Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


 Etnostsiologiya fanining Shakllanishi va rivojlanishi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

2. Etnostsiologiya fanining Shakllanishi va rivojlanishi. Etnosotsiologiya
nisbatan jamiyat hayotining murakkab sferasi – milliy munosabatlarni o’rganadi.
Bu munosabatlar turli xildagi etnik jamoatchilikning hayot faoliyati turli
tomonlarini qamrab oladi. XX asr nafaqat krossmadaniy aloqalar kengayishi va
Yevropa birlashuvi bilan namoyon bo’lishi kuzatiladi, balki ko’p millatli
davlatlarning parchalanishi, tajovuzkor millatchilik va etnik o’zaro uru Shlar bilan
ham tavsiflanadi, bu holatlar ko’p jihatdan Er kurrasida insoniyatning yagona
hamjihatligi haqidagi gumanistik xayoliy manzaraning naqadar muhimligini
tasdiqladi. Hatto postindustrial jamiyatlarda ham etnik omillar nafaqat o’z
ahamiyatini yo’qotishi, balki o’z funktsiyasi arealini kengaytirishi qayd qilinadi.
Bu holatga Amerikalik sotsiolog Neyl smelzer o’z munosabatini bildirar ekan,
quyidagi holatlarni qayd qiladi: “G’arb dunyosi sotsiologiyasida F.Tyonnisdan
tortib bizning davrimizgacha bo’lgan vaqt davomida murakkab tarzda amalga
oshuvchi, ratsional holatda maqsadga yo’naltirilgan tashkillanishlarda azaliy


(primordial)
2
kuchlarning susayishi amalga oshishi haqida noto’g’ri fikrlar
bildirilgan. Hozirgi kunda aynan ushbu azaliy kuchlar yana qaytadan o’zini
namoyon qilishi, hududiy, etnik va til Shunoslik, ijtimoiy harakatlar va bir butun
holatdagi dunyo miqyosida kuzatiluvchi siyosiy kurashlarda aks etishi qayd
qilinadi.”
3
“Etnos” so’ziilk bora qadimgi grek tilidagi manbalarda uchraydi. Taxminan
miloddan avvalgi VI-V asrlarda bu so’z kelib chiqishi grek
bo’lmaganurug’vaqabilalarganisbatanqo’llanilgan.
Aynan
Shu
ma’nodamazkuriborarimmadaniyativalotintilidaishlatilgan.
XVIII asrningoxirlarigaqadar etnos tushunchasini hoyatda chegaralangan
tarzda iste’molda bo’ldi. Faqat XIX asrdan e’tiboran bu termin ilmiy adabiyotlarda
“xalq” (“narod”) ma’nosida keng qo’llanila boshlagan.
«Etnosotsiologiya» atamasi birinchi marta XX asrning 30-yillarida nemis
olimi Rixard Turnvaldning «Kishilik jamiyati va uning etnosotsiologik asoslari»
asarida keltirilgan. Biroq, Turnvaldning o’zi etnosotsiologiya tushunchasining
mazmunini etnologik va sotsiologik bilim sifatida tavsiflagan, bunda uning asosida
ijtimoiylashish institutlari va primitiv jamiyatlarning integratsiyasi, etnoslar va
millatlar birligi funtsionalizmi o’rganilishi amalga oshirilishi bo’yicha ushbu
tushunchaning empirik tavsiflanishini keltiradi. Hozirgi kunga qadar
sotsiologiyaning ushbu yo’nalishi etnosotsiologiya nomi bilan atalib kelinadi.
4
Dastlabki etnosotsiologik tadqiqotlar sifatida Uilyam Tomas va Feliks
Znanetskiyning hamkorligikdagi amalga oshirgan «Pol Shalik dehqon Yevropada
va Amerikada» nomli tadqiqot ishini ko’rsatish mumkin, bu tadqiqot ishi Pol
Shalik emigrantlarning AQSHdagi adaptatsiya masalalariga bag’ishlanadi. Birinchi
etnik guruh bir butun holatda emas, balki qismlar bo’yicha Pol Shalik polyaklar va
Amerikada istiqomat qiluvchi polyaklar ko’rinishida tavsiflanadi. 
Shaxsiy hujjatlarni (xatlar, tarjimai hol, kundaliklar, esdaliklar va boshq.)
tahlil qilish usuli F.Znanetskiy tomonidan bildirilgan fikrga ko’ra,
respondentlarning sub’ektiv bildirgan fikrlarini hisobga olgan holatda ob’ektiv
xulosalarga kelish imkonini beradi. Xolis tarzdagi tadqiqotlarda sotsiologlar
tomonidan Shaxsiy hujjatlar bilan birgalikda va rasmiy hujjatlarga (emigrant
gazetalari va cherkovlarga kelib – ketishlar ro’yxati, sud ishlari) murojaat qilish
bo’yicha ishlar amalga oshirilgan.
5
Mamlakatimizda etnik sotsiologiya yo’nalishining rivojlanishi etnik o’zaro
munosabatlarni o’rganish va etnosotsiologiyaning alohida ilmiy yo’nalish sifatida
qaror topishidagi bu munosabatlarning rolini oydinlashtirish, sotsiologiya, ijtimoiy
psixologiya va etnologiya fanlari «kesishish» nuqtasida bu yo’nalishning
Shakllanishi bilan ifodalanadi. 
XX asrning 90-yillaridan boshlabetnosotsiologik fikrlar o’z rivojlanishida
yangicha impuls olishi kuzatiladi.Ko’p yillardan keyin jamiyatshunoslik
2
Primordinаl – birlаmchi, аzаliy (muаllif tаvsifi bo’yichа)
3
Smelzer N. Sotsiologiya. – M.: Feniks, 1994. 13-b.
4
Mnаtsаkаnyan M.O. Nаtsii i nаtsionаlnqe otnosheniya. Sotsiologiya i psixologiya nаtsionаlnoy jizni. – M.: ЮNITI,
2004. – 10 b.
5
Sikevich Z. V. Sotsiologiyai psixologiya nаtsionаlnix otnosheniy. – SPb., 1999. 10b..


fanlaridagi «turg’unlik» holati kuzatilishdan so’ngra bu sohada yangi vaziyatga
adekvat tarzda javob reaktsiyasi yuzaga kelishi kuzatiladi, mavjud haqiqiy
millatlararo munosabatlarda ob’ektiv manzara qayd qilinadi, millatlararo, hududiy
va global miqyosdagi munosabatlar tahlil qilinishida yangicha tendentsiyalar
kuzatila boshlangan.
Islohotlar yo’liga o’tish orqali bizning jamiyatimiz o’ziga xos yangi
jarayonlar ustida bosh qotira boshlangan. Qisqa muddatlarda jamiyat hayotining
barcha sohalarini tubdan o’zgartira olish kuchiga ega bo’lgan isloxotlarning o’zi
ham millatlararo munosabatlarga ta’sir ko’rsatishi mumkin, bunda ziddiyatli
potentsial yuzaga kelishi, ma’lum bir kuchlarning mavjudligi – ijtimoiy bosim
ostidagi kuch manbalari yuzaga kelishi qayd qilinadi, biroq O’zbekiston
halqlarining etnik yadrosini mustaxkamlash jarayonlari pozitiv tarzda ifodalanib,
milliy o’zlikni anglash, madaniyat va til va boshqa sohalarda barqaror rivojlanish
yo’lga qo’yilishiga erishilgan. 
Hozirgi kundagi O’zbekistonda hukm surayotgan ijtimoiy – siyosiy
vaziyatda etnosotsiologik masalalarning o’rganilishi muhim ahamiyat kasb etadi,
jumladan bunda millatlararo munosabatlarning o’rganilishi alohida o’rin tutadi. Bu
holat O’zbekiston jamiyatida konsolidatsiya jarayonlarining Chuqurlashishi va
uning integratsiya yangi bosqichga ko’tarilishi bilan bog’liq hisoblanadi, masalan
bunda bir butunlikdagi jamoatchilik fikri shakllanishi, umumiy fuqorolik
mentaliteti shakllanishi qayd qilinadi. Biroq, ketma – ketlik sifatida, bosqichli
tarzda amalga oshiriluvchi vazifalarda etnik jamiyatlar haqidagi va ularning bir
butun ijtimoiy struktura ko’rinishida integratsiyasi bo’yicha tegishli bilim
darajasida etishmovchilik mavjudligi kuzatiladi. Milliy o’zlikni anglashning o’ziga
xosligi va aniq Shakllari haqida, uning strukturasi, holati, dinamikasi, uning
rivojlanishini stimullovchi va tormozlovchi omillar haqida to’xtalib o’tamiz. 
Sotsiologlar tomonidan O’zbekistonda istiqomat qiluvchi halqlarning milliy
o’zligini anglash xususiyatini o’rganish, etnik o’zaro munosabatlar Shakllari va
usullari, kommunikatsiyalar, ehtimolligi mavjud bo’lgan etnik ziddiyatlar sabablari
va ularning regulyatsiya qilinishi tamoyillarini o’rganish masalalari etarlicha
darajada dolzarb hisoblanadi. Etnosotsiologiyaning asosiy tarkibini tashkil qiluvchi
ushbu masalalarning o’rganilishi umummilliy, umumdavlat miqyosida
shaxsiyatning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi masalalarini hal qilishning amaliy
talablari Chuqurligi bilan ifodalanadi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling