Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Mavzu № 6. SOSIOLOGIYANING METODOLOGIYASI
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
Mavzu № 6. SOSIOLOGIYANING METODOLOGIYASI
Reja: 1. Metodologiya tushunchasi 2. Sosiologiya metodologiyasi 3. Tushuntiruvchi, ta'riflovchi metodologiyalar 4. Tushunuvchi sotsiologiya 1. Ma'lumki, fan o‘zining “asbob-uskanlari”siz (shakl, tamoyil, uslub va h.z) sira faoliyat ko‘rsata olmaydi. Fannin taraqqiyot vositasi bo‘lib metod xizmat qiladi. Bilimning metodi, strukturasi va mezoni muammolari bilan esa metodologiya shug‘ullanadi. Amerikalik sosiolog P. Lazerfeldning fikricha sosiologlar insonlar faoliyatini o‘rgansalar, metodologlar esa sosiologning ish ustidagi faoliyatini o‘rganadilar. Metodologiya fanning alohida bir bo‘limi bo‘lib, u bilish jarayonining murakabbligi va turli-tumanligini tadqiq qila borib, bilimning tamoyillari, shakllari va metodlari ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Barcha fanlarda metodologiya masalalari doimo dolzarb vazifa bo‘lib kelgan. Metodologiyaning shakllanish jarayoni empirik tadqiqotlar amaliyoti rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, buning natijasida metodologiya ayrim hollarda tadqiqotlarning empirik vositasi va metodi deb sharxlanadi. Metodologiyani bunday sharxlanishi tor ma'noga ega. Chunki u anfaqat empirk, balki nazariy bilim olish, fanning fundamental tamoyillari va asoslarini ishlab chiqish bilan ham jiddiy shug‘ullanadi. Tadqiqotlarda qo‘llaniladigan metodologiyaning asosiy turlarini tahlil qilib chiqish muhim ahamiyatga ega. Metodologiya turlarga ajratish turli mezonlar asosida amalga oshiriladi. Bularning orasida eng keng tarqalgan mezon bu – tahlil qilish va tadbiq etish mezonidir. Bu mezon asosida fanning umumiy, maxsus va empirik metodologiyasini ajratib olish mumkin bo‘ladi. Umumiy metodologiya fundamental tadqiqotlar negizida shakllanadi. U voqelikni bilishning yalpi tamoyillari va shakllarini ishlab chiqish, nazariy va empirik bilimlar mog‘iyati, umummetodologik muammolarni hal qilish, bilishning turli shakllari va metodlarining ahamiyatini aniqlaga intiladi. Umummetodologik tushunchalar va tamoyillar tadqiqotlarning barcha darajalarida ishlatiladi. Ya'ni, ham yalpi yaxlitlik tahlili darajasida, ham uning alohida sohalarida. Umumiy metodologiya bilan bir qatorda maxsus metodologiya ham mavjud. Bu metodologiya ob'ekt tadqiqotining ma'lum bir sohasiga tadbiq etish uchun ishlab chiqilgan maxsus metodologiya bo‘lib, u sosiologiyada hali to‘liq rivojlanmagan hasiblanadi. Empirik tadqiqotlar ham o‘zlari uchun alohida bir metodologiyaga ega bo‘lishga erishdilar. Fanda metodologiyalarni umumiy, maxsus va empirik darajalarga ajratish ma'lum bir ma'noda shartlidir. Chunki, ko‘pgina xususiy yo‘nalishlar umumiylikka da'vogarlik qilsalar, fundamental tamoyillar esa empirik tadqiqotlarga aylanadilar. 2. Sosiologiya klassiklari bo‘lmish O.Kont, G. Spenser, E. Dyurkgeym va M, Veber ta'limotlarida metodologiya muammolari muhim o‘rin egallaydi. Lekin, sosiologiya fanining muhim bir bo‘limi sifatida uning mutodolgiyasi XX asrning boshida shakllanadi. Sosiologiya metodologiyasi fundamental, maxsus va empirik tadqiqotlar asosida vujudga keldi. Bu metodologiya an'nanviy fanlar va ular metodologiyasi bilan o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bunda falsafaning bilish nazariyasining o‘rni beqiyosdir. Sosiologiya metodologiyasining bosh vazifasi – bu sosial jarayonlar tadqiqot tamoyillari, shakllari va metodlarini ishlab chiqishdir. Sosiologiya rivoji davomida bir qator metodologik yo‘nalishlar vujudga keldi: pozitivizm, psixologizm, empirizm, neopozitivizm, fenomenologiya, struktur funksionalizm va h.z. lar. Ularning har biri o‘z davrida umumqamrovli metodologiya bo‘lishga da'vogarlik qildi. Sosiologiyada umumiy metodologiya sosial voqelik mohiyati, inson mavjudligi va madaniyat muammolari tadqiqoti ta'sirida shakllandi. Hozirgi davrda AQShda yetakchi metodologiya sifatida funksionalizm o‘z o‘rnini saqlab kelmoqda. Sosiologiyadagi jamoatchilik fikri, mehnat munosabatlari, guruh, sosial struktura kabi tarmoq yo‘nalishlari maxsus metodologiya asosida keng tadqiq etilyapti. Shuningdek, rollik yondoshuv, statusli tahlil, akseologik yondoshuv, sosiometriya ham shular jumlasidandir. Sosiometriya asoschisi Dj. Moreno o‘zining ta'limotini umumsosiologik deb ta'kidlagan bo‘lsada, ammo sosiologiya taraqqiyoti davrlarida sosiometriya shaxslararo munosabatni tadqiq qiladigan metod sifatida tan olindi. Empirik tadqiqotlar ham o‘zlari uchun alohida bir metodologiyaga erishdilar. XX asrning birinchi choragida amerikalik olilar: Dodd, Landberg va Lazersfel'd tomonidan ishlab chiqilgan metodologik yondoshuvlar empirik tadqiqotlarning predmeti va tushunchalari muammolarinining yechimini harakati edi. Xulosa qilib aytganda sosiologiya metodologiyasin umumiy, xususiy va empirik xususiyatlarga ajratib ko‘rsatish ma'lum bir ma'noda shartlidir. Chunki, ko‘pgina xususiy yo‘nalishlar umumiylikka da'vogarlik qilsalar, fundamental tamoyillar esa empirik tadqiqotlarga aylanadilar. 3. Tushuntiruvchi metodologiya umumiy qonunlarni yoki bo‘lmasa qonun shakliga ega bo‘lgan ob'ektning hislatlarini belgilaydigan mustahkam aloqa va munosabatlarni o‘rnatilishini nazarda tutadi. Bu metodologiya ijtimoiy jarayonlarni qonuniyati muvofiqligini, sosial guruh va individlarning faoliyatini tan oluvchi yo‘nalish vakillari tomonidan ishalb chiqilgan. Ushbu yo‘nalishlar tomonidan ishlab chiqiladigan metologiyaning umumiy ko‘rinishi bo‘lib ob'ektivizm, ya'ni voqealarni aniqlovchi ma'lum bir omilni ob'ektiv deb ajratish namoyon bo‘ladi. Pozitivistik-naturalistik metodologiya shunday omil sifatida jamiyatning tabiiy asoslarini, psixologik metodologiya psixologik mexanizmlarni, struktur funksionalizm yaxlit sistemaning funksiyalarini ajratib ko‘rsatadi. Tasvirlovchi metodologiya sosiologiyadagi bilishning boshqa asoslaridan kelib chiqadi. Shunday asos deb, u tasvirlashga beriladigan empirik faktlarni hisoblaydi. Bilishning mezoni bo‘lib ishonchli sezgilar, ma'lumotlarning to‘liq qamrovi, qo‘llaniladigan empirik metodlarning xilma-xilligi xizmat qiladi. Ushbu metodologiyaning shakllanish davri G.Spenser faoliyatidan boshlanadi deyilsa mubolag‘a bo‘lmaydi. U o‘zining “Sosiologiya asoslari” asarida ushbu masalani keng va chuqur tahlil qiladi. Tasvirlovchi metodologiyaning asosiy metodlari: klassifikasiyalash, guruhlash, taqqoslash, turlash va sistematashtirishdir. 4. Tushunuvchi sosiologiya asoslarini G. Zimmel, M. Veber va fenomenologik sosiologiya vakillari ishlab chiqishgan. Ular inson faoliyatini o‘rganishda tabiiy fanlar tadqiqotchilari foydalanadigan metodologik tamoyillardan umuman foydalinmaslik zarurligini uqtiradilar. Chunki inson ongli mavjudotdir. Veberning fikricha sosiologiya individlarning anglanaladigan harakatlarini o‘rganadi. Shuning uchun u “tushunuvchi” bo‘lishi lozim. Tadqiqotchining diqqat markazida kuzatilayotgan tashqi faktlar emas, balki sub'ektning ichki motivlari, maqsadi va harakatlarining ma'nosi turishi kerak. Bunday sharoitda sosiologiya madaniyat va insonning ruhi haqidagi haqiqiy fan hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling