Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


rivojlanish», «sotsial bosqich», «sotsial taraqqiyot» tushunchalari ko’p


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

rivojlanish», «sotsial bosqich», «sotsial taraqqiyot» tushunchalari ko’p
xollarda sinonim sifatida ishlatiladi. O’quv va ilmiy ish manfaatlari bu
tushunchalarni aniqlashtirishni, ularning o’z o’rnida ishlatilishini talab etadi.
Sobiq, sho’ro jamiyatshunosligi aqidalariga muvofiq sotsial rivojlanish sifati
o’zgarishlar(revolyutsiya) va miqdoriy o’zgarishlar (evolyutsiyaning) dialektik
birligi harakatlantiruvchi kuchlari ijtimoiy ziddiyat, sinflar kurashib bo’lgan
jarayondir. Sotsial taraqqiyot (progress)esa ijtimoiy – iqtisodiy formatsiyalarning
qonuniy, tabiiy-tarixiy tarzda almashinishi deb ta’riflangan edi. Sotsial rivojlanish
tabiatga nisbatan nisbiy mustaqillikka olingan jamiyatning umumiy yo’nalishidagi
xarakatini ifodolovchi tushuncha deb olinishi mumkin. «Sotial evolyutsiya» va
«Sotsial revolyutsiya» sotsial rivojlanishning Shakllari sifatida qaralishi mumkin.
Albatta,bunda islohot(reforma) o’zgarishlarini yo’lidagi inqilob (revolyutsiya)
o’zgarishlari yo’lidagi, ularga bo’ysunadigan rivojlanish Shakli deb qarash
mumkin emas. Tabiatda ham, jamiyatda ham miqdoriy o’zgarishlar bilan aloqada
bo’lmagan sifatiy o’zgarishlar, (bizning misolimizda inqiloblar), bo’lishi mumkin
emas. Sakrashlar, inqiloblar emas, balki evolyutsiya sotsial rivojlanishning Shakli
bo’lishi mumkin. Bu sotsial evolyutsiyaning sur’ati tashqi va ichki sharoitlar,
jamiyatdagi ob’ektiv va sub’ektiv jarayonlar nisbatiga ko’ra tez yoki sekin bo’lishi
mumkin. Ijtimoiy rivojlanishda inqiloblar mavjud, lekin, ular ijtimoiy to’ntarish
emas, «tez sur’atdagi evolyutsiya», deb qaralishi mumkin. Jamiyat
rivojlanishining asosiy, normal yo’li esa — reforma, islohatdir.
Jamiyat va uning qismlari, har bir elementi va hodisalaridagi o’zgarish va
rivojlanish ob`ektiv va sub`ekti tomonlarni o’ziga oladigan qonuniyatli jarayondir.
Ijtimoiy hayotning har bir sohasida — iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ma’naviy
sohalarida o’zlarining ob’ektiv jarayoni deyilganda, kishilar ijtimoiy faoliyat
ko’rsatayotgan, ularning hohish, irodalaridan tashqarida bo’lgan sharoit va
munosabatlar tushuniladi. Ijtimoiy rivojlanishning sub’ektiv jarayoni deyilganda
odamlarning mafkuraviy, ahloqiy, siyosiy va emotsial-ruxiy sabablar bilan
harakatga keladigan faoliyatlarni ifodalovchi tushuncha anglanadi.
Ijtimoiy rivojlanish sub’ektlarningmaqsadga muvofiq faoliyati orqali ro’y
beradi. Anglangan ehtiyojlar — manfaatlar bu faoliyatni xarakatlantiruvchi
kuchlardir. Ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlarni qondirilishi uchun sotsial jarayonlar
boshqarilishi talab etiladi. Umumiy ma’noda boshqarish takomillashgan (biologik,
texnik, sotial) tizimlarning faoliyati ta’minlash uchun, ularning dastur va


maqsadlarini amalga oshirishga xizmatqiladigan funktsiyadir (vazifadir). Sotsial
boshqarish esa jamiyat muayyan tizimining tartiblanishi saqlanishi,
mukammallashuvi va rivojlanishini ta’minlaydi. Sotsial boshqarish jarayonining
asosiy bosqichlari quyidagilardan iboratdir: axborotni yig’ish va uni qayta ishlash;
uni analiz etish; taqsimlash; maqsadga erishishga qaratilgan qarorning ishlab
chiqilishi; rejalashtirish, dasturlashtirish; loyihalashtirish ko’rinishda umumiy
qarorni bajarish uchun faoliyatni tashkil etadi; bu faoliyatni nazorat etish, kadrlarni
tanlash va joy – joyiga qo’yish bilan birgalikda; faoliyat natijalari haqidagi
axborotni to’plash va qayta ishlash.
Sotsial boshqarish ijtimoiy jarayonlarni bashorat qil Shi, oldindan ko’ra
bilishga asoslanadi. Shuni e’tiborga olish kerakki, bashorat kategoriyasi ikki
ma’noda aniqlashadi: oldindan aytib berish (deskriptiv, ya’ni tavsiflash manosida)
va oldindan ko’rsatma berish (preskriptiv, undov, amr, buyruq. Ma’nosida).
«Oldindan aytib berish» kelajak to’g’risidagi axborotni olish, kelajak
muammolarining mumkin bo’lgan yoki kutilayotgan, hohlayotgan istiqbo’llari,
holatlari, echimlarining tavsifidir. «Oldindan ko’rsatib berish» I.S. Bestujev-Lada
iborasi) — o’ Sha muammolarni echish, kelajak haqidagi axborotdan foydalanish,
axborotni shaxs va jamiyatning maqsadiga muvofiq faoliyatiga aylantirishdir.
Zotan, sotsial boshqarishning asosiy vazifasi kishilar sub’ektiv faoliyatining
ob’ektiv qonuniyatlar talablariga muvofiq kelishiga erishish, bu qonuniyatlardan
samarali foydalanishdir. Sotsial boshqarish bu ma’noda ham nazariy, ham amaliy
faoliyatni o’z ichiga oladi.
XX asr bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan boshqarish xususiyatidagi faoliyat
menejment paydo bo’ldi. Menejment (inglizcha-management) — bir necha
ma’noni bildiradi. Birinchidan, menejment ishbilarmonlik faoliyatiga, turmush
tarzi va siyosat sohasiga ta’sir ko’rsatuvchi sotsial va iqtisodiy institut deb
tushuniladi. Ikkinchidan, menejment xususiy va ijtimoiy bazis sohasida
boshqarish mehnati bilan Shug’ullanuvchi shaxslar majmuini bildiradi.
Uchinchidan, menejment, ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqarishning texnikaviy
tashkiliy, huquqiy, ruxiy va sotsial jihatlarni o’rganadigan fandir. Oxirgi ma’noda
u industrial sotsiologiya va boshqarish sotsiologiyasi bilan mos keladi. Ma’lumki,
industrial sotsiologiya va boshqarish sotsiologiyasi boshqarish tizimini, shaxslararo
munosabatlar tizimi va mexanizmini, mehnat faoliyatini rag’batlantirish va
motivatsiyasini, tashkiliy faoliyatini o’rganadi. Menejmentning maqsadi — har
qanday ijtimoiy tuzumga mos keladigan bosharishning umumiy tamoyillarini
shakllantirish va ularni amalda qo’llashdir. Bularga boshqarishning maqsad va
vazifalarini aniqlash, ularni bajarish uchun aniq tadbirlarni ishlab chiqish,
vazifalarni bajarishdagi ketma-ketlikni belgilash, ishni taqsimlash, tashkilot
ichidagi turli bo’linmalar o’zaro xarajatini mutanosiblash, rasmiy ierarxal (yuqori-
past) strukturani optimlashtirish (ixchamlashtirish, qulaylashtirish), shuningdek
rahbarlikning samarali uslubini, sotsial mas’uliyatni aniqlash kiradi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling