Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

Hokimiyat. Aynan qaysi odamlar yoki ularning guruhlari o’z mayllari va
mo’ljallarini ijtimoiy hayot voqeligiga aylantira olishlari mumkinligini belgilaydi.
Hokimiyat bu ayrim Shaxslar va sotsial guruhlarning o’z hukmini boshqalarga
o’tkazish va mavjud resurslarni maqsadga erishish uchun safarbar qilish
qobiliyatini namoyon etadi. 
Hokimiyat asoslarini tashkil etuvchi resurslarning uch toifasi farqlanadi. 
1. Majburlash – mazkur resurslarga ega bo’lgan tomonga muayyan
vaziyatga yangi Cheklashlarni joriy etish imkonini beruvchi resurslar. 
2. Rag’batlantiruvchi motivlar bir tomonga vaziyatga yangi ustunliklar
berish uchun imkoniyat yaratuvchi resurslar
3. Ishontirish kuchi bir tomonga boshqa odamlarning ko’z qarashlarini
muayyan vaziyatga kamchiliklar yoki ustunliklarni kiritmasdan o’zgartirish
imkonini beruvchi manbalar.
Shunday qilib, muhim resurslarni o’zlashtirish-odamlar ustidan
hukmronlikni qo’lga kiritish demak. Eng muhim resurslarni nazorat qilish - o’zini,
yoki o’z guruhini odamlar bilan ularga o’z biologik, psixologik va ijtimoiy
ehtiyojlarini qondirish imkonini beruvchi vositalar o’rtasiga qo’yish demakdir. 
Ma’lumotlik (ta’lim) darajasi. YUqori sanab o’tilgan me’zonlardan
tashkari hozirgi kunda sotsiologlar ma’lumotlik darajasiga qarab ham kishilarni
muayyan qatlamlarga ajratishadi. Bunday me’zon sifatida kishilarning ta’lim
darajasi-ma’lumotliligi olinadi. Agar kishilarni ma’lumotlik (ta’lim) darajasi bilan
qatlamlarga ajratadigan bo’lsak, ular oliy, o’rta maxsus, o’rta, va to’liqsiz o’rta
ma’lumotlarga bo’linadi. O’z navbatida esa intelligentsiya (ziyoli) ning o’zlari ham
fan doktori, fan nomzodi, magistr, bakalavr singari tarkiblarga ega bo’ladi. 
4. Ijtimoiy tizim elementlari orasida muhimligi va o’zgaruvchanlik jihatidan
stratifikatsiya va uning darajalari alohida ajralib turadi. Ushbu tizimlar orasida


sotsiologlar darajalar bo’yicha ochiq va yopiq tizimlarni ajratib ko’rsatadilar.
Ochiq tizimlarda ierarxiyadarajalari orasidagi farq ancha o’zgaruvchan va unga
kishilarninng erishgan statuslari faol ta’sir ko’rsata oladi. Ochiq tizimlarda sotsial
harakatchanlik yuqoriroq saviyada bo’ladi. Sotsial harakatchanlik esa kishilar yoki
sotsial guruhlarning stratifikatsiya tizimidagi bir darajadan boshqa darajaga qarab
harakatlanishidir. Bu harakat bqori yoki pastga qarab yo’naltirilgan bo’lishi
mumkin. Turli avlodlarga taalluqli bo’lgan mazkur harakatlar bosqichma-bosqich
sodir bo’lishi mumkin. 
2
Bir mutafakkirning “Kambag’allik hayot imkoniyatlarini toraytiradi va
berkitadi” degan tezisni ilgari surdi. Haqiqatan, kambag’allikning jabrdiydalari
imkoniyatlarni arteskerozini his qiladilar. Iqtisodiy ishonchsilik nafaqat yoqimsiz
holat, balki u yana kishining aqliy va jismoniy salomatligiga zarar etkazadi.
Bizning imkoniyatlarimiz taalluqli bo’lgan sinflarga ham bevosita bog’liqdir.
Bundan tashqari kishilar orasidagi yoshdagi farq ham bu masalada muhim
ahamiyat kasb etadi. YOsh bolalarda kattalarga qaraganda hokimiyat va ma’suliyat
kamroqdir. Boylikka va hokimiyatga ega bo’lmagan kattalar ierarxiyada
o’rtamiyona joyni egallaydilar. Jamiyatlagi huddi shunday differentsatsiya holatini
ayollar va erkaklar o’rtasidagi farqda ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Ayollar
aksariyat hollarda erkaklarga tobe sifatida qabul qilinadilar. Jamiyatning bosqichli
davrlarida kishilar diniy, etnik va kasbiy mansubliklari tufayli notenglik holatiga
aloqalor bo’ladilar.
3
Sotsiallik – sinfiy strukturaning gorizontal talqini bilan birga savodlilik,
kasbiy malakalilik darajasiga ko’ra vertikal talqin ham qilish mumkin. Masalan,
ishchilar orasida past, o’rta va yuqori malakalilarini ajratib olsak. Ularning nisbati
tahminan 25:50:25 nisbatga bo’linadi. Tadqiqotlar Shuni ko’rsatadiki, ishchilarni
uch guruhga bo’lishning o’zi etarli.
Intelligentsiyaning vertikal talqin etish esa ancha murakkab kechadi.
An’anaga ko’ra ularga maxsus tayyorgarlik talab qiluvchi aqliy mehnat bilan
Shug’ullanuvchilar kiradi. Sotsiologiyada bu guruhni intelligentsiya va
xizmatchilarga ajratib o’rganadilar. Ziyolilar, ishchilar, oliy va o’rtam ma’lumotli
odatda aqliy, ijodiy mehnat bilan Shug’ullanuvchi, kasbiy band odamlar kiradi.
Ishchi mutaxassislarga ilmiy ma’lumot talab qilinmaydigan, biroq ilmiy ma’lumoti
borligi ham zarar qilmaydigan militsioner, kotiba, hisobchi va hokazolar kiradi.
Oliy o’quv yurtida o’qib uni tamomlaganlarning hammasini ham ziyoli deb
bo’lmaydi. Ishchilarning 10% ini oliy va o’rta ma’lumotlilar tashkil qiladi. Bunday
holatda mexnat xarakteri nazarda tutiladi. Sotsiologiyada ishchi – ziyoli
tushunchasini kiritish orqali muammoni hal qilishga urinishdi. Unga malakali,
maxsus kasbiy tayyorgarlik va savod talab qilinadigan ishlarda mehnat qiluvchi
ishchilar guruhi nazarda tutiladi. Masalan, tajriba sinov ishchilari, uchuvchi,
murakkab uskunalar operatori, ularda ishlashni o’rgatuvchi operatorlar va hk.
Aytish mumkinki, jamiyatning taraqqiy etishi bilan uning sotsial strukturasi
murakkablashadi, hamda alohida shaxslar turli sotsial guruh va sinflar Chegarasida
qolishadi.
2
Diana Kendall. Sociology in Our Times: The Essentials,Tenth Edition. R.201
3
Diana Kendall. Sociology in Our Times: The Essentials,Tenth Edition. R.201



Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling