Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
-mavzu. SOTSIOLOGIYANING OB’EKTI VA PREDMETI
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
2-mavzu. SOTSIOLOGIYANING OB’EKTI VA PREDMETI
1. Fanning ob’ekti va predmeti tushunchasi 2. Sotsiologiya klassiklari tomonidan ob’ekti va predmetining ta’riflanishi 3. Sotsiologiyaning ob’ekti va predmeti tushunchalarining XX asrda dinamikasi 4. Sotsiologiyaning ob’ekti va predmetining zamonaviy ta’riflari 1. Har bir fan o’z ob’ekti va predmetiga ega. Fanning ob’ekti va predmetini ta’riflash uning o’ziga xosligini aniqlash, o’rganilayotgan sohaning Chegarasi, muammolari doirasi va o’rganish usullarini qat’iy belgilash deganidir. Zero, fan ob’ekti va predmetini belgilash uning tarixiy rivojlanishi davomida ma’lum bilim doirasining Shakllanishi natijasida, o’zini o’zi anglash harakati sifatida yuz beradi. Sotsiologiya ham bundan mustasno emas. O.Kont asarining nashr etilishidan boshlab, sotsiologiyaning ob’ekti va predmetini ta’riflash borasida munozaralar davom etib kelmoqda. Xususan, g’arbiy Yevropa sotsiologiyasining klassik vakili E.Dyurkgeym fikricha «fan faqat uning mazmuni boshqa fanlar tomonidan o’rganilmaydigan dalillar bo’lgandagina mavjudlikka haqli bo’ladi». Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida tarixi unchalik uzoq emas, shu bois uning ob’ekti va predmetini belgilash muammosi zamonaviy sotsiologiya ravnaqida bahsli fundamental muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Sotsiologiyaning rivojlanishi davomida fanning ob’ekti va predmeti tushunchasi o’zgarib bordi. Sotsiologiya fan sifatida, o’z rivojlanishida yangi ijtimoiy fanning tuzilishi dasturini e’lon qilishdan uning zamonaviy darajasigacha katta yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi paytda u turli tarzda tizimlashtirilgan bilimlar majmuasi, nihoyatda ko’p nazariy kontseptsiyalar va metodologik tamoyillar, amaliy sohalari va sotsiologik tadqiqotlarning etuk rivojlangan amaliyotidan iborat. Rivojlanishining har bir bosqichida sotsiologiya fanning yutuqlarini o’ziga singdirib, uning jamiyatni tushunish va rivojlantirishdagi o’rni va rolini qayta anglab borib, o’z ob’ekti va predmeti tushunchasini aniqlaydi, rivojlantiradi. Fanda differentsiallashuv jarayoni davom etayotgan Sharoitda sotsiologiyaning faoliyat ko’rsatish sohalariga yanada aniqlik kiritish zarurati oshmoqda. Demak, uning ob’ekti va predmetini belgilashda yakuniy xulosaga kelish talab etiladi. Xususan, hozirgi paytda ba’zi tadqiqotchilar sotsiologiyaning predmeti borasida yuzlab ta’riflar qayd etilgan. Sotsiologiya fani tuzilmasining murakkabligi, jumladan, sotsiologik bilimning turli darajalari, nazariy-metodologik tamoyillar, tadqiqot olib borish yo’nalishlari va empirik usullar xilma-xilligi fanning predmetini belgilashdagi asosli Chigalliklarga sabab bo’lmoqda. Fan ob’ekti va predmetini ta’riflash masalasini hal etish sotsiologiya fani va uning tuzilishining boshqa xususiyatlarini ham istisno etmaydi. Bunda, klassik olimlarning asarlariga tayanish, fanning hozirgi holati va uning rivojlanish tendentsiyalari hisobga olinishi lozim. Qolaversa, sotsiolog olimlarning bu boradagi ta’riflarini keltirishdan avval, fan ob’ekti va predmetining umumilmiy tushunchasiga aniqlik kiritish lozim. Chunki ushbu tushunchalar aksariyat holatlarda adashtiriladi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling