Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

24-mavzu. ETNOSOTSIOLOGIYA
REJA:
1. Etnik munosabatlar
2. Etnostsiologiya fanining Shakllanishi va rivojlanishi
3. Etnosotsiologiyaning predmeti va ob’ekti
4. Etnos, millat sotsiologiya o’rganish ob’ekti sifatida
5. Millatlararo munosabatlar tushunchasi va uning tasnifi
6. Millatlararo munosabatlarda tolerantlik
Etnik munosabatlar masalasi ko’p millatli mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
hayotida muhim o’rin tutadi. Va shu narsa tushunarliki, birorta tamoyil jihatidan
masala yo’qki, aholining milliy tarkibi hisobga olinmasdan turib hal qilinsa. Etnik
munosabatlar murakkab sotsiologik kategoriya hisoblanib, umumiy holatda
sotsiologik munosabatlarning o’ziga xos spetsifik Shakllaridan biri hisoblanadi.
Ular alohida holatda, boshqa ijtimoiy masalalardan sof holatda mavjud emas, balki
iqtisodiyot, siyosat va ma’naviy hayot bilan birgalikda namoyon bo’ladi.
Zamonaviy O’zbekiston o’zining mustaqil rivojlanish yo’lini tanlar ekan,
bevosita umumjahon tsivilizatsiyasiga tegishli jarayonga qo’shilishi amalga oshdi.
Mamlakatimizda bir vaqtning o’zida ijtimoiy jihatdan mo’ljal olingan bozor
iqtisodiyotiga asoslanilgan demokratik, huquqiy davlat barpo qilindi, bunda
millatlararo o’zaro hamjihatlikni ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo’nalishi Harakatlar strategiyasini asosiy vazifalardan biri: –
“xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, Chuqur
o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat
yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash,
O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini
shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash” deb
belgilangan
1
.
O’zbekistonning ijtimoiy hayotini isloh qilish va yangilash mamlakatimiz
uchun butunlay yangi bo’lgan sotsiologiya yo’nalishini – etnik sotsiologiyaning
Shakllanishiga ta’sir ko’rsatdi. YAngicha ijtimoiy – madaniy vaziyatda yangicha
bilimlar, g’oyalar, o’quv fanlarini shakllantirish, shuningdek adekvat haqiqat
tarzidagi dunyoqarashni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. 
Etnosotsiologiya – bu sotsiologiya fani tarkibida eng yosh va istiqbolli
hisoblangan yo’nalishlardan biri bo’lib, u kelajakka xos bo’lgan dunyoqarashlarni
tuzib chiqishda o’zining sezilarli hissani qo’shishi ta’kidlangan. Bu holat albatta,
o’tmishda etnik masalalar mavjud bo’lmaganligini anglatmaydi. Biroq, oldinlari
ko’pgina olimlarning ishlarida bu yo’nalishda ma’lum bir aniq g’oyaviy qaror
topishlar o’z aksini topgan, shuningdek millatlararo munosabatlarda qandaydir
1
O’zbekistonRespublikаsiPrezidentiningFаrmoni“O’zbekistonRespublikаsiniyanаdаrivojlаntirishbo’yichаhаrаkаtlа
rstrаtegiyasito’ғrisidа. 
(O’zbekistonRespublikаsiqonunhujjаtlаrito’plаmi, 2017 y., 6-son, 70-moddа).
http://www.lex.uz


masalalarning mavjudligini rad etish, jumladan millatlararo ziddiyatlardan ko’z
yumish, shunchaki umumiy holatda sobiq Ittifoq halqlarining o’zaro ahil – inoqligi
haqidagi g’oyaviy manzarani aks ettirishga urinilgan. 1980-yillarning o’rtalariga
kelib boshlangan etnik o’zaro to’qnashuvlar milliy siyosatdagi alohida xatolar va
shuningdek iqtisodiy, demografik sabablarga bog’liq holatda izohlanilgan.
Jamiyat transformatsiyasi jarayonida etnik omillarning rolini mazmun –
mohiyatini ilmiy jihatdan asoslab berish 1980-yillarning oxirlari va 1990-yillarning
boshlarida boshlangan. 
Olimlar – etnologlar, siyosat Shunoslar, sotsiologlar ushbu davrda yuzaga
kelgan muammoli vaziyatlarni izohlashga harakat qilishgan. Ko’p sondagi nazariy,
empirik faktlarga asoslanilgan tadqiqot ishlari yuzaga kelgan, ularning mualliflari
etnosotsiologik masalalarga turli xil jihatdan yondashilishga harakat qilishgan.
Mamlakatda amalga oshirila boshlangan demokratik o’zgarishlar umumiy
holatda sotsiologik fanlarda ham o’z ta’sirini ko’rsatgan va ularning rivojlanishi
qayd qilinadi, ushbu ko’rinishda uning maxsus yo’nalishi – jamoatchilik fikri
yuzaga kelgan. Boshlang’ich davrda bu holat asosan marketing yo’nalishidagi
tadqiqotlarda foydalanilgan, shuningdek alohida olimlar tomonidan aniq va
individual amalga oshiriluvchi dasturlarda qo’llanilgan. 1997 yilda jamoatchilik
fikrini o’rganish «Ijtimoiy fikr» Respublika markazi tashkil qilinganidan keyin
jamoatchilik fikrini o’rganish tizimli xususiyatga ega bo’lishi kuzatildi. 
Ishonchli hisoblangan etnosotsiologik axborotlarning olinishi empirik
tadqiqotlarda alohida muhim o’rin tutadi. O’zbekistonda bu ko’rinishdagi
tadqiqotlar bo’yicha etarlicha tajriba to’plangan. Etnik o’zaro munosabatlar
darajasi va yo’nalishlari empirik tahlil jarayonida dolzarb predmet sifatida qaror
topgan.
Etnosotsiologik tadqiqotlar yo’nalishida O’zbekistonda mavjud bo’lgan
tajriba, hozirgi kunda uning xususiyatlari yuzaga chiqishi, polietnik muhit
Sharoitlarida moslashtirilgan holatdagi uni amalga oshirish usullari, shuningdek
yangi yo’nalishlarni o’rganish jamoatchilik munosabatlarida eng dolzarb
hisoblangan yangi yo’nalishlardan biri hisoblanadi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling