Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li 4 ta asosiy


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li 4 ta asosiy
negizga asoslanmoqda. Bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin nomoyon qilishi;
- vatanparvarlik
3
.
Davlat ramzlari – bayroq, tamg’a, madhiya O’zbekiston xalqlarining shon-
sharafi, g’ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi. Mana
shu ramzlarni e`zozlash – o’zining qadr-qimmatini, o’z mamlakatiga va shaxsan
o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlash demakdir. 
Islohotlar strategiyasini amalga oshirishda biz uchun quyidagilar
uzluksiz ustuvor yo’nalishlar hisoblanadi:
- ta’lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish;
- aqliy va ma’naviy salohiyatni mustahkamlash;
- aholini ijtimoiy himoya qilish.
Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o’tish, birinchi
navbatda, kadrlar potentsialiga, ularning kasb jihatdan tayyorgarligiga bog’liq
bo’ladi.
Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar – o’z yo’liga, – degan edi
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov. – Ularni hal etish
mumkin, xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma’naviy
islohotlar – qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qaddini baland tutish,
ota-bobo’larimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’lish – bundan
og’irroq va bundan Sharafliroq vazifa yo’q bu dunyoda! Shu
boisdan«hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan
islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy
tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an`nalarimizning saqlanishi va
madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan bog’liqdir»
4
.
2
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: «O‘zbekiston», 2009, 10-bet.
3
Karimov I.A. O‘zbekiston: milliyistiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1. – T.: «O‘zbekiston», 1996, 76-bet.
4
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. – T.: «O‘zbekiston», 1999, 381-bet.


O’tgan mustaqillikning 22 yili davomida «O’zbek modeli» o’zini oqladi. Bu
modelga milliy manfaatlar nuqtai nazaridan qaralib, «Shok terapiyasi» usullaridan
tamomila farq qiladi. O’tish davrida davlat bosh islohotchi sifatida mas`uliyatni
o’z zimmasiga oldi. Natijada O’zbekiston moliyaviy - iqtisodiy, byudjet, bank–
kredit tizimi, iqtisodiyotning real sektori korxona va tarmoqlarning uzluksiz
ishlashi ta’min etildi. Davlatning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 13,3 foizini
tashkil etdi. Chet el investitsiyalari hajmi 2,5 barobardan ko’proq oshdi.
O’zbekiston jahon bozoriga eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar,
paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o’g’itlar va boshqa mahsulotlar
chiqarmoqda. 2008 yil yakunlari bo’yicha respublika YAIM hajmi 9 foizga, sanoat
mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 12,7 foizga, qishloq xo’jalik mahsuloti etishtirish
hajmi 4,5 foizga, qurilish ishlari hajmi 8,3 foizga, transportda yuk va yo’lovchi
tashish hajmi 10,2 foizga, savdo sohasi 7,2 foizga, xizmatlar hajmi 21,3 foizga
oshdi
5
.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga
baqishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi Vazirlar
Mahkamasining bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga qo’yilgan asosiy
masala – bu O’zbekistonning 2012-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
yakunlarini muhokama etish va 2013-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo’nalishlarini tasdiqlab olishdan iborat.
O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, avvalambor Shuni
ta’kidlashimiz kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan
jiddiy muammolarga qaramasdan, 2012-yilda O’zbekiston o’z iqtisodiyotini
barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini
izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini
mustahkamladi.
Bu davrda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,2 foizga o’sdi, sanoat
ishlab chiqarish hajmi 7,7 foizga, qishloq xo’jaligi 7 foizga, chakana savdo
aylanmasi hajmi 13,9 foizga oshdi. Eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6
foizga o’sdi, Buning natijasida xomashyo bo’lmagan tayyor tovarlarning ulushi
70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. 2013-yilning 1-yanvar holatiga ko’ra,
O’zbekistonning jami tashqi qarzlari miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan
16,0 foizdan oshmagani, bu ko’rsatkich esa xalqaro mezonlar bo’yicha “
o’rtachadan ham kam” darajada baholangani buni isbotlab bermoqda.
(O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling