Ma’lumki, bugun O’zbekistonda migratsiya geometrik
progressiya asosida
rivojlanmoqda. Mazkur muammoni ilmiy jihatdan keng qamrovli tadqiq etish katta
mablag’ va vaqt talab etadi.
Shu sababli, muammoni o’rganish uchun
sotsiologiyada keng qo’llaniladigan «biografik metod»dan foydalanish maqsadga
muvofiq. Mazkur usul asosida XX asrning 30
yillarida Amerikadagi polyak
muhojirlari hayoti va faoliyatini o’rgangan olim F.Znanetskiy
muhojirlar
tomonidan yozilgan xat, kundalik daftar, memuarlani o’rganib chiqqan. Migratsiya
jarayonida ishtirok etayotgan har bir o’zbekistonlikning yaqin qarindosh-urug’lari
bor. Demak, ularda bir-biriga yozgan xat (bu elektron xat ham bo’lishi mumkin),
kundalik daftar, rasmiy hujjat va foto ko’rgazmalari bo’lishi tabiiy.
Ularni
o’rganish natijasida migrantning ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli, emotsional-ruhiy holati
haqida muayyayan tasavvurlar Shakllanadi.
Aholining barqaror rivojlanishida, tug’ilish jarayonlarining u yoki bu darajada
tartibga solinishida davlat siyosati hamda mavjud milliy an’analar
va diniy
qadriyatlar katta ta’sir kuchiga ega. Tabiat qonuniyatidan kelib chiqadigan bo’lsak,
yangi insonning dunyoga kelishida jins omili ulkan ahamiyat kasb etadi.
Migratsion jarayonlarda ilk vaqtlarda erkak jinsiga mansub bo’lganlar faol
qatnashgan bo’lsalar, keyinchalik ayollarning ham faolligi keskin oshib bormoqda.
Bu esa, mamlakatning demografik istiqbolini belgilashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
-rasm. Migratsion jarayonlarida ayollar faolligi