3-mavzu: SOTSIOLOGIYA STRUKTURASI
REJA
1.
Sotsiologiya fani strukturasining tarkibiy qismlari
2.
Fundamental va amaliy sotsiologiya. Nazariy va empirik
tadqiqotlar.
3.
Maxsus va tarmoq yo’nalishlar
4.
Makrosotsiologiya, o’rta darajadagi sotsiologiya va
mikrosotsiologiya
1. Sotsiologiya fani boshqa fanlar kabi o’zining struktura
1
siga, ya’ni ichki
tuzilishiga ega. Fanning strukturasi deyilganida, fandagi asosiy elementlarning
o’zaro aloqadorlikda joylashishi, munosabati va tartibi tushuniladi. Fanning
rivojlanganlik darajasi uning strukturasi holatini hamda mukammalligini belgilab
beradi. Fan o’zining umumiy asoslari, kategoriya va tushunchalari, bilishning turli
darajalari va shakllarini ishlab chiqib, ularning o’rtasida qat'iy mantiqiy bog’lanish
va muvofiqlikka erishsa, bir yaxlit sistema
2
sifatida qaror topgan va o’z
strukturasiga ega bo’lgan hisoblanadi.
Sotsiologiya fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan kech yuzaga kelgani
uchun bugungi kunda xali o’zining tugal va mukammal strukturasiga ega emas. U
yosh fan sifatida turli xil rivojlanish yo’nalishlari va ilmiy tizimlarning to’plami
sifatida namoyon bo’lmoqda.
Bugungi kunda sotsiologiyaning fanining o’rganish predmeti va mazkur
predmet asoslangan ilmiy kontseptsiyalar sotsiologik bilimning strukturasini
belgilab bermoqda. Shuning asosida sotsiologiya o’zining bilim darajasiga ko’ra,
nazariy va empirik sotsiologiya; tashkil etuvchi sotsiologik bilim vazifalariga
ko’ra, fundamental va amaliy sotsiologiya; tadqiqot ob’ekti (butun jamiyat yoki
uning ma’lum qismi)ga ko’ra, umumiy va tarmoq sotsiologiyasi
(makrosotsiologiya va mikrosotsiologiya); tuzilish sohasiga ko’ra, mahsus va
tarmoq yo’nalishlar sotsiologiyasiga bo’linadi. Sotsiologiya fanining mazkur
tarkibiy qismlari o’zaro uzviy bog’liqlikda bo’lib, ayrim hollarda bir-birlariga
qo’shilib ketadi, boshqa hollarda esa bir-birlarini inkor qiladi.
Sotsiologiya strukturasida bilim olish darajasiga ko’ra fundamental va
amaliy sotsiologiyaga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |