Sovitish-moylash suyuqliklarini kesish muhitiga olib kirish usullari. Suv oqimi bilan sovitish. Sovitish-moylash suyuqliklarining samaradorligi katta o‘lchovda ularni kesish muhitiga olib kiritilgan miqdori va joyiga boьliq bo‘ladi. Avval birdan - bir usul suyuqlikni yuqoridan oqi ostida olib kelish hisoblangan (shakl-47). Bunda Sovitish-moylash suyuqliklarining miqdori toza ishlov berishda 35 – 50 sm3/sek dan, qora ishlov berishda 170-500 sm/sek (10 – 30 l/min) gacha tashqil etgan, kesish tezligi va ishlov berish usullariga ko‘ra po‘latlar uchun 35-40% ga cho‘yanni kesishda 12 – 16% ga oshgan. Toza kesishda tezlini orttirish 10-12% oshmaydi natijada kesuvchi asbobni ichki sovitish qo‘llanish maqsadga muvofiq bo‘ladi (48- shakl).
шакл. Кескични ички совитиш схемаси
Moylash – sovitish suyuqliklarining samaradorligi oshirish uchun, suyuqlik boshlanьich davrda + 20S + 40S gacha sovitiladi. Buning uchun idishga sovituvchi qurilma kiritilishi kerak. Bu usul ayniqsa avtomat dastgohlarda ishlov berish va murakkab, qimmat kesuvchi asboblarni qo‘llaganda maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yuqori bosim ostida sovitish. So‘ngi yillarda yuqori bosimli oqim bilan sovitish usulini qo‘llashi o‘z o‘rnini topmoqda.
Suyuqlik kesish zonasiga konus naychaning tor tirqishlari orqali keskichni orqa yuza tomonidan yo‘naltirilgan bo‘ladi (shakl – 49).
шакл. Юыори босимли совитиш схемаси
Teshik diametri 0,25 – 0,4 mm/m ni tashqil etadi, suyuqlikning o‘tish tezligi taxminan 75 m/sek,bosim – 2 – 3 mm/muhiti suyuqlik sarfi esa 7 – 10 sm3/sek ( 0,4 – 0,6 l/min ).
Oqimli sovitishda suyuqlik qisman parlanadi, kesish zonasiga singib kiradi va issiqlikni olib ketadi. Moy parlari moylovchi taosir o‘tkazadi. Tezkesar kesuvchi asboblarining turg‘unligi 6 – 12 marta, qattiq qotishmali kesuvchi asboblarining turg‘unligi esa 3 – 5 marta oshadi.
Sovituvchi suyuqlik sifatida oquvchanligi yaxshi bo‘lgan moylarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Moylarning parlarini ushlash uchun maxsus qurilmalarini o‘rnatish shart.
SHuningdek past bosimli oqim bilan sovitish ham qo‘llaniladi, bunda oqim 0,05 – 0,20 mm bosim ostida diametri 2 – 3 mm bo‘lgan maxsus detal teshigi orqali beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |