Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

Sotsial maqom – bu individning ijtimoiy ierarxiyada egallagan, muayyan
huquqlar, majburiyatlar va yashash uslublarini keltirib chiqaradigan nisbiy
darajasidir. Maqom individlarga va ular tug’ilganda individning fazilatlaridan
qat’iy nazar, shuningdek jins, yosh, oilaviy o’zaro aloqalar, kelib chiqish
belgilariga ko’ra berilishi yoki raqobat kurashi jarayonida qo’lga kiritilishi
mumkin. So’nggi zikr etilgan holat alohida shaxsiy fazilatlarni va insonning o’z
kuch-g’ayratini talab qiladi. Bunday guruhlarning sotsial sinflardan farqi shundaki,
ular iqtisodiy holatning o’zigagina emas, balki hurmat-e’tibor va nufuzga ham
asoslanadi. Muayyan maqom guruhi a’zolari asosan o’z guruhi doirasida bir-biri
bilan o’zaro aloqa qiladi va yuqori yoki past maqomli odamlar bilan kamroq
darajada o’zaro aloqalarga kirishadi. 
Sotsial stratifikatsiyani amalda kasb etadigan Shakl- Shamoyillardan qat’i
nazar, uning mavjudligi universaldir. Sotsial stratifikatsiyaning to’rt asosiy tizimi
mavjud: qullik, kastalar, klanlarvasinflardan tashkil topadi. 
5. Qullik bu stratifikatsiyaning eng favqulotdagi shakli bo’lib, u
kishilarni boshqalar tomonidan iqtisodiy jinsiy ekspluatatsiya qilinishiga
asoslanadi. Bu yopiq tizimdir, Chunki unda kishilarni qul ko’rinishidagi o’z
mulklari sifatida ko’rishgan. 
Qullik amerika jamiyatida tarixiy omadsizlik emas. Bu mamlakatda qullik
asosan uchta sohada keng rivojlangan edi: qishloq ho’jaligida, ichki qullik va jinsiy
qullik. Yigirma birinchi asrnining dastlabki yigirma yillida norasmiy qullik Shu
darajada kuchayib ketdiki, AQSH Prezidenti bu holatni bartarf qilish uchun har yili
mamlakatga murojaat qiladi. 
4
Qullik sabablari.Bir odamning boshqa odamlarga egalik qilishi qullikning
ajralmas belgisi hisoblanadi. Qullar qadimgi rimliklarda ham, qadimgi
afrikaliklarda ham bo’lgan. Qadimgi Gretsiyada qullar jismoniy mehnat bilan
Shug’ullangan va buning natijasida erkin fuqarolar siyosatda va san’atda o’z
qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo’lgan. Qullik ko’chmanchi
xalqlarga, ayniqsa ovchilar va termachilarga kamroq darajada xos bo’lgan. 
Odatda qullikning uch sababi ko’rsatiladi:
1. Qarz majburiyatining mavjudligi. Bunda o’z qarzlarini to’lashga qurbi
etmagan odam qarz beruvchining quliga aylangan. 
2. Qonunlarni buzish. Bunda qotil yoki talonchini qatl etish uni qulga
aylantirish bilan almashtirilgan, ya’ni aybdor jabrlangan oilaga etkazilgan zarar
yoki musibat evaziga tovon haqi sifatida top Shirilgan.
3. Uru Sh, talonchilik hujumlari, bo’sundirish. Bunda odamlarning bir
guruhi boshqa odamlar ustidan g’alaba qozongan va g’oliblar asirlarning bir
qismidan qul sifatida foydalangan. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling