Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Sotsial rejalashtirish, loyihalashtirish va prognozlashtirish sotsial
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
Sotsial rejalashtirish, loyihalashtirish va prognozlashtirish sotsial
boshqarishning Shakllari sifatida qaralishi mumkin. Sotsial rejalashtirish — sotsial boshqarn Shning dastlabki bosqichlariga xosdir. Rejalashtirish — o’ziga xos sotsial boshqarish bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy jarayonlar maqsadini, uning ustivor tomonlarini, ularga erishishning vosita va maqsadlarini aniqlash, rejalarni ishlab chiqish va ularni bajaruvchilarga etkazish, rejalar bajarilishi ustidan nazoratni o’z ichiga oladi. Odatda, direktiv va indikativ rivojlantirini farqlashadi. Direktiv rejalashtirish yuqori organlar tasdiqlagan ko’rsatkichlar majburiy bajarilishini taqozo etadi. Indikativ rejalashtirishda reja ko’rsatkichlari yo‘naltiruvchi, axborot tarzida bo’ladi. Sobiq sotsialistik mamlakatlar rejalashtirishni mutloqlashtirganlari uchun, u jamiyat rivojlanishi yo’lidagi to’siqqa aylangan edi. Bozor iqtisodi amal qilayotgan ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda indikativ rejalashtirish keng qo’llaniladi. Ayniqsa, Fransiya, YAponiya, Janubiy Koreyada rejalashtirish yaxshi samara bermoqda. 1962 yildan beri «rejali» rivojlanayotgan Janubiy Koreya jahonda etakchi o’rinlardan biriga chiqdi. Ho’zirgi vaqtda bu mamlakatda 1990—1994 yillarda fanda eng ko’p qo’llanilayotgan sohalarni rivojlantirish bo’yicha reja qabul qilingan va bajarilmoqda. Sotsial boshqarishni yana bir Shakli sotsial loyihalashtirish tushunchasi hali mavjud bo’lmagan, lekin yaratilishi lo’zim bo’lgan, shuningdek, tubdan o’zgarish lo’zim bo’lgan ob’ektlarga nisbatan qo’llaniladi. Sotsial loyihalashtirishni sotsial rejalashtirishning ko’rinishi deb ham aytish mumkin. U ijtimoiy munosabatlar, sotsial jarayonlar va aholi yashash Sharoitlarni yaxshilash vositasidir. Sotsial rejalashtirish mavjud bo’lmagan yoki tubdan o’zgarish lo’zim bo’lgan ob`ektlarga nisbatan «rivojlanish» iborasini qo’llash qiyin. Ular yaratilgandan so’nggina rivojlanishi mumkin. Sotsial loyihalashtirish sotsial rivojlantirishni emas, balki yangi ob’ektlarning dastlabki sotsial holatini loyihalashtirishdir. Undan tashqari, agar sotsial rejalashtirishda sotsial jarayonlarning hamma boshlang’ich sifatiy va miqdoriy ko’rsatkichlarni aniq ko’rsatilgan ob’ekt bilan ish ko’rilsa, sotsial loyihada esa bu boshlang’ich tavsiflar mavjud bo’lib turgan sotsial institutdagidek bo’lmaydi. Sotsial boshqarish shakllari orasida sotsial prognozlashtirish alohida o’rin tutadi. Inson va jamiyat faoliyatining bevositagina emas, balki ancha keyin ro’y beradigan natijalarni ko’ra bilish va shunga yarasha sotsial rivojlanishni boshqarish zaruriyati sotsial prognozlashtirishni keltirib chiqardi. Turli xil mezonlar — maqsadi, vazifalari, vaqti, usuli, prognozni tashkil etishi va hokazolarga asoslanib har xil prognozlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Vaqt mezoniga ko’ra quyidagi prognozlarni qayd qilsa bo’ladi: —joriy prognozlar - soatlar, kunlar, hafta va oylar; —qisqa muddatli prognozlar- 1-5 yil oralig’ida; —O’rta muddatli prognozlar - 5-10 yil oralig’ida; —Uzoq, muddatli prognozlar - odatda, keyingi ikki-uch o’n yilliknio’z ichiga oladi; —O’ta uzoq, muddatli prognozlar — uzoq muddatlidan keyingi davr; Sotsial prognozlashtirish usullari g’oyat ko’p.Ularning eng asosiylari quyidagilardir: ekstrapolyatsiya tarixiy analogiya, kompyuterda modellashtirish, kelajak senariysi, ekspert baholar. Ekstrapolyatsiya ho’zirgi ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini kelajakka ko’chirish demakdir. Mazmuni va bajaradigan vazifasiga ko’ra prognozlarning quyidagi to’rtta asosiy turini ko’rsatish mumkin: 1. Qidiruv prognozlari. Bu prognozlar «rivojlanish qaysi yo’nalishda ketmoqda ho’zirgi tendensiyalar saqlanib qolganda nima ro’y beradi?» degan savolga javob beradi; 2. Normativ prognozlar. Bunda oldindan aniqlangan normalar, maqsadlar,ideallar asosida ijtimoiy xodisalarning kerakli holatiga erishish prognoz qilinadi, buning uchun maxsus takliflar — rekomendatsiyalar tavsiya etiladi; 3. Analitik prognozlar. Kelajakni tadqiqot etish metodlarning ilmiy — bilish ahamiyatini aniqlash amalga oshiriladi. 4. Prognoz ogohlantirishlar. Taxmin qilinayotgan noxush kelajakni oldini olish, odamlar ongiga ta’sir etish uchun ishlab chiqiladi. Prognozlashtirishning usullari va turlari o’rtasidagi tafovut qo’llanish ob’ektiga qarab nisbiy bo’lishi mumkin bo’lgan kamchiliklar bir vaqtning o’zida boshqalari qo’llanilishi bilan bartaraf qilinishi mumkin. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling