Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


 Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo’nalishlar


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

3. Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo’nalishlar
Sotsiologiya faning tarixiy rivojlanishi davomida unda maxsus va tarmoq
yo’nalishlar paydo bo’ldi.
Sotsiologiyada bugungi kunda maxsus yo’nalishlar qatoriga kiruvchi ayrim
nazariyalar sotsiologiya asoschilari tomonidan ishlab chiqilgan bo’lsada, maxsus
yo’nalishlar XX asrning birinchi yarmida neopo’zitivizm asosida shakllandi va
keyinchalik bir qancha nazariy yo’nalishlar tufayli rivojlandi.
Sotsiologiya hodisalarni yaxlit ijtimoiy struktura elementi sifatida qabul
qiladi. Jamiyat taraqqiyotiga taalluqli bo’lgan sotsial institutlar, boshqaruv
Shakllari, sotsial munosabatlar va sotsial harakatlar, guruh xarakteri va tafakkkuri
kabi masalalarni Chuqurroq o’rganish ehtiyoji oqibatida sotsiologiyada maxsus
yo’nalishlar paydo bo’ldi. Ularning qatoriga bugungi kunda institutsional
sotsiologiya, shaxs sotsiologiyasi, sotsial harakat va sotsial munosabatlar
sotsiologiyasi, taraqqiyot sotsiologiyasi, o’zaro harakat sotsiologiyasi, sotsial
struktura sotsiologiyasi.
O’z navbatida yuqoridagi masalalarni o’rganish davomida sotsiologiya
boshqa fanlarning yutuqlariga tayanishi kerak. Misol uchun siyosiy sotsiologiya va
siyosat Shunoslik. 
Maxsus yo’nalishlardan tashqari sotsiologiyada tarmoq yo’nalishlari
mavjud. Tarmoq yo’nalishlarning eng rivojlanganlari qatoriga sanoat
sotsiologiyasi, deviant xulq-atvor sotsiologiyasi va jamoatchilik fikri sotsiologiyasi
kabilar kiradi. Bu yo’nalishlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan.
Tarmoq sotsiologiyasi amaliy tadqiqotlar uchun asos hisoblanadi. Ular
ijtimoiy hayotning turli tomonlarini tadqiq qilish orqali xususiy va maxsus
nazariyalarning rivojiga yordam beradi, fundamental sotsiologiya rivojiga ta’sir
ko’rsatadi. Mazkur yo’nalishlar asosida ayirboshlash nazariyasi, referent guruh
nazariyasi, etakchilik nazariyasi kabilar yaratildi. Tarmoq yo’nalishlarining
Shakllanishi natijasida fundamental sotsiologiya oldiga jamiyatning yaxlit
strukturasida turli xil ijtimoiy tizimchalarning roli va ularning o’zaro harakat
turlari, taraqqiyoti asoslari kabi muammolarni qo’ydi.
Tarmoq sotsiologiyasining maqsadi ijtimoiy strukturadagi moddiylik va
ma’naviylik holati, mehnatning sermahsulligini oshirish tamoyillari, ishlab
chiqarish va oilaviy munosabatlar kabilarning o’zaro faoliyat ko’rsatishi hamda
rivojlanish qonuniyatlarini yaratishdan iborat.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling