir. YA’na bir
nemis sotsiologi M. Veberning fikricha, sotsiologiya ijtimoiy xulq to’g’risidagi
fandir. Ijtimoiy xulqni M. Veber insoniy munosabatlardan iborat deb bilgan.
Ijtimoiy xulq esa o’z navbatida ijtimoiy mohiyatga egadir. 
Mashhur rus sotsiologi P. A. Sorokinning sotsiologiya fani predmeti
to’g’risidagi fikri umumiy ma’noga ega bo’lib, u "jamiyat yoki ijtimoiy
hodisalardan iborat", deb hisoblagan. Jamiyat esa ruhiy aloqadorlikka ega bo’lgan
birliklar majmuidan iborat. Sotsiologiya xuddi shunday o’zaro aloqadorlikliklardan
iborat jamiyat hayotini o’rganadi. 
Yana bir rus sotsiologi V. A. Yadovning fikricha, "sotsiologiya - jamiyatning
bir butun organizm ekanligi, ijtimoiy munosabatlarning bir butunligi to’g’risidagi
fandir". Mashhur sotsiolog G.B.Osipov o’zining "Sotsiologiya" o’quv
qo’llanmasida sotsiologiya - ijtimoiy tizimlarning funktsionallashuvi va
rivojlanishi to’g’risidagi, umumiy va o’ziga xos ijtimoiy qonun va qonuniyatlari,
bu qonun va qonuniyatlarning Shaxs, ijtimoiy birliklar, sinflar, xalqlar
faoliyatidagi yuzaga kelish va amal qilish Shakllari to’g’risidagi fan deb, -
ta’riflagan. 
YUqorida keltirilgan fanlardan xulosa qilib aytish mumkinki, sotsiologiya
ijtimoiy birliklar, tashkilotlar, jarayonlar va munosabatlarning yuzaga kelishi,
funktsionallashuvi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Shu bilan
birga jamiyatning rivojlanib borishi bilan sotsiologiyaning mazmuni ham yanada
boyib, rivojlanib boradi, uning o’rganish ob’ekti qamrovi kengayadi, tadqiqot
usullari ham yanada mukammallashib boradi. 
3. Hozirgi zamon sotsiologiyasi murakkab tarkibiy tuzilishga ega. Jamiyat
hayoti sotsiologiya fani doirasida umumsotsiologik, maxsus sotsiologik tadqiqotlar
asosida o’rganiladi. Sotsiologiya tadqiqot predmeti bo’yicha umumiy va maxsus
sotsiologiya sohalariga bo’linadi. 
Umumiy sotsiologiya - turli ijtimoiy tizimlarda tez-tez uchrab turadigan
ijtimoiy hayotga oid hodisalarni, bu tizimlarning yashashi va taraqqiyotining eng
umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. 
Maxsus sotsiologiya - ijtimoiy faoliyatning eng alohida sohalarini ko’p
faktorli tizim sifatida tadqiq etadi. Hozirda sotsiologiyada maxsus sotsiologik
nazariyalar sifatida iqtisod sotsiologiyasi, mehnat sotsiologiyasi, turmush tarzi,
shahar va qishloq, boshqarish va tashkil qilish, siyosat, madaniyat, ilm - fan,
ta’lim, shaxs, oila, yoshlar, bo’ Sh vaqt, tibbyot, etnosotsiologiya, qiziqishlar,
ijtimoiy o’zgarishlar, ommaviy axborot, jamoatchilik fikri va boshqa sotsiologik
sohalarni ko’rsatish mumkin. 
Umumiy va maxsus sotsiologiya sohalari o’rtasida umumiy xususiyatlar bilan
bir qatorda, ular o’rtasida o’ziga xos xususiyatlar ham mavjud. Umumiy
sotsiologiyaga oid ta’limotlar umumijtimoiy amaliyotda tek Shiriladi, sinaladi va
tasdiqlanadi. Maxsus sotsiologiyaga oid xulosalar va ularning tasdigi empirik
tadqiqotlar, ijtimoiy eksprerimentlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. 
O’z navbatida umumiy sotsiologiya maxsus sotsiologik nazariyalar uchun
ham nazariy, ham metodologik asos bo’ladi. 


Xulosalar Chiqarish darajalariga ko’ra sotsiologiya nazariy va empirik
sotsiologiyaga, yo’nalishga ko’ra "sof" va "amaliy" sotsiologiya turlariga ajratiladi.
Nazariy sotsiologiya jamiyat ijtimoiy hayotining umumsotsiologik, hamda
umumilmiy darajalardagi funktsional va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Amaliy sotsiologiya inson faoliyatini, jamiyat hayotining turli sohalarini,
jarayonlarini bevosita amaliy asosda o’rganadi. Amaliy sotsiologiyada empirik
tadqiqotlar olingan ilmiy ma’lumotlar nazariy jihatdan umumlashtirildi. Amaliy
sotsiologiya o’z mohiyatiga ko’ra nazariy sotsiologiya bilan uzviy bog’liq. 
Sotsiologiyada konkret ilmiy ma’lumotlarni olish katta ahamiyatga ega.
Bunday ilmiy ma’lumotlarni olish katta ahamiyatga ega. Bunday ilmiy
ma’lumotlarni to’plash empirik tadqiqot usullari, ya’ni statistik tadqiqot, sistemali
kuzatuv, taqqoslash, ma’lumot surash, intervyu olish, anketa uzatish yordamida
amalga oshirilib, olingan ilmiy ma’lumotlar maxsus sotsiologik nazariya va
usullari yordamida tadqiq va tahlil qilinadi, ilmiy xulosalar Chiqariladi. 
Har bir fan muayyan tushunchalar (kategoriyalar) bilan ish ko’radi, ularda fan
tomonidan jamg’arilayotgan bilimlar jamlanadi. O’z navbatida har bir fan
rivojlanishi jarayonida shu fanga oid yangi - yangi tushunchalar muomalaga
kiritiladi. Natijada fan ham rivojlanadi, tushunchalar hajmi ham kengayib boradi. 
Sotsiologiyaning asosiy o’rganish sohasi - bu ijtimoiyotdir, ya’ni ijtimoiy
hodisalar va munosabatlardir. Shunga ko’ra sotsiologiya fani ham Shu fanga oid
tushunchalar (kategoriya) yordamida ish ko’radi. Sotsiologiyadagi tushunchalarni
metodologik va kundalik bajariladigan ishlarda qo’llaniladigan (protsedurniy)
turlarga bo’lish mumkin. 
4. Metodologik tushunchalar 4 ga bo’linadi:
1). Ijtimoiy aloqalarni ochib beruvchi kategoriyalar: ijtimoiy haqiqat (fakt),
ijtimoiy harakat, ijtimoiy munosabat, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy institutlar va
boshqalar;
2). Ijtimoiy birliklarni ochib beruvchi kategoriyalar: ijtimoiy birlik, ijtimoiy
sinf, ijtimoiy qatlam, ijtimoiy guruh, shaxs va boshqalar;
3). Ijtimoiy jarayonlarni aks ettiruvchi kategoriyalar: ijtimoiy holatlar va
ularning turlari, ijtimoiy faollik, ta’lim, musobaqa va boshqalar;
4). Ijtimoiy taraqqiyotni ochib beruvchi kategoriyalar: ijtimoiy o’zgarishlar,
o’sish, harakat, tanazzul va boshqalar. 
Kundalik bajariladigan ishlarda qo’llaniladigan (protsedurniy) tushunchalar:
bu asosan dala kuzatishlari (ishdari) jarayonida qo’llaniladigan tushunchalar bo’lib,
bular tadqiqot texnikasi turlari, sotsiologik o’lchovlar, anketa qilish, intervyu olish,
so’rov, mantiqiy dastur va boshqalar. Shu bilan birga sotsiologiya fani maxsus
tushunchalar bilan birgalikda umumfalsafiy tushunchalardan, shuningdek boshqa
fanlardan qo’llaniladigan tushunchalardan ham foydalanib ish ko’radi. 
Hozirgi davrda jamiyat bilan sotsiologiya fanining ijtimoiy mohiyati ham
ortib bormoqda, ijtimoiy fanlar ichida nufuzi oshmoqda. Bu esa bizdan
sotsiologiyaning ijtiomiy vazifalarini mukammalroq bilishni taqazo etadi. 
Sotsiologiya fan sifatida quyidagi ijtimoiy vazifalarni amalga oshiradi:
nazariy, tavsiflash, aniqlash, axborot, oldindan aytib berish, g’oyaviy kabilar. 


a). Nazariy vazifasi - bu mavjud bilimlarni boyitish va to’ldirish, tushuntirish
va jamlash, ijtimoiy borliqni tadqiq qilish asosida shu fanga oid tushuncha
(kategoriya) va qonunlarni ishlab chiqish;
b). Tavsiflash vazifasi - bu to’plangan tadqiqot materiallarini tartibga solish
(sistemalashtirish), tavsiflash va ularni analitik yozishma, turli xildagi yozma
hisobotlar va kitob Shaklida tayyorlash;
v). Axborot vazifasi - bu sotsiologok tadqiqot o’tkazish natijasida olingan
materiallarni to’plash, yig’ish, tartibga solib berish, Chunki sotsiologik axborot bu
eng operativ axborotdir;
g). Oldindan aytib berish (prognoz), bashorat qilish vazifasi - sotsiologik
prognoz berish. Sotsiologik tadqiqot natijasi qisqa muddatli va uzoq muddatli
prognoz berish bilan yakunlanadi;
d). G’oyaviy vazifasi - bu tadqiqotlar natijalari albatta jamiyat g’oyaviy
hayotida qo’llaniladi, o’z tadqiqotlari bilan yangi jamiyat qurilishda ishtirok etadi
va kishilarni bu jarayonda ishtirok etishga undaydi. 
Bu vazifalar sotsiologik jamiyat davomida o’zaro dialektik birlik asosida amal
qiladi va bir - birini taqozo etadi va to’ldirib boradi. 
Ijtimoiy hayot masalalarini o’rganish doirasi kengayib borishi bilan
sotsiologiya fani ham, uning o’rganish ob’ekti ham borgan sari kengayib va
chuqurlashib boradi. O’z navbatida sotsiologiyaning boshqa ijtimoiy - gumanitar
fanlar bilan dialektik aloqadorligi ham kuchayib bormoqda. Sotsiologiyaning
iqtisodiyot, falsafa, tarix, huquq fanlari, etika, psixologiya, pedagogika, ekologiya
kabi fanlar bilan aloqadorligi bozor munosabatlarining tarkib topishi jarayonida
yanada ortmoqda. Keyingi yillarda uning texnika fanlari bilan ham o’ziga xos
aloqadorligi kuchaymoqda, ayniqsa matematika fani va usulining ahamiyati tobora
ortmoqda. 
Iqtisodiyot sotsiologiyasi, mehnat sotsiologiyasi kabi sotsiologiyaning maxsus
sohalari iqtisodiyotga bog’liq masalalarni o’rganadi va muammolarni o’rganishga
va hal etishga xizmat qiladi. Shu jihatdan sotsiologiya iqtisod fanlari bilan,
ularning o’rganish ob’ekti bilan uzviy bog’liqdir. 
Sotsiologiya falsafa fani bilan ham uzviy bog’liqdir. Sotsial falsafa qonun va
kategoriyalari bevosita umumsotsiologik nazariya va kontseptsiyalarni o’z ichiga
oladi. Maxsus sotsiologik nazariyalar uchun esa nazariy va metodologik asos
bo’ladi. Umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalarning rivojlanishi o’z
navbatida mazkur davr ijtimoiy fikrini shakllantiradi, unga nazariy va amaliy
manba bo’lib xizmat qiladi. 
Sotsiologiya fani huquq fanlari bilan ham Chambarchas bog’langan. Ayniqsa,
jamiyatda demoqratik jarayonlarning takomillashib borishi, huquqiy davlat
asoslarini yaratilishi, kishilarning huquqiy madaniyatini yuksalib borishi bu
boradagi sotsiologik tadqiqotlarga bo’lgan ehtiyojni yanada kuchaytiradi, natijada
sotsiologiya va huquq fanlari o’rtasidagi aloqadorlik yanada mustahkamlanib,
uning ham amaliy va ham nazariy ahamiyati ortadi. 
Mustaqillik tufayli milliy qadriyatlarning tiklanishi, milliy ongning rivojlanib
borishi, o’sishi davrida kishilar, ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi ma’naviy
munosabatlar, tamoyil va me’yorlarning ichki mohiyati takomillasha borishi,


ularning xususiyatlarini o’rganishda sotsiologiya bilan axloq Shunoslik o’rtasida
dialektik aloqadorlik yanada ko’proq namoyon bo’ladiki, bunda sotsiologik
tadqiqot asosida axloq fani jamiyat hayotidagi o’z mavqeini yanada oshiradi. 
Sotsiologiya fani pedagogika, madaniyat Shunoslik, ruh Shunoslik
(psixologiya), tarix, estetika, demografiya, ekologiya, matematika, kibernetika va
boshqa fanlar bilan uzviy aloqada faoliyat ko’rsatadi. 
Sotsiologiyaning boshqa fanlar bilan uzviy aloqada rivojlanishi, eng avvalo o’
Sha fanlarga oid ma’lumotlardan u yoki bu tarzda foydalanishi bilan izohlansa, o’z
navbatida sotsiologiyaga oid xulosalardan foydalanib boshqa fanlar ham
rivojlanadi. 
Sotsiologiya o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy fandir. Jamiyatning rivojlanishi,
kishilar o’rtasidagi munosabatlar yangidan - yangi sifatlar bilan boyib borishi,
ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyalarining yanada takomillashib borishi va
boshqa ko’pgina faktorlar bugunki kunda sotsiologiyani mavqeini yanada
oshirmoqda, ijtimoiy fanlar ichida etakchi o’rin egallashiga imkon bermoqda. O’z
navbatida sotsiologiya fani jamiyat taraqqiyotiga amaliy xulosalari bilan ta’sir
etadi. Buni rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham bilish mumkin. Bu
mamlakatlarda sotsiologiya fani ham nazariy, ham amaliy jihatdan yuksak darajada
rivojlanib, sotsiologik tadqiqotlar markazlari, mutaxassis kadrlar tayyorlashdagi
alohida e’tibor, ishlab chiqarishdagi sotsiologik xizmat zaruratini yanada oshirdi. 
Sotsiologiya fanining ana shu nazariy va amaliy mohiyati sobiq sovet tizimida
kamsitilib kelindi, uni o’rganishga deyarli e’tibor qilinmadi. Ayrim hollarda
sotsiologik tadqiqotlar natijasi tor doiradagi maqsadlarda qo’llanildi. 



Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling