Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


YAngi davr ma’rifatchilari (Volter, Kondorse, Tyurgo, Gerder)ning


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

YAngi davr ma’rifatchilari (Volter, Kondorse, Tyurgo, Gerder)ning
sotsial taraqqiyot haqidagi g’oyalari bilan tanish bo’lgan. Sen-Simonning
Shogirdi. O.Kont sotsial rivojlanishni «sotsial dinamika» nuqtai nazardan
tushuntirishga harakat qilgan. Uningcha sotsial dinamika insoniyat jamiyati
rivojlanishini ketma-ketligi, bosqichma-bosqichligini qonunlarini o’rganish bilan
Shug’ullanadi. Kontning «Po’zitiv falsafa kursi» (1830—1842) kitobida
ko’rsatilishicha, «uch bosqich qonuni» mavjud bo’lib, unga ko’ra insoniyat
o’zining ilgarilanma xarakatida uch bosqichni: toelogik, metafizik va po’zitiv
bosqichlarni o’tadi. Bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tish xos evolyutsiya
bo’lib, unda jamiyatning rivojlanishi ifodalanadi. O.Kontga ohangdosh bo’lgan
evolyutsiya haqidagi g’oyalar G.Spenserda ham bor. Evolyutsiya, spenser fikricha,
tajribaning eng umumiy elementi bo’lib, tabiatning ham, jamiyatning ham barcha
hodisalari tushuntirish imkoniyatini beradi. Uning «Sotsiologiya asoslari» deb
nomlangan kitobining asosiy biologik va ijtimoiy organizm o’rtasidagi
o’xshashlikdir. Lekin bu o’xshashlik mutloq emas. Sotsial taraqqiyotning muhim
mezoni, G.Spenser fikricha, shaxsni butunlay o’ziga bo’ysundirib olgan
jamiyatdan, ijtimoiy organizm, uni tashkil o’ziga buysundirib olgan
jamiyatdan, ijtimoiy organizm, uni tashkil etuvchi individlarga «xizmat»
qiluvchi holatga o’tishdir. Jamiyat taraqqiyotining quyi bosqichiga (garchi, uni
hali to’la o’tib bo’lgan deb aytish bo’lmasada) birinchisi, ya’ni majburiy
hamkorlikka asoslangan «harbiylashgan jamiyat», yuqori bosqichiga esa —
ikkinchisi, ya’ni ixtiyoriy hamkorlikka asoslangan «sanoatlashgan jamiyat» mos
keladi.
Frantsuz sotsiologi Emil Dyurkgeymda sotsial taraqqiyot haqidagi
g’oyasi mehnat taqsimotiga bog’lab tushuntiriladi. Ijtimoiy rivojlanish,
uningcha mexanik birdamlikka asoslangan jamiyatda mehnat taqsimotiga
asoslangan organik birdamlik, hamkorlik jamiyatiga o’tishdir. Dyurkgeym sotsial
taraqqiyotni ta’minlovchi omil deb mehnat taqsimoti deb qaraydi. Mehnat
taqsimoti segmentar jamiyatning bardam topishiga va organik birdamlikka
asoslangan jamiyatga o’tilishiga imkon beradi. YAgona evolyutsiya zanjirining
dastlabki xalqasi bo’lgan mexanik birdamlikka asoslangan jamiyatda sotsial
struktura bir xil segmentlar sifatida bo’ladi. Segmentlar (qismlar — A.X.) iqtisodiy
nuqtai nazardan deyarli mustaqil, avtonomdir; ularning ijtimoiy tashkilotlarida


qarindoshlik ustun bo’ladi. Ularda ijtimoiy mehnat taqsimoti uchun ham extiyoj,
va imkoniyat mavjuddir. Mexanik birdamlik rivojlanmagan, primitiv jamiyatlarga
xosdir. Birdamlikning bu ko’rinishi individni jamiyat bilan «hech qanday
vositachiliksiz» bog’laydi. Mexanik birdamlik — birdamlikning «jamoaviy» tipi
bo’lib, uni tashkil etuvchi individlar bir birlariga o’xshash, ular bajaradigan
ijtimoiy vazifalar ham bir xil, ularning Shaxsiy xususiyatlari rivojlanmagan
bo’ladi. Bunday jamiyatda individ o’ziga o’zi ega emas, u «jamiyatga tegishli
narsadir», Dyurkgeym bo’yicha, bu jamiyat individning ongi jamoa ongining
oddiy mahsulidir, zotan, umumiy, jamoaviy ong bo’lishi mexanik birdamlik
bo’lgan jamiyatning asosiy belgisidir.
Jamiyat asta-sekin o’zgara boradi. Loqal segmentlar Chegarasi buzila
boshlaydi, Chunki, turli xil ijtimoiy aloqalar vujudga kela boshlaydi. Aloqa yo’llari
va vositalari rivojlanadi, aholi tobora ko’payadi, shaharlar o’sa boshlaydi, aholi
moddiy va ma’naviy zichligi oshadi va mehnat taqsimoti keng tarqala boshlaydi.
Kishilarning ongi tobora tabaqalashayotgan mehnat taqsimotiga va
murakkablashayotgan ijtimoiy tashkilotga mos kela boshlaydi. har bir individ tirik
organizmni eslatadi va shuning uchun ham unda vujudga keladigan birdamlikni
yangi ko’rinishini Dyurkgeym organik birdamlik deb atagan edi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling