Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

Nazariy va empirik tadqiqotlar
Sotsiologiyada sotsiologik tadqiqotlar Shartli ravishda nazariy va amaliy
turlarga ajratiladi. Chunki ular o’rtasida qat'iy chegarani o’tkazish mu Shkul. Zero
har qanday fundamental sotsiologiya nazariydir, empirik tadqiqotlar esa nazariya
bilan jipslashgan holda amalga oshiriladi. Ammo ular o’rtasida farq mavjud. 
Sotsiologiyada nazariy tadqiqotlar natijasida nazariya
3
ning turli darajasini ajratib ko’rsatish mumkin: umumsotsiologik nazariyalar,
mahsus nazariyalar, xususiy nazariyalar.
Umumsotsiologik nazariyalar jamiyatni yaxlit qamrab oladigan
muammolarni hal etadi. Masalan, jamiyatning rivojlanish davlari va strukturasi,
uning faoliyat qonunlari va bq.
Maxsus nazariyalar sotsiologiya ob’ektining muhim tomonlarini o’rganadi.
Sotsial struktura nazariyasi, institular nazariyasi sotsiologiyada maxsus sohalar
sifatida shakllandi. Maxsus nazariyalar mavhum tushunchalardan foydalanadilar,
ammo ular ko’pincha faktlarga asoslanadilar
3
Nаzаriya – kаtegoriya, tushunchаlаr, holаtlаr vа tаmoyillаrning kontseptuаlbirligi bo’lib, u hodisаlаrning xossаlаri,
munosаbаtlаri vа qonuniyatli аloqаlаrini ochib berаdi. Nаzаriyalаrdа mаrkаziy o’rinni tushunchаlаr egаllаydi. 
Ulаrdа fаnning юtuq vа tаjribаlаri to’plаnаdi vа ulаr nаzаriyaning mаzmunini belgilаydi. Nаzаriyani yarаtish 
vositаsi mаvhumlаshtirishdir, yaъni аniq holаtlаr vа hodisаlаrni umumiylаshtirishdir.


Xususiy nazariyalar ko’proq empirik tadqiqotlarga tayangan holda quyi
darajadagi sotsial jarayonlarni o’rganadi. Misol uchun referent guruhlar nazariyasi,
kichik guruhlar nazariyasi va hk. Bu nazariyalar inson fe'l atvorining mustahkam
mexanizmlarining har xil Sharoit va holatlardagi ko’rinishini aniqlashga harakat
qiladi.
Empirik tadqiqotlar. Dastlabki empirik tadqiqotlar XVII asrdayoq
o’tkazilgan bo’lsada, XX asrning birinchi yarmida AQSHda ommalashdi. Empirik
tadqiqotlar deyilganida, bilimlarni tajriba orqali olish tushuniladi. Empirik
sotsiologik tadqiqotlarning ob’ekti – ijtimoiy hayotning mikrojaaryonlari,
insonlarning harakatlari, tafakkur tarzi, fikri va munosabatlari. Ularning asosiy
maqsadi sotsial guruhlar, individlar, tashkilotlar muammolarini, ya’ni jonli sotsial
muammolarni bevosita o’rganishdan iborat. 
Empirik tadqiqotlarni sotsiologiyaning muhim qismi sifatida empirizm
kontseptsiyasi bilan solishtirish mumkin emas, Chunki empirizm kontseptsiya
sifatida nazariy bilimlarni butkul inkor qiladi. Hissiy idrokning bevositaligi
empirizm kontseptsiyasida fanning asosini tashkiil etadi.
Empirik tadqiqotlarning ob’ekti mikrojarayonlar, predmeti esa individlar,
sotsial guruhlar, sotsial tashkilotlar, mehnat faoliyatining sermahsulligi, shaxs
xususiyatlari va hk. Ularning vazifasi kuzatish, eksperiment, hujjatlarni o’rganish
va so’rov metodlari orqali sotsial jarayonlar borasida faktlar va ma’lumotlar
yig’ishdan iborat. Empirik tadqiqotlar natijalarini ham amaliy, ham nazariy
maqsadlarda ishlatish mumkin.
Tarixiy rivojlanishga nazar tashlasak, empirik tadqiqotlarni o’tkazish
Chog’ida ko’plab metodologik xarakterga ega bo’lgan muammolar: sotsial
faktning mohiyati, nazariy bilimning empirik ma’lumotlar bilan o’zaro
munosabatlari, so’rov, kuzatish va ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida
sub’ektiv omilning roli kabilar paydo bo’ldi.
Empirik tadqiqot usullari amaliy sotsilogiya doirasida shakllanib,
mukammallashdi. Bular: so’rov, kuzatish, hujjatlarni tahlil qilish va eksperimet
usullari. Amaliy sotsiologiya doirasida qaysi metod qay tarzda va qay vaziyatda
qo’llanilishi kerakligi, metodlarning yutuq va kamchiliklari o’rganib, ishlab
chiqilgan. Misol uchun eng keng tarqalgan so’rov metodi insonlarning ichki
dunyosini, sub’ektiv fikrini o’ragnishga yo‘naltirilgan.
Amaliy sotsiologiyaning oldida bugungi kunda sotsiologik tadqiqotlar
davomida olinayotgan empirik axborotlarning haqqoniyligini va ob’ektivligini
ta’minlashga xizmat qiluvchi optimal tamoyillarni ishlab chiqish muammosi
dolzarbligicha qolmoqda.
Amaliy sotsiologiya tarkibiga empirik metodlar bilan bir qatorda
metodologiya, ma’lumotlar tizimi va empirik ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi
kiradi. Shuning uchun odatda empirik tadqiqotlar turli xil mutaxassislar tmonidan
ham olib borilishi mumkin.
Empirik tadqiqotlar asosan statistka ma’lumotlarga tayangan holda amalga
oshiriladi. Rivojlangan mamlakatlarda axborot ta’minoti empirik tadqiqotning
muhim manbasi hisoblanadi. Mazkur tadqiqotlarni amalga oshirishda texnikaning
rivojlanganlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Chunki empirik ma’lumotlar qayta


ishlanishi zarur. So’rov, kuzatish, eksperiment metodlari vositasida empirik
tadqiqotlar o’tkazilganida ma’lum ma’noda moddiy va texnik vositalar talab
qilinadi. Shuning uchun empirk tadqiqotlar anchagina qimmat tadbir sanaladi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling