Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
xollarda sinonim sifatida ishlatiladi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Sotial evolyutsiya» va «Sotsial revolyutsiya»
- Jamiyat rivojlanishining asosiy, normal yo’li esa — reforma, islohatdir.
- Menejment (inglizcha-management)
xollarda sinonim sifatida ishlatiladi. O’quv va ilmiy ish manfaatlari bu
tushunchalarni aniqlashtirishni, ularning o’z o’rnida ishlatilishini talab etadi. Sobiq, sho’ro jamiyatshunosligi aqidalariga muvofiq sotsial rivojlanish sifati o’zgarishlar(revolyutsiya) va miqdoriy o’zgarishlar (evolyutsiyaning) dialektik birligi harakatlantiruvchi kuchlari ijtimoiy ziddiyat, sinflar kurashib bo’lgan jarayondir. Sotsial taraqqiyot (progress)esa ijtimoiy – iqtisodiy formatsiyalarning qonuniy, tabiiy-tarixiy tarzda almashinishi deb ta’riflangan edi. Sotsial rivojlanish tabiatga nisbatan nisbiy mustaqillikka olingan jamiyatning umumiy yo’nalishidagi xarakatini ifodolovchi tushuncha deb olinishi mumkin. «Sotial evolyutsiya» va «Sotsial revolyutsiya» sotsial rivojlanishning Shakllari sifatida qaralishi mumkin. Albatta,bunda islohot(reforma) o’zgarishlarini yo’lidagi inqilob (revolyutsiya) o’zgarishlari yo’lidagi, ularga bo’ysunadigan rivojlanish Shakli deb qarash mumkin emas. Tabiatda ham, jamiyatda ham miqdoriy o’zgarishlar bilan aloqada bo’lmagan sifatiy o’zgarishlar, (bizning misolimizda inqiloblar), bo’lishi mumkin emas. Sakrashlar, inqiloblar emas, balki evolyutsiya sotsial rivojlanishning Shakli bo’lishi mumkin. Bu sotsial evolyutsiyaning sur’ati tashqi va ichki sharoitlar, jamiyatdagi ob’ektiv va sub’ektiv jarayonlar nisbatiga ko’ra tez yoki sekin bo’lishi mumkin. Ijtimoiy rivojlanishda inqiloblar mavjud, lekin, ular ijtimoiy to’ntarish emas, «tez sur’atdagi evolyutsiya», deb qaralishi mumkin. Jamiyat rivojlanishining asosiy, normal yo’li esa — reforma, islohatdir. Jamiyat va uning qismlari, har bir elementi va hodisalaridagi o’zgarish va rivojlanish ob`ektiv va sub`ekti tomonlarni o’ziga oladigan qonuniyatli jarayondir. Ijtimoiy hayotning har bir sohasida — iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ma’naviy sohalarida o’zlarining ob’ektiv jarayoni deyilganda, kishilar ijtimoiy faoliyat ko’rsatayotgan, ularning hohish, irodalaridan tashqarida bo’lgan Sharoit va munosabatlar tushuniladi. Ijtimoiy rivojlanishning sub’ektiv jarayoni deyilganda odamlarning mafkuraviy, ahloqiy, siyosiy va emotsial-ruxiy sabablar bilan harakatga keladigan faoliyatlarni ifodalovchi tushuncha anglanadi. Ijtimoiy rivojlanish sub’ektlarningmaqsadga muvofiq faoliyati orqali ro’y beradi. Anglangan ehtiyojlar — manfaatlar bu faoliyatni xarakatlantiruvchi kuchlardir. Ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlarni qondirilishi uchun sotsial jarayonlar boshqarilishi talab etiladi. Umumiy ma’noda boshqarish takomillashgan (biologik, texnik, sotial) tizimlarning faoliyati ta’minlash uchun, ularning dastur va maqsadlarini amalga oshirishga xizmatqiladigan funktsiyadir (vazifadir). Sotsial boshqarish esa jamiyat muayyan tizimining tartiblanishi saqlanishi, mukammallashuvi va rivojlanishini ta’minlaydi. Sotsial boshqarish jarayonining asosiy bosqichlari quyidagilardan iboratdir: axborotni yig’ish va uni qayta ishlash; uni analiz etish; taqsimlash; maqsadga erishishga qaratilgan qarorning ishlab chiqilishi; rejalashtirish, dasturlashtirish; loyihalashtirish ko’rinishda umumiy qarorni bajarish uchun faoliyatni tashkil etadi; bu faoliyatni nazorat etish, kadrlarni tanlash va joy – joyiga qo’yish bilan birgalikda; faoliyat natijalari haqidagi axborotni to’plash va qayta ishlash. Sotsial boshqarish ijtimoiy jarayonlarni bashorat qil Shi, oldindan ko’ra bilishga asoslanadi. Shuni e’tiborga olish kerakki, bashorat kategoriyasi ikki ma’noda aniqlashadi: oldindan aytib berish (deskriptiv, ya’ni tavsiflash manosida) va oldindan ko’rsatma berish (preskriptiv, undov, amr, buyruq. Ma’nosida). «Oldindan aytib berish» kelajak to’g’risidagi axborotni olish, kelajak muammolarining mumkin bo’lgan yoki kutilayotgan, hohlayotgan istiqbo’llari, holatlari, echimlarining tavsifidir. «Oldindan ko’rsatib berish» I.S. Bestujev-Lada iborasi) — o’ Sha muammolarni echish, kelajak haqidagi axborotdan foydalanish, axborotni shaxs va jamiyatning maqsadiga muvofiq faoliyatiga aylantirishdir. Zotan, sotsial boshqarishning asosiy vazifasi kishilar sub’ektiv faoliyatining ob’ektiv qonuniyatlar talablariga muvofiq kelishiga erishish, bu qonuniyatlardan samarali foydalanishdir. Sotsial boshqarish bu ma’noda ham nazariy, ham amaliy faoliyatni o’z ichiga oladi. XX asr bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan boshqarish xususiyatidagi faoliyat menejment paydo bo’ldi. Menejment (inglizcha-management) — bir necha ma’noni bildiradi. Birinchidan, menejment ishbilarmonlik faoliyatiga, turmush tarzi va siyosat sohasiga ta’sir ko’rsatuvchi sotsial va iqtisodiy institut deb tushuniladi. Ikkinchidan, menejment xususiy va ijtimoiy bazis sohasida boshqarish mehnati bilan Shug’ullanuvchi shaxslar majmuini bildiradi. Uchinchidan, menejment, ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqarishning texnikaviy tashkiliy, huquqiy, ruxiy va sotsial jihatlarni o’rganadigan fandir. Oxirgi ma’noda u industrial sotsiologiya va boshqarish sotsiologiyasi bilan mos keladi. Ma’lumki, industrial sotsiologiya va boshqarish sotsiologiyasi boshqarish tizimini, shaxslararo munosabatlar tizimi va mexanizmini, mehnat faoliyatini rag’batlantirish va motivatsiyasini, tashkiliy faoliyatini o’rganadi. Menejmentning maqsadi — har qanday ijtimoiy tuzumga mos keladigan bosharishning umumiy tamoyillarini shakllantirish va ularni amalda qo’llashdir. Bularga boshqarishning maqsad va vazifalarini aniqlash, ularni bajarish uchun aniq tadbirlarni ishlab chiqish, vazifalarni bajarishdagi ketma-ketlikni belgilash, ishni taqsimlash, tashkilot ichidagi turli bo’linmalar o’zaro xarajatini mutanosiblash, rasmiy ierarxal (yuqori- past) strukturani optimlashtirish (ixchamlashtirish, qulaylashtirish), shuningdek rahbarlikning samarali uslubini, sotsial mas’uliyatni aniqlash kiradi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling