Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


-mavzu. ZAMONAVIY SOTSIOLOGIYA VA UNING TARAQQIYOT


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

30-mavzu. ZAMONAVIY SOTSIOLOGIYA VA UNING TARAQQIYOT
ISTIQBOLLARI
Frantsuz sotsiologi Emil Dyurkgeymda sotsial taraqqiyot haqidagi
g’oyasi mehnat taqsimotiga bog’lab tushuntiriladi. Ijtimoiy rivojlanish,
uningcha mexanik birdamlikka asoslangan jamiyatda mehnat taqsimotiga
asoslangan organik birdamlik, hamkorlik jamiyatiga o’tishdir. Dyurkgeym sotsial
taraqqiyotni ta’minlovchi omil deb mehnat taqsimoti deb qaraydi. Mehnat
taqsimoti segmentar jamiyatning bardam topishiga va organik birdamlikka
asoslangan jamiyatga o’tilishiga imkon beradi. Yagona evolyutsiya zanjirining
dastlabki xalqasi bo’lgan mexanik birdamlikka asoslangan jamiyatda sotsial
struktura bir xil segmentlar sifatida bo’ladi. Segmentlar (qismlar — A.X.) iqtisodiy
nuqtai nazardan deyarli mustaqil, avtonomdir; ularning ijtimoiy tashkilotlarida
qarindoshlik ustun bo’ladi. Ularda ijtimoiy mehnat taqsimoti uchun ham extiyoj,
va imkoniyat mavjuddir. Mexanik birdamlik rivojlanmagan, primitiv jamiyatlarga
xosdir. Birdamlikning bu ko’rinishi individni jamiyat bilan «hech qanday
vositachiliksiz» bog’laydi. Mexanik birdamlik — birdamlikning «jamoaviy» tipi
bo’lib, uni tashkil etuvchi individlar bir birlariga o’xshash, ular bajaradigan
ijtimoiy vazifalar ham bir xil, ularning Shaxsiy xususiyatlari rivojlanmagan
bo’ladi. Bunday jamiyatda individ o’ziga o’zi ega emas, u «jamiyatga tegishli
narsadir», Dyurkgeym bo’yicha, bu jamiyat individning ongi jamoa ongining
oddiy mahsulidir, zotan, umumiy, jamoaviy ong bo’lishi mexanik birdamlik
bo’lgan jamiyatning asosiy belgisidir.
Jamiyat asta-sekin o’zgara boradi. Lokal segmentlar chegarasi buzila
boshlaydi, chunki, turli xil ijtimoiy aloqalar vujudga kela boshlaydi. Aloqa yo’llari
va vositalari rivojlanadi, aholi tobora ko’payadi, shaharlar o’sa boshlaydi, aholi
moddiy va ma’naviy zichligi oshadi va mehnat taqsimoti keng tarqala boshlaydi.
Kishilarning ongi tobora tabaqalashayotgan mehnat taqsimotiga va
murakkablashayotgan ijtimoiy tashkilotga mos kela boshlaydi. har bir individ tirik
organizmni eslatadi va shuning uchun ham unda vujudga keladigan birdamlikni
yangi ko’rinishini Dyurkgeym organik birdamlik deb atagan edi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling