Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

3. Iqtisodiy holat. Stratifikatsiyaning iqtisodiy darajasi boylik va daromad
bilan belgilanadi. Boylik deganda odamlar egalik qiluvchi moddiy ne’matlar
tushuniladi. Daromad soddalashtirilgan ko’rinishda, odamlar oluvchi pullar
miqdori sifatida tavsiflanadi. Masalan, inson ulkan boylikka ega bo’lishi va undan
oz miqdorda daromad olishi mumkin; bunday odamlar qatoriga noyob tangalar,
qimmatbaho toshlar, san’at asarlarini kollektsiya qiluvchilar va boshqa shunga
o’xshash odamlar kiradi. Boshqa bir odam katta maosh olishi, hashamatli hayot
kechirishi, lekin boy bo’lmasligi mumkin. 
Nufuz (prestij). Darajasi muayyan sotsial maqom bilan mos keluvchi
jamiyatdagi obro’, e’tibor, hurmat bilan o’lchanadi. Nufuz – qo’l bilan u Shlab
bo’lmaydigan, faqat nazarda tutiladigan hodisa sanaladi. Ammo, kundalik hayotda
inson odatda nufuzga salmoqli tus berishga harakat qiladi – unvonlar beradi,
hurmat-e’tibor rasm-rusumlariga rioya qiladi, faxriy darajalar beradi, o’zining
«yashashni bilishi» ni namoyish etadi. Bu harakatlar va ob’ektlar sotsial muhimlik
darajasini aks ettiruvchi nufuz belgilari rolini bajaradi. 
Odamlarning bir-biri bilan o’zaro aloqalari tarkibiga ularning bir-biriga
ko’rsatishi va bir-biridan olishi lozim bo’lgan hurmat-e’tibor darajasiga doir


muzokaralar kiradi. Hatto oddiy so’zlashuvga ham, agar so’zlarimizga e’tibor
beriladigan bo’lsa, biz bu gaplarga diqqat bilan quloq solishimiz haqidagi muayyan
pinhona ahdlashuv xos. Biz o’zimizdan yuqori darajadagi odamga turli usullar
bilan hurmat-e’tibor ko’rsatamiz. Masalan, tanishuv taomilida ramziy harakatlar –
ta’zimlar, komplimentlar qo’llaniladi. O’zini olib qochish taomilida ayni shu
maqsadga obro’li shaxslarga nisbatan «tegishli masofa» ni saqlash orqali erishiladi.
Obro’ qozonish va uni saqlab qolish uchun boylik va hokimiyatga ega
bo’lishning o’zi kifoya qilmaydi. Ular umume’tiboriga havola etilishi lozim, zero
obro’ faqat aniq faktlar asosida qozonilishi mumkin. Hozirgi vaqtda aksariyat
odamlarning nufuzi, qoida tariqasida, ularning daromadi, kasb-kori va turmush
tarzi bilan belgilanadi. Ayni vaqtda insonning Shaxsiyati va kirishimliligi ham juda
muhim. Garchi ko’pchilik hali-hanuz pul hamma narsadan muhim deb hisoblasa-
da, lekin insonning turmush tarzi va u ilgari suradigan qadriyatlar hozirgi vaqtda
uning nufuzini belgilashda ayniqsa muhim rol o’ynaydi. Zamonaviy jamiyatlarda
ayrim kasblar yuqori nufuzga, ayrimlari, o’rtacha, yana boshqalari esa pastroq
nufuzga (prestijga) ega bo’lishadi. Masalan, bizning jamiyatda eng obro’li kasblar
sifatida huquq Shunos, shifokor, iqtisodchi, psixologlar, pastroq nufuzga ega
bo’lgan kasb-hunarlar sifatida esa farrosh, ko’cha tozalovchi, mardikor, yollanma
ishchilar nazarda tutiladi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling