Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intellekt indekslari 1-jadval Intellekt indekslari Kasb
O’simlik va hayvonot dunyosi. Agarda ijtimoiy sotsiologiya tushunchalarini
hayvonot va o’simlik dunyosini talqin etishda qo’llash mumkin bo’lsa, bu erda ham ijtimoiy tabaqalanishning mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Xususan, o’simlik dunyosida ham turli xil “ijtimoiy” sinflar, hukmronlik va tobelik munosabatlari, “iqtisodiy” jihatdan turlicha hayot darajalari (havo, namlik, quyosh nurining miqdori, erning unumdorligi darajasi bo’yicha) mavjud. Bu kabi hodisalar o’simlik dunyosi ham mutloq “tenglar jamoasi” emasligidan darak beradi. Hayvonot dunyosida ijtimoiy tabaqalanish quyidagilarda o’z ifodasini topadi: a) asalarilar, Chumolilar va boshqa xasharotlarda turli xil qat’iy sinflarning mavjudligi; b) sut emizuvchilar to’dasida yo’lboshlovchining mavjudligi; v) ekspluatatsiya, tobelik, hukmronlik va h.k. holatlarning mavjudligi. Demak, hayvonot dunyosida ham tabaqalashuv holati kuzatiladi. Demak, sorokinnig bu fikrlaridan Shuni anglash mumkinki tabaqalashuv har qanday jamiyatda mavjud bo’lib, bu kishilar hayoti uchun albatta zarar keltirmaydi. P.Sorokin fikriga ko’ra, jismoniy mehnat vakillari aqliy mehnat egalaridan ko’ra mehnat haqi kam to’lanadigan, oz imtiyozlarga va zaif ta’sirga ega bo’lgan guruhdir. Bu holat jismoniy mehnat bilan Shug’ullanuvchilarning intellektual kasblarga intilishida namoyon bo’ladi. Aqliy va jismoniy kasblarning bu umumiy ierarxiyasi professor F.Toussig klassifikatsiyasida aks etgan (1-jadval). Intellekt indekslari 1-jadval Intellekt indekslari Kasb 0 dan 4.29 gacha YOllanma ishchilar, kundalik mamashg’ulotlar, dehqonlar mehnati va h.k 5.41 dan 6.93 gacha Haydovchi, sartarosh, tarqatuvchi va h.k. 7.05 dan 10.83 gacha Keng miqyosdagi ta’mirlovchi, oshpaz, fermer, posbon, quruvchi, kulol va h.k. 10.86 dan 16.28 gacha Detektiv, transport kompaniya xodimi, prorab, muxbir, o’rta maktab o’qituvchisi, muhandis, artist, arxitektor va h.k. 16.58 dan 17.50 gacha Ulgurji savdogar, ta’lim tizimi ma’muri, shifokor, jurnalist, nashriyotchi va h.k. 17.81 dan 17.50 Universitet professori, buyuk musiqachi, rasmiy insonlar, mashhur tadqiqotchi va h.k. Jadvaldagi ma’lumotga ko’ra qo’l mehnati, intellekt (zakovat) ning past darajasi hamda ijtimoiy uyu Shtirish va nazorat vazifalaridan begonalashuv kabi uch ko’rsatkichlar parallel va bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Boshqa tomondan, bunday holat aqliy mehnatga asoslangan kasblar orasida ham uchraydi. Har bir kasbiy guruh a’zolari uch qatlamga ajratiladi. Ularning dastlabkisi o’z faoliyatida iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan hamda xodimlarni nazorat etadigan tadbirkorlardir. Direktorlar, menedjerlar, bosh muhandislar, korporatsiya direktorlari kengashi a’zolari va h.k. ikkinchi qatlam, ya’ni oliy kategoriya xizmatchilarini tashkil etadi. Ular bo’ysunadi, o’z xizmatini sotadi, tashkil etish va nazorat qilishda etakchi rol o’ynaydi, aqliy mehnat bilan Shug’ullanadi. So’nggi qatlam o’zining faoliyatida mustaqil bo’lmagan, jismoniy mehnat bilan Shug’ullanadigan, oliy kategoriya xizmatchilaridan kamroq mehnat haqi oladigan yollanma ishchilardir. Hozirgi kunda har qanday demokratik jamiyat ham tabaqalashgandir, deb ta’kidlaydi sorokin. Umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng barcha sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati rivojlandi. Jamiyatda mulkdorlar sinfi shakllandi. Bu jamiyat hayotida o’rta qatlamni shakllantirishga bo’lgan harakatni bildiradi. Jamiyat tarkibida o’rta qatlamning ko’p salmoqli bo’lishi jamiyatni rivojlanishida asos bo’lib xizmat qiladi. Sotsial sotsial stratifikatsiya nazariyasini asoslagan va tadbiq etgan P.A.Sorokinning ushbu nazariyalari barcha jamiyatlar uchun ahamiyatlidir. Jamiyatimiz hayotining barcha jabhalaridagi stratifikatsion qatlamlarni aniqlash va ilmiy o’rganish jamiyatimiz rivojlanishida o’ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling