Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Istalgan fanning ob’ekti – o’ziga xos voqelik, hodisa bo’lib, undagi o’zaro
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
Istalgan fanning ob’ekti – o’ziga xos voqelik, hodisa bo’lib, undagi o’zaro
bog’liqlik, munosabatlar yoki holatlarni tadqiq etish jarayonini qamrab oladi. Tabiiy fanlarda ob’ektni belgilash masalasi birmuncha oson kechasa-da, voqea, hodisalar turfa xilligi, o’zaro munosabatlarning ijtimoiy-ma’naviy omillarini o’rganadigan ijtimoiy fanlarda bu masala ancha murakkabdir. Sotsiologiya ijtimoiy borliqning boshqa fanlar tomonidan o’rganilmaydigan qismini ajratishi lozim. Vaholanki, sotsiologiyada huquq sotsiologiyasi, madaniyat sotsiologiyasi, siyosat sotsiologiyasi kabi tarmoq yo’nalishlari rivojlanayotgan zamonaviy Sharoitda yuqoridagi masala qanday hal etiladi? Tadqiqotchilar o’rtasida ommalashgan fikrga binoan, ob’ektiv voqelikning aynan o’xshash sohalari, masalan, mehnat, maishiy jihatlar, oila va hokazolar turli ijtimoiy fanlarning ob’ekti bo’lishi mumkin. Bunda fan predmeti vaziyatga oydinlik kiritadi. Demak, ob’ekt – real borliqning bir qismi bo’lsa, fan predmeti esa – bu ob’ektning turli jihatlarini qamrab olib fanning umumiy ma’no mazmunidan kelib chiquvchi bosh nazariy asosni tashkil etuvchi tub masala yoki fundamental muammodir. Ob’ekt va predmet kontseptual tarzda o’ta yaqin, uzviy bog’liq bo’ladi, Chunki ob’ektning mohiyatini tushunish fanning tub muammosi qo’yilishini belgilab beradi. Aynan Shuning uchun sotsiologiya predmeti muammosining hal etilishi ob’ekt muammosi bilan bog’liqdir. Predmet ob’ektga aynan o’xShash narsa emas. Har qanday fanning predmeti – ob’ektiv borliqning oddiygina holati yoki jarayoni emas, «o’rganilayotgan ob’ekt rivojlanishi va faoliyat yuritishining faqat ushbu fanga xos bo’lgan va boshqa hech qanday fanga tegishli bo’lmagan qonuniyatlarini» 1 ajratib ko’rsatishga imkon beruvchi mavhum nazariy fikr yuritish hosilasidir. Aynan Shuning uchun fanlarning o’ziga xos, alohida xususiyatlari faqat predmetga qarab belgilanadi. Shu bilan birgilikda ob’ektga umumiy mavhum holat sifatida yondashishdan cheklanish maqsadga muvofiq. Real borliqning ayrim qismlari, masalan, mehnat, maishiy jihatlar, oila kabi tushunchalar tom ma’noda birgina iqtisodiyot, psixologiya, sotsiologiya kabi fanlarning ob’ekti bo’lmaydi. Masalan, psixologiyaning ob’ekti mehnat, maishiy jihatlar, oilaning aynan o’zi emas, ushbu ijtimoiy institutlar doirasida faoliyat yuritayotgan Shaxsning ruhiy kechinmalari, his-tuyg’u va sezgilari, umuman hissiy olam yoki ularda sodir bo’layotgan ruhiy jarayonlar bo’lsa, iqtisodiyot nuqtai nazaridan ob’ekt – oilaning moddiy darajasi, turmush farovonligi, ya’ni maishiy va oilaviy munosabatlarning iqtisodiy jihatlari hisoblanadi. Demak, fanlarni ajratuvchi Chegara nafaqat predmet, balki ob’ekt doirasida ham yotadi. Bu tub tamoyil masalasi bo’lib, fan maqomi, uning boshqa fanlar bilan munosabati masalalarining hal etilishiga bog’liq bo’ladi. 2. Sotsiologiya fanining klassik namoyondalarining yutug’i - uni falsafa, psixologiya va tabiiy fanlardan ajratib berganligidadir. O.Kont sotsiologiyani yuqori darajada umumiy bo’lgan qonunlarni o’rganadigan falsafadan ajratgan. Bu qonunlar tabiatda ham, jamiyatda ham, inson tafakkurida ham amal qiladi. Ularda ijtimoiy real borliqning o’ziga xosligi aks etadi. Lekin jamiyat haqida bilim olish 1 Bаrulin V.S. Ijtimoiy hаyot sohаlаrining diаlektikаsi. – M.: MGU, 1982. – S. 56. uchun bular etarli bo’lmaydi, Chunki jamiyatga o’ziga xos, spetsifik bog’lanishlar va munosabatlar, xususiyatlar xos bo’lib, ular falsafa bilan qamrab olinmaydigan qonunlar va tushunchalar bilan aks ettiriladi. XIX asrda fanning amaliy yo’naltirilishi asosiy ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy- falsafiy ta’limotlar allomalarni qoniqtirmay qo’ydi. Aynan Shuning uchun sotsiologiyaning asoschisi O.Kont o’z ijodiy faoliyatini falsafani tanqid etishdan boshladi va voqea-hodislarni nazariy ta’riflash va amaliy tadqiqot usullarini o’zida mujassamlashtirgan yangi fanga bo’lan ehtiyojni asoslashdan boshladi. Bunda asosiy e’tiborni tabiiy fanlar yutuqlariga qaratdi. Chunki, XIX asrda tabiiy fanlar katta muvaffaqiyatlarga ega bo’ldi. Aynan Shu davrda olimlar kimyoviy elementlarning tuzilishi, tirik organizmlar rivojlanishining fizik qonuniyatlariga doir nazariyalarni yaratdilar. Bu kashfiyotlar ulkan empirik baza va empirik usullar: kuzatishlar, tajribalarga tayanib amalga oshirildi. Shu bois, sotsiologiyaning asoschilari O.Kont va G.Spenserning nazariy faoliyati tabiiy fanlarga xos yangi ijtimoiy fanni yaratishga qaratildi. Bunda naturalizmning ta’siri katta bo’ldi. Ammo, sotsiologiya jamiyatning va inson faoliyatining ilmiy tadqiqoti sifatida tabiiy fanlardan ham ajralib turadi. Tabiiy fanlar: biologiya, geologiya, kimyo, fizika, - nazariy va akademik fanlar bo’lib, tabiiy muhitning voqealar va jarayonlarini tushunish, izohlash va prognoz qilishni maqsad qilib qo’yadi. Tabiatning bir qismi sifatida insonning muammolarini ijtimoiy antropologiya, homo sapience (ongli inson) kelib chiqishi to’g’risidagi fan sifatida o’rganadi. Shu bois, sotsiologiyada naturalizm adolatli tarzda tanqid qilingan. Jamiyatning tabiiy jarayonlardan farqli jihatlari marksizm tomonidan batafsil ochib berilgan. Unga muvofiq – maqsadga yo’naltirilgan faoliyat, mehnat, nutq va nihoyat, ong insonni hayvonot olamidan farqlab turadi. Sotsiobiologlar hayvonlar va insonning ijtimoiy hulqi shakllari haqida qator kontseptsiyalarni ishlab chiqqan, bular: altruizm, o’z naslini davom ettirish, o’zini o’zi tiklash, agressiya va boshqalardir. Xususan, agressivlik - sotsiobiologlarning fikricha, insonni hayvonga yaqinlashtiruvchi jihat bo’lib, u biologik nuqtai nazardan zaruriy va «adaptiv bo’lgan hamda evolyutsiya davomida maxsus tanlab olingan reaktsiya (aks ta’sirlanish)larning namunalaridan iborat». Sotsiobiologiya zamirida etnosotsiologiya yo’nalishi shakllandi. Uning tadqiqot sohasi xalqlarning etnosotsiologik xususiyatlari, madaniyati (tili, turmush tarzi, maishiy Sharoitlari, an’analari), milliy o’ziga xosligini belgilab beruvchi ijtimoiy omillar hisoblanadi. Etnosotsiologiya u yoki bu milliy holatlarning o’zini o’zi tiklashi mexanizmi, ular qanday ishlashini aniqlashga yo’naltirilgan. Etnik o’ziga xos jihatlar bilan bog’liq ijtimoiy muammolarni tadqiq etgan holda, etnosotsiologiya millatlar mobilligini tartibga solisha, millatlararo munosabatlar barqarorligini ta’minlash yo’llarii aniqlashga o’z hissasini kiritadi. Shu bois, ularni tadqiq etish ham biologiya, ham sotsiologiya uchun qiziqish uyg’otadigan umumiy sohalarning yuzaga keltiradi. Dyurkgeym bo’yicha sotsiologiya – mustaqil, umumiy fan sifatida boshqa fanlarning yutuqlaridan samarali foydalanadi. U falsafadan ajralishi va o’z sohasini belgilab olishi lozim edi. Bu ajralish ijtimoiy muammolar, ijtimoiy voqelik bilan alohida mustaqil Shug’ullanish va mavhumlikdan qochish uchun zarur bo’ladi. Biroq bu sotsiologiyaning falsafadan mutlaq uzilishi lozimligini anglatmaydi. Sotsiologiyaning mustaqil bo’lishi falsafa uchun ham muhim bo’ldi. Chunki sotsiologiya yangi dalillar va g’oyalarga ega bo’ldi. Fanni boyitadigan qator ixtisoslashgan yo’nalishlar ishlab chiqilishiga olib keldi. Sotsiologiya, falsafani to’liq inkor etishdan to uning muhim ahamiyatin tan olishgacha murakkab yo’lni bosib o’tib, hozirgi paytda ushbu o’zaro ta’sir etish jarayonini Chuqurlashtirmoqda. U turli-tuman falsafiy g’oyalardan foydalanib, K. Marks, M. Veber kabi qator olimlarning g’oyalarini qayta ko’rib chiqib, yangi nazariy asoslarni ishlab chiqishga intilmoqda. Sotsiologiyani psixologiyadan ajratish eng qiyin bo’gan, Chunki ijtimoiy o’zaro ta’sir doimo ruhiy o’zaro ta’sirni o’z ichiga oladi, har qanday ijtimoiy jarayon Shaxsning motivi, e’tiqodi, tuyg’ulari va kayfiyati bilan belgilab beriladi. Sotsiologiya va psixologiya kesishuvida ijtimoiy psixologiya fani yuzaga kelgan. Agar umumiy psixologiya alohida shaxsning ruxiyatini o’rgansa, ijtimoiy psixologiya kishi hulqining ijtimoiy mezonlarini ochib beradi. Bu borada tadqiqot olib borgan A.N.Leontev Shunday yozadi: «Inson faoliyati har qanday Sharoitda va istalgan Shaklda amalga oshsa-da, uni ijtimoiy munosabatlar tizimidan ayricha holda ko’rib chiqish mumkin emas» 2 . G.M. Andreevaning fikriga ko’ra ijtimoiy psixologiyaning predmeti “Kishilarning ijtimoiy guruhdagi hulq-atvori va faoliyatining qonuniyatlari hamda ushbu guruhlarning psixologik xususiyatlarini o’rganish»dir. Bu olimlar psixologiya va sotsiologiyani farqlay turib, inson hulqining ijtimoiy me’yorlarini psixologiya predmeti sifatida ko’rsatadi. Shunday qilib, sotsiologiya ob’ekti va predmeti muammosini hal etishning o’ziga xosligi quyidagilardan iborat. Birinchidan, fanning mustaqil soha sifatida ajralishi jarayoni hali yakunlanmaganligi bois, o’zini o’zi ta’riflashga intilishlarni yakuniy deb bo’lmaydi. Sotsiologiya tuzilmasining murakkabligi bu muammoni bilimning zamonaviy holati, uning ko’p darajaliligi, nazariy kontseptsiyalarning o’zaro ziddiyati, empirik tadqiqotlarning o’ziga xosligini inobatga olgan holda hal etishni talab qiladi. Sotsiologiyaning ob’ekti va predmetining ta’rifi fanning zamonaviy tuzilishini yaxlit aks ettirishi lozim. Siyosat sotsiologiyasi, huquq sotsiologiyasi, madaniyat sotsiologiyasi kabi umumlashgan tarmoqlarning rivojlanishi jamiyat hayotining ma’lum sohalarini tadqiq etishda ob’ekt va predmetning o’ziga xos jihatlarini alohida ajratib ko’rsatishni talab qiladi. Bu ma’noda sotsiologik yondashuvning boshqa ijtimoiy fanlardan farqli tomonlari yaqqol namoyon bo’ladi. Kontning uch bosqichli qonuniyatiga binoan, sotsiologiya inson tabiatining o’zgarmas, tabiiy ijtimoiy tuyg’ulari va intellektual taraqqiyotda ifodalanuvchi qonuniyatlarni o’rganadi. Ijtimoiy hayotning turfa xilligi jismoniy, aqliy, ma’naviy va siyosiy jihatlarning o’zaro ta’sir etishi hosilasi sifatida namoyon bo’lishidir. Kont g’oyalari asosida sotsiologiyaning ob’ekti va predmetini pozitiv-naturalistik jihatdan, evolyutsiyaning tirik qolish va o’z-o’zini saqlab qolish biologik qonunlari sifatida talqin etuvchi bir qator yo’nalishlar yuzaga kelgan. 2 Leontev А.N. Deyatelnost. Soznаnie. Lichnost M.: 1975. S.82. Pozitivizm tomonidan belgilangan chegaradan tashqariga chiqishga uringanlar ichida E. Dyurkgeym sorbonna universitetida sotsiologiya kafedrasini barpo etdi. U tabiiy-biologik va psixologik jihatlardan farq qiluvchi o’ziga xos ijtimoiy holatlarni tahlil qilishga tayangan holda sotsiologiyani barpo etishga intildi. E. Dyurkgeym «Ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan har qanday ijtimoiy jarayon negizi ichki ijtimoiy muhitning tuzilishida yotadi», - deb yozadi 3 . Uning fikricha, ijtimoiy hodisalarni o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turgan dalillar tashkil etadi. Bular individdan tashqarida bo’lgan va majburiy xarakterdagi fikrlash, harakatlar va tuyg’ularning obrazlari bo’lib, shu sababli individ ularga majburan undaladi. Ijtimoiy sifat - umumiylik, bir butunlik sifatidir, u individlar uchun ob’ektiv xususiyatga ega bo’ladi. U individuallikni yo’q qilmaydi, balki uni belgilab beradi. Aynan Shunday, ma’lum bir umumiy tashqi belgilariga ega bo’lgan holatlarning guruhi sotsiologiyaning ob’ekti sanaladi. Ushbu holatlarni Dyurkgeym jamoaviy tasavvurlar deb ta’riflaydi va ular umumiy hayot natijasi, individual ong o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro ta’sir va aks ta’sirlanishning mahsuli bo’lib, jamoaviylikdan kelib chiqadi. Uning predmeti - jamoaviy tasavvurlarning kelib chiqishi, ishlashi va rivojlanishi qonuniyatlaridir. E. Dyurkgeym pozitiv ruhda qolsa-da, ijtimoiylik mohiyatini ta’riflashga katta hissa qo’shdi. M. Veber esa sotsiologiya fanini jamoaviy yaxlitlikdan emas, alohida individdan kelib chiqib barpo etmoqchi bo’ldi va Yevropa gumanistik an’analarini davom ettirdi. Zero, ong gumanistik yo’nalishning diqqati markazida turadi. O’zining fan kontseptsiyasida M. Veber mantiqiy xulosani sof empirik tarzda dalillar yordamida aniqlash va amaliy baholashni farqlaydi. Bu muhim metodologik ahamiyatga ega bo’ldi. Sotsiologiyaning ob’ekti hayotiy voqea- hodisalar, kuzatiladigan holatlar emas, ularning mohiyatini tashkil etuvchi jihatlar, ya’ni: sabab, aloqa, munosabat, fikrlash va harakatlanish tarzidir. U imo-ishora, so’z, til va hokazolar orqali ifodalanadi. Sub’ektiv mazmunni uning ramzlari orqali ilg’ab olish sotsiologiyaning vazifasi hisoblanadi. Sotsiologiya rivojlanib borishi bilan uning ob’ekti va predmeti tushunchalari o’zgarib bordi. Neopozitiv yo’nalishlar sotsiologiyaning o’zini o’zi belgilash jarayoniga o’z hissasini qo’shdi. Avvalgi yo’nalishlaridan farqli ravishda, neopozitiv ruhdagi ta’limotlar sotsiologiya fanini empirik tadqiqotlar zamirida qurishga intiladi. Sotsiologiya inson hulqi haqidagi empirik fan sifatida qabul qilindi. Sotsiolog esa nafaqat olim balki, ijtimoiy muhandis, jamiyat quruvchisiga aylandi. Shu nuqtai nazardan fanning ob’ekti - turli vaziyatlarda insonnning hulq atvori bo’lsa, uning predmeti - jamiyatning mehnat, siyosiy, iqtisodiy va hokazo sohalarining ijtimoiy mexanizmlaridir. Sotsiologiya haqidagi bunday tasavvur bixeviorizm, simvolik interaktsionallik, empirik yo’nalishlarida ustuvor hisoblanadi. 3. XX asrning 30-yillarigacha AQSHda empirik tadqiqotlar amaliyotining kengayishi sababli, sotsiologiyaning predmetsizlashuvi yuzaga keladi. Boshqarish sotsiologiyasi, oila sotsiologiyasi, ijtimoiy fikr sotsiologiyasi, jinoyatchilik sotsiologiyasi va hokazolar kabi yo’nalishlarning paydo bo’lishi sotsiologiyaning yagona ob’ekti yo’qolishiga, uning ijtimoiy hayotning ayrim sohalariga 3 Dyurkgeym E. Metod sotsiologii. Per. SPb.,1898. bo’linishiga olib keldi. Bu yo’nalishlar 1927 yilda F. Znanetskiy va U. Tomaslarning «Polsha dehqoni Yevropada va Amerikada» hammualliflik asari nashrdan chiqqanligi sababli yuzaga kelgan. Lekin bu asarning mualliflaridan biri F. Znanetskiy sotsiologiya va uning predmetini boshqacha tushunish tarafdori bo’lgan. U «predmetsiz» nazariyachilikka ham, «tartiblanmagan» empirizmga ham botib qolmaslikka intiladi va sotsiologiya ob’ektining mohiyatini aniqlashga harakat qiladi. U fizikaviy va ijtimoiy borliqni farqlaydi, buning uchun u «inson koeffitsienti» tushunchasidan foydalanadi. Uning fikricha, bu tushuncha sotsiologiyaning o’ziga xosligini ifodalaydi. Farqi shundan iboratki, tabiiy tizimlar insonning tajribasi va faolligidan qat’i nazar mavjud bo’ladi. Madaniyat esa o’ziga xos, tabiiy ildizli epifenomen bo’lmagan real borliqni yaratadi, Chunki uning paydo bo’lishida inson ishtirok etadi. Sotsiologiya maxsus fan sifatida, uning fikricha, 4 ta asosiy bo’limni o’z ichiga olishi lozim: ijtimoiy harakat va ta’sir nazariyasi; ijtimoiy munosabatlar nazariyasi; ijtimoiy Shaxslar nazariyasi va ijtimoiy guruhlar nazariyasi. Sotsiologiya jamiyatda yuz beradigan barcha jihatlar emas, balki faqat harakat va ta’sir tizimini yaratuvchi ongli individlarning o’zaro ta’siri yuzasidan fikr yuritadi. Znanetskiy tomonidan ajratilgan yo’nalishlar sotsiologiyaning maxsus sohalarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan, va rivojlanib borgan. Sotsiologiya ob’ekti va predmetining ushbu ta’riflarining yutug’i shu bo’lganki, inson sub’ektivligi ijtimoiy olamning mohiyatini bilish tarkibiga kiritilgan. XX asrning 60-yilllarda sobiq sovet matbuotida sotsiologiyaning predmeti yuzasidan munozara boshlangan. Bu munozaraning yakuni o’sha davr tadqiqotchilari V.P.Rojin, G.M.Andreeva, V.A.Yadov va boshqa olimlar tomonidan ishlab chiqilgan pozitsiya bo’lib, u eng oxirgi vaqtgacha umume’tirof qilingan nazariya deb hisoblangan. Lekin jamiyatning bir butun holda umumnazariy o’rganilishi bilan bir qatorda, alohida ijtimoiy sohalarni: siyosiy, ma’naviy, institutsional sohalarni tadqiq etish, shuningdek ijtimoiy guruhlarning o’ziga xos munosabatlarini, ularning fikrlash tarzini, o’zini tutish tuzilishini o’rganish muhim ahamiyatga ega bo’lgan, Chunki umumsotsiologik qonunlar boshqarish, ishlab chiqarish, shaxsning Shakllanishi, ijtimoiy tuzilmaning takomillashuvi va boshqa muayyan masalalarga javob bera olmaydi. Hozirgi paytda sotsiologiya turli tarzda tizimlashtirilgan bilimlar majmuasi, nihoyatda ko’p nazariy kontseptsiyalar va metodologik tamoyillar, amaliy sohalari va mukammal sotsiologik tadqiqotlar amaliyotidan iborat. Rivojlanishining har bir bosqichida sotsiologiya fanning yutuqlarini o’ziga singdirib, uning jamiyatni tushunish va rivojlantirishdagi o’rni va rolini qayta anglab borib, o’z ob’ekti va predmeti tushunchasini aniqlaydi, rivojlantiradi. Bu talqinlarning hammasini uchta katta guruhga bo’lish mumkin. Birinchi yondashuvga muvofiq, sotsiologiyaning ob’ekti sifatida umuman jamiyatning o’zi, predmeti esa - jamiyatning butun tizim kabi rivojlanishi qonuniyatlari tasavvur qilingan. Sotsiologiyani bunday tushunish asoschilari klassik olimlar O.Kont, G.Spenser, E. Dyurkgeym va boshqalar bo’lgan. Hozir u qator xorijiy olimlar tomonidan takrorlanmoqda. N. Smelzer yozishicha: «sotsiologiya - bu jamiyat va ijtimoiy munosabatlarni ilmiy o’rganish» 4 . S.S. Frolov esa “Sotsiologiya – jamiyatning tuzilmalarini, ularning elementlari va mavjud bo’lish Sharoitlarini, shuningdek bu tuzilmalarda sodir bo’ladigan ijtimoiy jarayonlarni o’rganadigan fan, deb xulosa qiladi” 5 . Dj.Markovich esa, sotsiologiyaning predmeti jamiyat rivojlanishining ijtimoiy qonuniyatlari va iqtisodiy muammolarni hal etishning ijtimoiy samaradorligidir, deb hisoblaydi. Uning fikricha, globallashuv milliy va madaniy o’ziga xoslik hamda davlatlarning suvereniteti saqlanishi muammosini ko’ndalang qilib qo’ygan. Shuning uchun sotsiologiya predmeti - madaniy o’ziga xoslik hamda davlatlarning suvereniteti saqlanishiga ko’maklashadigan global muammolarning echimi bo’lishi kerak 6 . 4. Zamonaviy sotsiologlar fan ob’ekti va predmetining umumiy ta’riflarini ijtimoiy rivojlanishning zamonaviy muammolariga moslashtirib aniqlashga urinadi. Buning uchun ular ijtimoiy tizimning eng oddiy, jamiyatni hosil qiluvchi elementni izlaydi. Luman fikricha, bunday «eng oddiy element» kommunikatsiya, muloqot hisoblanadi. O’tmishdagi olimlarning ko’pchiligi ijtimoiy harakatni bunday element deb hisoblagan, u tufayli ijtimoiy tizim va ijtimoiy ta’sirlar qayta tiklanadi. Luman fikricha, bunday «bo’linmas» (elementar) ijtimoiy operatsiya - to’liq yopiq kommunikativ tizim bo’lib, uning komponentlari tizimning o’zi tomonidan qayta tiklanadi. Bu yondashuvni yaxshiroq tushunish uchun jamiyatni bir-biri bilan tasodifiy ta’sir etuvchi individlarnig oddiy to’plami emas, ma’lum tarzda joylashgan va tartibga solingan, o’zaro ta’sir etuvchi ma’lum qismlardan iborat bo’lgan bir butunlik sifatida tasavvur qilish lozim. Jamiyatni tarkibiy tartibga solingan tizimlari kabi o’rganish Shuni ko’rsatadiki, bunday o’rganishda asosiysi – tuzilmaning ayrim qismlari o’rtasida bog’lanishlar tizimini aniqlashdir 7 . Bu esa o’z o’rnida sotsiologiyaning predmeti hisoblanadi. Ushbu ta’rif hozirgi paytda keng tarqalgan strukturalizm ta’sirida paydo bo’lgan. Unga binoan, etnografik, psixologik, madaniyat tuzilmalari o’zaro bog’liq va o’zaro ta’sir etuvchi elementlarning yig’indisi sifatida ularning o’z ichidagi mazmuni yoki tashqi aloqalari bilan emas, ijtimoiy tizimdagi o’rni bilan belgilanadi. Ushbu yondashuvdan foydalanib, jamiyatni ma’lum pozitsiyalarni, ijtimoiy maqomlarni egallaydigan hamda guruhlarni, qatlamlarni, jamoalarni hosil qiladigan individlarning ijtimoiy bog’lanishlari va munosabatlari yig’indisi sifatida tahlil qilish mumkin. Birinchi yondashuvning vakillari ijtimoiy tuzilmani diqqat markazida tutgan bo’lsa, ikkinchi yondashuvning vakillari ijtimoiy munosabatlar sohasini sotsiologiyaning ob’ekti deb hisoblaydi. Ushbu munosabatlar amalga oshishi va rivojlanishi qonuniyatlarining o’ziga xosligi, ularning qayta tiklanishi va o’zgarishi sotsiologiyaning predmetidir. Bunda «ijtimoiy munosabatlar» tushunchasiga: insonlarning barcha o’zaro munosabatlari; jamiyatning katta guruhlari – sinflar, millatlar orasida munosabatlar; fuqarolik jamiyati deb nomlanuvchi, ya’ni davlat va biznes tomonidan tartibga solinmaydigan jamiyat sohasini tashkil etuvchi 4 Smelzer N Sotsiologiya ekonomicheskoy jizni. //Аmerikаnskаya sotsiologiya. – M.: Progress, 1972. – S. 188-203. 5 Frolov S.S. Sotsiologiya: Uchebnik dlya vuzov. – M.,1996. – S.20. 6 Mаrkovich D. J. Obshаya sotsiologiya. – M. 1998. - S.13, 35. 7 Lumаn N. Obshestvo kаk sotsiаlnаya sistemа. – M.: Logos, 2004. kishilar va guruhlarning o’zaro munosabatlari, ta’siri va boshqalar kiradi. G.V.Osipov jamiyatda turli holatni egalab turgan jamoalarning vakillari sifatida insonlarning o’zaro munosabati va ta’sirini tavsiflaydigan ijtimoiy aloqalar va munosabatlar yig’indisini sotsiologiya ob’ekti deb hisoblaydi. Bunday mazmunda avval tarkib topgan kishilar va ularning guruhlari ijtimoiy notengligini qayta tiklaydigan yoki o’zgartiradigan kishilarning aloqalari va munosabatlari amalga oshirishi hamda o’zgarishining qonuniyatlari sotsiologiya predmeti deb tan olinadi 8 . J.T.Toshenko fikricha, sotsiologiya ob’ekti sifatida fuqarolik jamiyati yuzaga chiqadi, uning predmeti esa – uning Shakllanishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishining qonuniyatlari 9 . Yana bir rossiyalik olim V.G.Xarcheva sotsiologiya ob’ekti shaxsning munosabatlari tizimi kabi anglab etiladigan ijtimoiy hayot, uning predmeti esa shaxsning ijtimoiy hayot sub’ekti sifatida qayta tiklanishi va evolyutsiyasi qonuniyatlaridan kelib chiqadi 10 . V.G.Xarchevaning tutgan pozitsiyasi amerikalik tadqiqotchilarning sotsiologiya ob’ektini tushunishiga yaqin bo’lib, ular bunday hayot tushunchasiga individlarning odatdagi vaziyatda (jismoniy, psixik) holatlari;shaxslararo munosabatlari va o’zini tutishining butun ko’lamini kiritadi. Bunda «hayot» kategoriyasi - nihoyatda mavhum tushunchadir. Vitalizm ijtimoiy falsafaning yo’nalishi sifatida hayotni alohida, nomoddiy («yaratuvchi kuch») va hokazo omillarning ta’siri ostida yuzaga keladigan holat sifatida talqin etadi. Sotsiologiyada vitalizm oxirgi yarim asr davomida sotsiologiyaning jamiyatning barcha sohalariga va jihatlariga kirib borishi natijasida keng tarqalgan. Bu ta’riflarning kamchiligi «hayot» tushunchasining noaniqligi, hamda uning fiziologiya va biologiya bilan bog’liqligidan iborat. Mashhur amerikalik sotsiolog E.Giddens fikricha, sotsiologiya individlardan boshlab, kishilarnig katta guruhlarigacha ijtimoiy hayot sub’ektlarining ijtimoiy tajribasini, ushbu tajribaning makonda va zamonda tartibga solinganligini o’rganadi. Sotsiologiya ob’ekti va predmetining zamonaviy ta’riflarini bayon etishni yanada davom ettirish xususiyati oshkora ko’riib turibdi. Oldinroq rivojlangan fanlarning vakillari ko’pincha sotsiologlarni o’zi bilmagan narsani o’rganayotganligida ayblaydi. Bu ayblovga javoban nima deyish mumkin? Sotsiologiya - yosh fan, shuning uchun ham uning o’zini bilishga va o’zini tushunishga intilishi yuqori ekanligi tushunarli. Ikkinchidan, sotsiologiya biologiya, kimyo, fizika fanlaridan ancha murakabroq. U Shu fanlardan kishilarda ongning rivojlanishni ob’ektiv va sub’ektiv omillarining o’ziga xos dialektikasi bilan ajralib turadi. Uchinchidan, XXI asrda ijtimoiy jarayonlar jo’ Shqinligining ortishini, barcha davlatlarning ijtimoiy hayotida yangi ijtimoiy holatlarning paydo bo’lishini qayd etish lozim, sotsiologiya ularni inobatga olmasligi mumkin emas. Dolzarb ijtimoiy o’zgarishlarni o’rganish, ularning sabablari va oqibatlarini aniqlash fan ob’ekti va predmeti haqidagi tasavvurlarga tuzatish kiritadi. Bundan tashqari, sotsiologiya ob’ekti va predmeti yuzasidan munozaralar ijobiy natijalar 8 Sotsiologiya. Osnovi obshey teorii: Uchebnoe posobie. //Pod. red. G.V. Osipovа, L.N. Moskvichevа. – M.,1996. - S.80-84. 9 Toshenko J.T. Sotsiologiya: Uchebnoe posobie. – M.,1994. - S.11-15. 10 Xаrchevа V.G. Osnovi sotsiologii: Uchebnik. – M., 1997. - S.8-12. beradi, yangi rivojlanish vektorini belgilaydi. Butun XX asr mobaynida davom etgan munozaralarning asosiy yakuni uchinchi yondashuvning Shaklanishi bo’lgan edi. Bu yondashuv bir tomondan, birinchi ikkitasiga qarshi turadi, boshqa tomondan, ularni jamlab oladi. Shunday qilib, sotsiologiya ob’ekti va predmeti muammosini hal etishning o’ziga xosligi quyidagilardan iborat. Fanning mustaqil soha sifatida ajralishi jarayoni hali yakunlanmagan, shuning uchun har qanday ta’riflashni yakuniy deb bo’lmaydi. Sotsiologiya tuzilmasining murakkabligi bu muammoni bilimning zamonaviy holatini, uning ko’p darajaliligini, nazariy kontseptsiyalarning o’zaro zidligini, empirik tadqiqotlarning o’ziga xosligini inobatga olgan holda hal etishni talab qiladi. Sotsiologiyaning ob’ekti va predmetini ta’riflash fanning zamona-viy tuzilishini butunligicha aks ettirishi lozim. Siyosat sotsiologiyasi, huquq sotsiologiyasi, madaniyat sotsiologiyasi va boshqalar kabi umumlashgan sohalarning rivojlanishi jamiyat hayotining ma’lum sohalarini tadqiq etishda ob’ekti va predmetining o’ziga xosligini ajratib ko’rsatishni talab qiladi. Bu darajada sotsiologik yondashuvning boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan o’ziga xosligi eng aniq namoyon bo’ladi. YUqorida bayon etilganlarni xulosa qilib va sotsiologiyaning eng muhim ta’riflariga tayanib, uning ob’ekti va predmetining ta’rifini berishga urinib ko’ramiz. Sotsiologiya umumiy fan emas, xususiy, fanlararo fandir. U boshqa fanlar tomonidan o’rganilmaydigan o’z ob’ektiga ega. Uning o’ziga xos sohasi - ijtimoiy borliq, uning inson va jamiyatnng o’zaro munosabati va ta’sirining ijtimoiy-madaniy belgilab berilgan holatida. Bu fan ijtimoiy munosabatlarni ham; jamiyat va guruhlarning hayotiy faoliyatini ham o’rganadi, ular ijtimoiy hayotning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy va boshqa sohalarining o’zaro munosabati va ta’siri kabi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlar bu sohalarni qamrab oladi va ularning tizimli bir butunlik Shaklida o’zaro bog’liqligini ta’minlaydi. Ushbu ob’ekt faqat sotsiologiya tomoniidan o’rganiladi, va boshqa hech qanday fanga tegishli bo’lmaydi. Xususiy darajada sotsiologiya o’z sohasini shaxs, guruh, jamiyatning ijtimoiy harakatlarini; ijtimoiy institutlar, ijtimoiy munosabatlar, kishilarning ijtimoiy harakatlarini va ularning fikrlash tarzini tahlil qilish yo’li bilan ajratib oladi. Sotsiologiya, ijtimoiy hayotning eng ahamiyatli jihatlarini ajratib ko’rsatib, boshqa fanlar uchun nazariy-metodologik bazisni yaratadi. U fanlar uchun jamiyatga va insonga, qonunlar va ularning rivojlanishi moyiliklariga umumiy qarash imkoniyatini beradi. Sotsiologiya o’zining spetsifik ob’ektini empirik darajada ham tadqiq etadi. Bizning fikrimizcha, sotsiologiyaning predmeti jamiyatda inson mohiyatining rivojlanayotgan umumiy xususiyatlari amalga oshishining qonunlari hisoblanadi. Agar ob’ekt – fan o’rganadigan jihatlar bo’lsa, predmet – fan buni qanday tarzda va nima uchun qilishidir. Ma’lumki, inson va jamiyat o’z qonunlariga muvofiq rivojlanadi. YUzaga kelayotgan ijtimoiy tuzilmalar nafaqat inson manfaatlariga zid kelishi, balki insonga qarshi yo’naltirilgan xususiyatlarga ega bo’lishi ham mumkin. Inson va jamiyatning o’zaro ta’sirini tadqiq etgan holda, sotsiologiya jamiyatning rivojlanishi va hayotining ushbu darajasida optimal bo’lgan, insonning jismoniy, emotsional-psixologik va ma’naviy salohiyatini maksimal ro’yobga chiqarishga imkon beruvchi ijtimoiy tashkil etish usullarini o’rganadi. Bu vazifani sotsiologiya umumiy bir butunlik darajasida ham, alohidagi sohalari darajasida ham hal etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling