Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Sotsial dinamika» tushunchasini ham sotsiologiya fani nomini kashf qilgan Frantsuz mutaffakiri Ogyust Kont ishlab chiqqan
Oltinchidan,
O’zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish, uning qudratli mamlakatlar safiga tezroq kirib boorish imkonini beradigan yetarli salohiyatga ega. Ettinchidan, o’tgan yillar davomida ma’lum qadriyatlarga ega bo’lgan kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanganligini ham e’tiborga olish kerak. «Sotsial dinamika» tushunchasini ham sotsiologiya fani nomini kashf qilgan Frantsuz mutaffakiri Ogyust Kont ishlab chiqqan. To’g’ri, hamma sotsiologiya tizimlarda «sotsial dinamika» atamasini bevosita qo’llaniladi deb aytish qiyin. Shunday bo’lsada, Kont ta’riflagan bu sotsiologik yondashuv turli xil ijtimoiy tadqiqotlarda nazariy yo’llanma sifatida ishtirok etmoqda. Jumladan, rus- amerika sotsiologi P.Sorokin o’z sotsiologik tizimidagi sotsial genetika yoki genetik sotsiologiya O.Kontning sotsial dinamikasiga mos kelishini qayd qilgan edi. Ko’p sotsial dinamika nima? O.Kont sotsiologiyasida sotsial dinamika jamiyat hodisalarini o’rganishdagi muayyan yovdashuvni bildiradi. Aslida, dinamika mexanikaning jismlar harakatini va harakat bilan uni yuzaga keltiruvchi kuch o’rtasidagi bog’lanishlarni o’rganadigan bo’limidir. Umumiy ma’noda dinamika harakat holatini, narsa- hodisalarning o’sish, o’zgarish, rivojlanish jarayonini anglatadi. Sotsiologiyani fiziologiyaning bevosita davomi yoki «sotsial fizika» deb hisoblagan Kont ijtimoiy voqelikni tabiiy qonunlarini topishga harakat qilgan edi. Ana shu vazifani amalga oshirish uchun ijtimoiy voqelik ikki yo’nalishda — sotsial statika yo’nalishida va sotsial dinamika yo’nalishida ko’rilishi lo’zim. Sotsial statika ijtimoiy elementlarning o’zaro muvozanatini, mavjudlik qonunlarini o’rganadi. Ijtimoiy elementlarining o’zaro uyg’unligini, ularning o’zaro muvozanatlashgan tarzda mavjudligini jamiyatni yaxlit butunlik deb qarashga imkon beradi. Shuning uchun ham jamiyat alohida o’ziga xos tizim bo’lib, bunda eng muhimi elementlarning o’zaroaloqasidir. Sotsial statika har qanday jamiyat barqarorlik, muvozanat holatini, asosiy tartibotni o’rgansa, sotsial dinamika jamiyatdagi o’zgarish, rivojlanishning izchilligi, birin-ketinligini ochib beradi. Shunday qilib, sotsial dinamika jamiyatning o’zgarish va rivojlanish holatlarini, ijtimoiy o’zgarishlarning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) omillarini ifodalovchi sotsiologik kategoriya deb qaralishi mumkin. Jamiyatni tashkil etuvchi sotsial guruhlar, individlar, tabaqalar, qatlamlarning xarakatlarini sotsial dinamikaning sotsial mobillik (lotincha mobilis-xarakatchan, o’zgaruvchan) va sotsial o’zgarishlar deb ataladigan ko’rinishlarni ifodalaydi. Sotsial mobillik tushunchasini sotsiologik tadqiqotlar doirasiga P.Sorokin kiritgan edi. Sotsial mobillik kishilarning muayyan ijtimoiy guruh va tabaqalardan boshqalariga o’tishlarini (sotsial o’zgarishlar), shuningdek, ayni bir sotsial tabaqa doirasida mashg’ulotlarning almashtirishini anglatadi. Sotsial mobillik tushunchasi guruhlar va bir butun jamiyatlar «ochiqligi» yoki «yopiqligi»ni tavsiflash uchun ishlatiladi. Intergeneratsion (avlodlar orasidagi) va integeneratsion (avlod ichidagi) sotsial mobillik ajratiladi. Sotsial holatning otadan o’g’liga (kamdan-kam hollarda onadan qiziga) o’tishi generatsion sotsial mobillikka, sotsial ko’tarilish yoki sotsial pasayish bilan bog’liq, individual belgilar esa intrageneratsion sotsial mobilikka misol bo’ladi. O’zgarishlar yo’nalishiga qarab vertikal (ko’tarilish va pasayish) va gorizontal sotsial mobillik farqlanadi. Sotsial mobillikning empirik ko’rsatkichi bo’lib o’zgaruvchanlik- mobillik barqarorlik-stabillik indeksi xizmat qiladi. Bu indeks tek Shiralayotgan guruhdagi mobil va stabil Shaxslar nisbatidan olinadi. Bundan tashqari, mobil (o’zgaruvchan) Shaxslarning jinsi, ma’lumot darajasi, «aqli rasolik koeffitsienti», millati, irqi, turar joyi, sog’-salomatligiga qarab ham sotsial mobil Shaxslarning miqdoriy ko’rsatkichlari o’rtasidagi korellyatsiya (mos keluvchi) koeffitsientlar hisoblanishi mumkin. Sotsial mobillikni o’lchashda turli xil imkoniyatlarning mavjudligi miqdoriy analiz qo’llanishidan kelib chiqadi. Sotsial mobillik darajasini aniqlash yordamida u yoki bu jamiyatni «an`anaviy», «zamonaviy», «industrial», «postindustrial» va hakozolarga bo’lish mumkin. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling