Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


O’zbekistonning ho’zirgi sotsial taraqqiyoti va o’sish holati


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

3.O’zbekistonning ho’zirgi sotsial taraqqiyoti va o’sish holati
Istiqlolimizning mashaqqatli, fidokorona mehnati bilan 20 yili ortda qoldi.
Bu yillar boy imkoniyatlarga ega bo’lgan, respublika va uning aholisini tang
holatdan, moddiy va ma’naviy inqirozdan chiqarish, milliy davlatimiz
poydevorini qurish, iqtisodiyotimizni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish
yillari bo’ldi.
O’zbekistonni jahonga nomoyon qilish, axborot va iqtisodiy jihatdan
chetlashtirish hollariga barham berish, jahon hamjamiyatining boshqa
mamlakatlari qatorida teng bo’lib olish sari intilish yillari bo’ldi.
Hayotning, jamiyatning asosiy tamoyillarini va davlatning siyosiy-ijtimoiy,
iqtisodiy tuzilmalarini hal qiluvchi, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan,
erkin demokratik kelajakni aniq belgilab bargan asosiy qonun, Konstitutsiya
qabul qilindi.
O’zbekiston tanlab olgan yo’l – respublika va uning xalqining
manfaatlariga nihoyatda mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir.
Chuqur o’zgarishlar bizning hayotimizga shiddat bilan kirib bormoqda.
Sodir bo’layotgan tub siljishlar dunyoning haqqoniy qiyofasini o’zgartirib
yubormoqda.
Mustaqillik biz uchun eng ulug’, eng aziz qadriyat bo’lib, milliy o’zligimiz,
or-nomusimiz, g’urur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu – intilishlarimiz, yutuq va
marralarimizning hayotbaxsh manbai sifatida shu muqaddas zaminda
yashayotgan barcha vatandoshlarimiz qalbidan tobora mustahkam o’rin
egallamoqda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti ta’kidlab
o’tilgandek, «mustaqillik biz uchun – o’zligimizni anglash, yurt tinchligi va
barqarorligining, inson manfaati, erkinligi va farovonligining garovidir» degan
ezgu g’oyani o’zida mujassam etgan.
1
Tarixan bu qisqa 22 yillik davr – yosh
davlatimiz uchun siyosiy sohada, davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiy va
ma’naviyat, ijtimoiy hayot, sud-huquq tizimi, tashqi siyosat va xavfsizlikni
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 19 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n 
sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori.//«Xalq so‘zi ». 2009 yil 20 iyun.


ta’minlash borasida har tomonlama rivojlanish va yuksalish, jahon
hamjamiyatidan munosib o’rin egallash davri bo’ldi, deyish mumkin.
O’zbekistonning davlat mustaqilligini amalda namoyon qiladigan va
ro’yobga chiqaradigan tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish jarayoni davom
etmoqda. Bank tizimi qayta tashkil qilinmoqda. Mustaqil milliy aviakompaniya,
axborot agentligi, kinokompaniya va boshqa umumdavlat xizmatlari ishlab
turibdi.
O’zbek xalqining mustaqillikka bo’lgan intilishini jahon hamjamiyati,
xalqaro jamoatchilik qo’llab-quvvatladi. Dunyodagi 180 dan ortiq mamlakat
O’zbekistonning Davlat mustaqilligini tan oldi. 130 ga yaqin xorijiy
mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlari o’rnatildi. Respublikada 88 ta chet
davlat vakolatxonalari ro’yxatdan o’tgan, 24 ta hukumatlararo tashkilot, 13 ta
nohukumat tashkilotlari ishlab turibdi. Chet ellarda mamlakatimizning 48 ta
diplomatik vakolatxonasi mavjud.
Tarixda ilk bor, 1992 yilning 2 martida O’zbekiston xalqaro huquqning
teng huquqli sub`ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo qilib qabul
qilindi. Jahonning 140 mamlakati bilan savdo – iqtisodiy munosabatlar
o’rnatilgan. Toshkentda 50 dan ortiq mamlakat o’z elchixonasini ochgan.
Respublikani haqiqatan ham, uning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan
holda, xalqning azaliy turmush tarzi, an`analari, urf-odatlari va ko’nikmalarini,
mavjud beqiyos tabiiy boyliklarini har tomonlama hisobga olib, yuksaltirish
amalda mumkin bo’lib qoldi.
Ho’zir O’zbekiston tarixiy chorraxada turibdi. Avvalo, O’zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov Respublikani milliy davlat,
ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy kamol toptiruvchi o’z taraqqiyot yo’lini ishlab
chiqdi. Respublikada ho’zir yashab turganlarning taqdirigina emas, balki
ularning farzandlari, nabiralarining ham taqdiri, kelajak avlodlarning taqdiri ham
Shunga bog’liq bo’ladi. Respublika tang holatlarni ayni darajada tezroq bartaraf
etish, yakkahokimlik tizimining illatlarini batamom tugatish, rivojlangan
madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olish Shu narsa bilan
hambelgilanmoqda.
Barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish pirovard maqsad
bo’lib qolmoqda. Shunday jamiyatgina O’zbekiston xalqining munosib
turmushini, uning huquqlari va erkinligini kafolatlashi, milliy an’analar va
madaniyatning qayta tiklanishini, shaxs sifatida insonning ma’naviy-axloqiy
kamol topishini ta’minlashi mumkin.
Jahon va o’zimizning amaliyotimizdan olingan barcha umuminsoniy va
milliy qadriyatlarni tajribalarni rad etmagan holda, o’z ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo’lini tanlab olishi respublikaning qat`iy
po’zitsiyasidir.
O’zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishidan iborat o’z yo’li
aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an`analari va urf-
odatlaridan kelib chiqadi, Chuqur ildizi o’tmishdagi an`anaviy jamoa turmush
tarziga borib taqaladigan jamoatchilik, mahalla asoslari O’zbekistonga xosdir.


Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiq
ko’ngillilik, millatidan qat`iy nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda
bo’lish, o’zgalar kulfatiga hamdard bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi kishilar
o’rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning asoslari va yo’nalishlari xususida so’z ketar ekan,
bugungi kunda avvalo huquqiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy negizlarga
alohida e’tibor berilmoqda.
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga
g’amxo’rlik qiladi
2
(42-modda).
O’zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya
qilish imkonini beradigan etarli salohiyatga ega. Er bag’rining g’oyat qimmatli
mineral xom-ashyo’larga boyligi chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish,
respublikaning jahon bozoriga chiqishini ta’minlaydigan tarmoqlarni
rivojlantirish imkonini bermoqda.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling