Sovet hokimiyatining buxorova xivaga ekspansiyasi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Buxoroda sovet hokimiyatining o'rnatilishi va yangi davlat apparatining tashkil qilinishi


Download 29.86 Kb.
bet2/5
Sana25.04.2023
Hajmi29.86 Kb.
#1397514
1   2   3   4   5
Bog'liq
Murodullayev Nodir

Buxoroda sovet hokimiyatining o'rnatilishi va yangi davlat apparatining tashkil qilinishi
Xiva xonligidan keyin Rossiya bolsheviklarining «Sharqdagi siyosati»ni o'zida sinab ko'rish navbati Buxoro amirligiga kelgan edi.
1918-yil voqealari Buxoro amirligi Turkiston Avtonom Respublikasi harbiy hujumi oldida qanchalik himoyasiz ekanligini, bolshevik rahbarlarning amaliy xatti-harakatlari Buxoro bilan tinchlik va do'stlik haqida bergan so'zlariga qanchalik mos kelmasligini ko'rsatdi.
Buxoroni ham Xiva xonligining fojiaviy qismati kutayotganini yaxshi tushungan amir shoshilinch ravishda o'z mamlakatining mudofaa qudratini mustahkamlashga urinadi. Buxoroning muqaddas chegaralarini, uning erkinligi va mustaqilligini himoya qilishga qaratilgan bu sa'y-harakatlarni sovet rahbariyati amir hukumati Turkiston Respublikasiga Mum qilishga tayyorlanmoqda, deb ko'rsatishga butun choralar bilan 'rindi. Haqiqatda esa hamma narsa aksincha edi. Aynan bolsheviklar "eiimi suveren Buxoro davlatiga harbiy intervensiya qilish rejalarini o'ljallab yurardi. O'zining bosqinchilik rejasini yashirish va aholining jjnqat-e'tiborini chalg'itish maqsadida bolsheviklar ataylab bu «yolg'on»ni o'ylab chiqargan edi. Bolsheviklarning ana shu bosqinchilik rejasini amalga oshirish uchun qulay sharoit 1920-yilning yozida yetila boshladi.
Bolsheviklar rejimining harbiy jihatdan ancha ustun qo'shinlari 1920-yil 28-avgustdan 29-avgustga o'tar kechasi buxorolik «inqilobiy tuzilmalar» ishtirokida amirlik hududiga shiddat bilan bostirib kirdilar. Ular Qarshi, Kitob, Shahrisabzni bosib olib, amirlik poytaxtiga yaqinlashib qoldilar. Lekin bu yerda bosqinchilar amir qo'shinlarining qat'iy qarshiligiga duch lceldilar. Amir qo'shinlari bilan yelkama-yelka tinch aholi ham shaharni himoya qilishga otlandi. Turkfront qo'mondonligi buyrug'i bilan Eski Buxoro samolyotlardan bombardimon qilindi, to'plar va bronepoyezdlardan turib qattiq o'qqa tutildi. Amirlik poytaxti ostonasidagi qonli jang 4 kecha-kunduz davom etdi. 1920-yil 2-sentabrda bosqinchilarning to'xtovsiz zarbalari ostida amirlikning so'nggi tayanchi - Ark mag'lub bo'ldi. Biroq bu g'alabani bosqinchilar osonlik bilan qo'lga kiritmadi.
Amirlik poytaxti bosib olingandan key in hokimiyat muvaqqat Butunbuxoro inqilobiy qo'mitasi ixtiyoriga o'tdi. Muvaqqat inqilobiy qo'mita darhol Turkkomissiya rahbarligida ilgaridan tayyorlab qo'yilgan Manifestni e'lon qildi. Unda Buxoro davlati «Mustaqil Buxoro Sovet Respublikasi* deb ko'rsatilgan edi. 1920-yil 11-sentabrda inqilobiy yosh buxoroliklar partiyasi tarqatib yuborildi, uning ko'pchilik a'zolari F.Xo'jayev boshchiligida BKP tarkibiga kirishdi. 1920-yil 14-sentabrda BKP MQ Muvaqqat Umumbuxoro inqilobiy qo'mitasi va Xalq Nozirlari Kengashining birlashgan majlisida Abdulqodir Muhitdinov boshchiligidagi Umumbuxoro inqilobiy qo'mitasi - oliy qonun chiqaruvchi organ va Fayzulla Xo'jayev raisligida respublika hukumati - Xalq Nozirlar Kengashi tashkiqilindi.
6-oktabrda amirning yozgi saroyi - Sitorayi Mohi Xosada xalq vakillarining I Umumbuxoro qurultoyi ish boshladi. Qurultoy Buxoroni xalq sovet respublikasi deb e'lon qilish haqida qaror qabul qildi. 1921-yil 4-martda Moskvada BXSR bilan RSFSR o'rtasida Ittifoq shartnomasi va iqtisodiy bitim tuzildi. Bu hujjatlar Xorazm Xalq Respublikasi kabi Buxoro Xalq Respublikasining ham RSFSRga harbiy-siyosiy va iqtisodiy j'hatdan qaram bo'lganligini qonun yo'li bilan mustahkamladi.
Shunday qilib, 1920-yilda Buxoro amirligi va Xiva xonligida amalga pshirilgan harbiy to'ntarish bu mamlakatlar ichki ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonining tabiiy va zaruriy hodisasi bo'lmadi. U Markaz va Toshkentda oldindan ishlab chiqilgan reja asosjj sun'iy ravishda mavjud jamiyat taraqqiyotiga majburan kuch iishlatisj yo'li bilan aralashish bo'ldi. Bu ishda bolsheviklarning qurolli kuchlarj hal qiluvchi rol o'ynadi. O'rta Osiyo xonliklarida ro'y bergan bu to'ntarisK bolsheviklarning «jahon inqilobi» deb nom olgan xayoliy va noilmiJ g'oyasini amalga oshirishdan iborat boidi. Bu maqsadga erishish uchubolsheviklar rejimi suveren Xiva va Buxoroning «qo'zg'olon ko'targan xalqi»ga yordam ko'rsatish bahonasi bilan ularga qurolli bosqinchilik qilishdan ham tap tortmadilar.
Qizil Armiya qismlari yordamida amalga oshirilgan to'ntarish oqibatida bu mamlakatlar ijthnoiy rivojlanishining tabiiy evolutsion jarayoni sun'iy ravishda uzib qo'yildi. Dastlabki bosqichda xalq-demokratik ko'rinishida bo'lgan sovet tuzumi bu mamlakatlar xalqlariga majburan tiqishtirildi. Garchi BXSR va XXSR rasman suveren davlatlar bo'lsalar-da, haqiqatda esa ular avvalboshdanoq Sovet davlatiga to'la-to'kis qaram bo'lib qolgan edilar.

Download 29.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling