Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


 Makrosotsiologiya, o’rta darajadagi sotsiologiya va mikrosotsiologiya


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

4. Makrosotsiologiya, o’rta darajadagi sotsiologiya va mikrosotsiologiya
Sotsiologiya fani jamiyat istiqbo’li xususida sotsial utopiyaga asoslangan
nazariyaga suyanmasdan, balki jamiyat taraqqiyotining bugungi ijtimoiy-iqtisodiy
holatini atroflicha o’rganish asosida yaqin kelajakda bu taraqqiyot tarkibi va
mazmunidagi tadrijiy o’zgarishlar manzarasini ilmiy asoslab beradi.
Ogyust Kontning fikricha, sotsiologiya ijtimoiy hayot jarayonlarini uch
bosqichda o’rganadi: aniq-empirik, xususiy(mahsus), umumiy. Shunga muvoffiq


bugungi kunda ham sotsiologiya empirik, mahsus va umumsotsiologik tadqiqot
jarayonlarini o’z ichiga oladi.
·
Umumsotsiologik nazariyalarni bevosita tadqiq etishga mo’ljallangan
yo’nalish - makrosotsiologiya.
·
Maxsus (xususiy) sotsiologik nazariyalar asosiga quriluvchi tadqiqot
yo’nalishi – o’rta darajadagi sotsiologiya.
·
Bevosita empirik sotsiologik tadqiqotlar bilan Shug’ullanuvchi
mikrosotsiologiya.
Makrosotsiologiya 
jamiyatni yaxlit tixzim sifatida tushunishga
ko’maklashuvchi xulq-atvor modellariga e'tibor qaratadi. Mazkur modellar yoki
strukturalar deyilganida, oila, ta’lim va din kabi ijtimoiy institutlarni tushunishimiz
mumkin. Inosn tug’ilishidan boshlab jamiyatdagi mazkur sotsial strukturalarning
tarkibida bo’ladi va sotsial institutlarning ta’sirini sezadi. Makrosotsiologiyaning
asosiy vazifasi jamiyatdagi turli elementlarning o’zaro munosabatlarini va mazkur
munosabatlarning o’zgarish tendensiyalarini tadqiq etishdir. Makrosotsiologik
darajada tadqiqotlarini olib boruvchi olimlar mavjud bo’lgan ikki raqobatdosh
nazariyalar: funksionalizm va konflikt nazariyasidan biriga asoslanib o’z
sotsiologik bilimlarini shakllantiradi. Funksionalizm nazariyasining tarafdorlari
sifatida Gerbert spenser, Emil Dyurkgeym, Talkott Parsons, Robert Mertonni
ko’rsatish mumkin. Konflikt nazariyasi esa Karl Marks, Ralf Darendorf kabi
olimlar tomonidan rivojlantirilgan, qo’llangan.
Sotsiologiya strukturasining tarixiy rivojlanishiga nazar tashlasak,
avvalboshdan makro – va mikrosotsiologiya o’rtasida aniq Chegara bo’lmagan.
P.Lazarfeld mikrosotsiologik tadqiqot deganda, “zamonaviy Sharoitda
shaxsning bevosita hulq-atvorini miqdoriy metodlar va sifatiy protseduralarning
keng qo’llanilishi asosida o’rganuvchi tadqiqotlar
4
”ni tushungan. Makrosotsiologik
tadqiqotlar esa “ Shunday umumiy qonunlarni ochib berishga qaratilganki, ular
ijtimoiy rivojlanishning o’tmish va kelajakdagi trendensiyalarini belgilab beradi
5
”.
R.Merton mikrosotsiologik muammolar sifatida “kichik guruhlarni o’rganish
davomida ochib beriladigan muammolar”ni, makrosotsiologik muammolar
deyilganida esa “sotsial mobillik, formal tashkilotlarning qiyosiy tadqiq etish va
sotsial institularning o’zaro bir-biriga bog’liqligi muammolari”ni ko’rstagan
6
Barcha olimlar uchun bu ikki bilim sohasini bir-biridan ajratuvchi shart
sifatida mikrosotsiologik darajada empirik tadqiqotlarning o’tkazilishi,
makrosotsiologik darajada esa umumiy nazariya sohasiga tegishli tadqiqotlarning
o’tkazilishi namoyon bo’ldi.
Kont tomonidan sotsiologiyaga asos solingan davrdan boshlab XX asrning
20yillariga qadar sotsiologiyada makrosotsiologik tadqiqotlar ustuvor bo’lgan. Bu
davrda yaratilgan barcha sotsiologik bilim umumnazariy bilimlardan iborat
bo’lgan. Mikrosotsiologik yo’nalishning Shakllanishi tahminan XX asrning 30
4
Novikovа S.S. Sotsiologiya: istoriya, osnovi, institutsionаlizаtsiya v Rossii. - M.: Moskovskiy psixologo-sotsiаlniy
institut; Voronej: Izdаtelstvo NPO «MODEK», 2000. - S.22.
5
Novikovа S.S. Sotsiologiya: istoriya, osnovi, institutsionаlizаtsiya v Rossii. - M.: Moskovskiy psixologo-sotsiаlniy
institut; Voronej: Izdаtelstvo NPO «MODEK», 2000. - S.28.
6
Novikovа S.S. Sotsiologiya: istoriya, osnovi, institutsionаlizаtsiya v Rossii. - M.: Moskovskiy psixologo-sotsiаlniy
institut; Voronej: Izdаtelstvo NPO «MODEK», 2000. - S.30.


yillaridan boshlangan. Bu Shartli ravishda mazkur asrning 20-30yillarida AQSHda
boshlangan ijtimoiy jarayonlar bilan bog’liq edi. Iqtisodiy inqiroz, buyuk
depressiya, yirik Shaharlarda gettoning paydo bo’lishi, ko’p sonli sotsial
anomaliyalarning paydo bo’lishi (alkogolizm, tilamchilik, jinoyatchilik) kabilar
mikrosotsiologik tadqiqotlar, ya’ni empirik tadqiqotlarning rivojiga sabab bo’ldi.
Mikrosotsiologiyaning paydo bo’lishidan so’ng sotsiologlarning aksariyati
jamiyatda kuzatilayotgan sotsial muammolarni o’rganish davomida ularni makro
darajadagi bilimlar, ya’ni umumiy nazariyalar nuqtai nazaridan birgalikda
o’rganmay qo’ydi. O’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar asosan mikro darajada
amalga oshirilib, pragmatik yo’nalishda, ya’ni tor doiradagi aniq sotsial
muammoni echishga qaratilgan bo’lgan.
Ammo makrosotsiologiya ham avvalgi shijoati bilan bo’lmasada o’zining
rivojlanishida davom etgan. P.Sorokin va T. Parsonsning ijod namunalari bunga
misol bo’ladi. 
XX asrning 60 yillari so’ngida strukturaviy – funksionalizmning makro va
mikro darajadagi sotsiologik bilimlarni bir yaxlit tizimga birlashtira olmaganligi
ularning qat'iy ravishda bir-biridan ajralishiga olib keldi. Fanda yuzaga kelgan
mazkur holat butun dunyo olimlarining makro- va mikrosotsiologiyaning
integratsiyasi masalasida izlanishlar olib borishga rag’batlantirdi.
R.Mertonning mazkur yo’nalishda olib borgan izlanishlari taxsinga sazovor.
U o’zining ustozlaridan (P.Sorokin, T.Parsons) farqli ravishda Yevropa nazariy
sotsiologiyasining AQSHda tarqalishiga o’z hissasini qo’shgan. Uning fikricha,
Yevropaning nazariy sotsiologiyasi va AQSHning amaliy tadqiqotlari birlashishi
sotsiologiyaning mukammallashuviga olib keladi. U nazariya va amaliyotning
integratsiyasi tarafdori bo’lgan. Shu maqsadda Merton “o’rta daraja nazariyasi”ni
yaratgan. Olimning “o’rta daraja nazariyasi” kundalik hayotdagi sotsial
muammolarni tadqiq etish davomida yuzaga keluvchi kichik ishchi gipotezalar
bilan umumsotsiologik nazariyalar o’rtasidagi oraliq bo’g’inni tashkil etishi kerak
bo’lgan. Shunday qilib, Merton “o’rta darajadagi sotsiologiya”ni yaratdi hamda
makro va mikrosotsiologiyani o’zaro uzviy bog’ladi.
Bugungi kunda mahsus sotsiologik nazariyalar yoki o’rta darajadagi
nazariyalar amaliy tadqiqotlar asosida shakllantirilib, umumsotsiologik
nazariyalarni to’ldirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birgalikda reallik bilan uzviy
bog’liq bo’lgan empirik sotsiologiyani rivojlantirishga o’z hissasini qo’shmoqda.
Mikrosotsiologiya insonlarning kundalik hayotidagi o’zaro sotsial
muloqotlarini (interaksiya, o’zaro munosabatlar) o’rganadi. Mazkur yo’nalish
tarafdorlari sotsial hodisalarning mazmunini mazkur hodisalarga insonlarning
o’zaro munosabatlarga kirishganidan so’ng bergan ma’nolarini o’rganib tushunish
mumkin, deb hisoblashadi. Ularning asosiy e'tibori individlarning xulq-atvori,
qilmishlari va motivlariga qaratilgan. Chunki insonlarning xulq-atvori, motiv va
xatti-harakatlari jamiyatdagi shaxslararo o’zaro harakatga ta’sir ko’rsatib,
jamiyatning barqarorligi va unda kechuvchi o’zgarishlarda o’z aksini topadi.
Sotsiologiyada ayirboshlash nazariyasi (Dj.Xomans), etno-metodologiya
nazariyasi (G.Garfinkel), belgili interaksionizm nazariyasi (G.Blyumer)
namoyondalari mikrosotsiologik tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlashgan.


A.M.Rumyantsev va G.V.Osipov 60-yillar so’ngida sotsiologiya
strukturasini tahlil qilish natijasida sotsilogik bilimlarni umumsotsiologik nazariya;
jamiyat sotsial strukturasi nazariyasi; turli sotsial tizimlar nazariyalari; empirik
darajalarga ajratgan
7
Xulosa qilib aytish mumkinki, XXasr 70yillari oxiri - 80yillar boshlaridan
boshlab butun dunyo olimlari orasida sotsiologiyaning uch darajali strukturasi
kontseptsiyasi (makro, mikro va o’rta darajadagi sotsiologiya) keng tarqaldi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling