Sovitish-moylash suyuqliklarini kesish muhitiga olib kirish usullari. Suv oqimi bilan sovitish
Sovitish-moylash moddalarining tarkibi
Download 0.78 Mb.
|
Bahodirov Keshish
Sovitish-moylash moddalarining tarkibi. Metallarni kesib-ishlashda qo‘llaniladigan sovitish-moylash suyuqliklarini uchta guruxga bo‘lish mumkin.
I - Suvli suyuqliklar: 1 ) elektrolitli eritmalari; 2 ) yuvuvchi moddali eritmalari; 3 ) emulosiya; 4 ) moylarning yarimtiniq eritmalari. II. Moylar: 1 ) mineral; 2 ) cho‘kindili mineral; 3 ) tabiiy moylar. III. Gazlar. Suvli suyuqliklar katta sovitish qobiliyatiga ega. Yangi qiyin ishlov beriladigan metallar va qotishmalarning keng ko‘lamda tarqalishi bilan suvli suyuqliklar borgan sari katta maonoga ega bo‘lmoqda. Suvli suyuqlik va moylarning sovitish-moylash xossalari, ularning tarkibiga turli moddalarini qo‘shish bilan oshadi. Sovitish-moylash suyuqliklari ishlov berish turi va maoromini, detal va kesuvchi asbob materialining xossalarini, ishlov berilgan yuza tozaligiga talablar, ishlolov berish aniqligini hisobga olib tanlanishi kerak. Suvli suyuqliklar: yo‘nish, parmalash, razvertkalash, frezerlash, jilvirlash, rezoba ochish uchun; moylar: xoninglash, metchiklar va plashkalar bilan rezoba ochish, tish ochish, chuqur teshiklarni parmalash, avtomat ishlov berish uchun tavsiya etiladi. Metall kesuvchi asboblar bilan (keskichlar, parmalar, frezalar) qora ishlov berish uchun, shuningdek jilvirlash uchun yaxshi sovitish xususiyatlariga ega bo‘lgan suyuqliklar yaroqli hisoblanadi. Bunday ishlarda elektrolitlarning suvdagi eritmalari yoki 2,5-30% li emulosiya, jilvirlash uchun 1 – 2 % li moy eritmalari qo‘llaniladi. Yarim toza operatsiyalarda emulosiyalar ( 3 – 4 % li emulgirlovchi) eritilgan moylar va elektrolitli eritmalardan foydalaniladi. Qiyin ishlov beriladigan materiallarni kesib ishlashda, shuningdek toza sidirish, rezoba ochish, shakldor yo‘nish kabi operatsiyalar uchun kesish va sovitish-moylash xususiyatlari yuqori bo‘lgan suyuqliklar talab etiladi. Metallarga kesib ishlov berishda qo‘llaniladigan suvli emulsiyalar tarkibida 2 – 10 % emulsol mavjud. Eng ko‘p tarqalgan spirtli emulsolning taxminiy tarkibini (% larda) keltiramiz. Olein kislatasi 6 – 10 %; Kanifol 7 – 10 %; Mineral moy 75 – 80 %; Spirt 3 – 4 %; Suv 3 – 7 %. Kaustik soda eritmasi 3 – 4 % Emulsiyani tayyorlashda suvni dastlab kaltsiyli soda yoki natriy geksametafosfati bilan yumshatiladi. Moylar ichida eng ko‘p tarqalgani sulofofrezol deb ataluvchi moy hisoblanadi. Uning tarkibida 70 – 78 % vereten, 1,8 – 2,0 % nigrol, 1,8 – 2,0 % oltingugurt moylari mavjud. Ishlatish jarayonida sovitish-moylash suyuqlarining tarkibi va xossalari o‘zgaradi. Suvli eritmalar yengil parchalanadi, bunda dastgoh detallarida kukunsimon chang to‘planadi, bu yuqori ishqalanish, yeyilish va korroziyaga olib kelishi mumkin. SHuning uchun dastgohlarining ochiq qismlari puxta artilishi va moylanishi shart, ayniqsa dasgoh yo‘naltiruvchilari. Suvning parlanishida elektrolitning eritmadagi kontsetratsiyasi ortadi, bu ishchilarni teri kasalliklari olib kelishi mumkin va dastgohlarni bo‘yuqlari yemirilib ketadi. SHunga asosan sovitish-moylash suyuqliklari muayyan chegaralarda davriy ravishda nazorat qilinib turilishi shart. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling