Sovitish tizimi Dvigatelning ish sikli davomida gazlarning
Majburiy sovitish tizimida
Download 86.5 Kb.
|
Sovutish tizimi
Majburiy sovitish tizimida suv sirkulyatsiyasi markazdan qochirma nasos bilan hosil qilinadi. Nasos suvni blok karter g'ilofiga haydaydi, issiq suv u yerdan radiatorga siqib chiqariladi. Radiatorda sovitilgan suv patrubka orqali qayta nasosga keladi. Ko'pchilik dvigatellarning suv bilan sovitish tizimi shunday chizma bilan ishlaydi YAMZ-240 В va 24 D dvigatellarining sovitish tizimida patrubka bilan radiatorning ustki bakchasi va silindrlar kallagiga ulangan kengaytirgich bak - suyuqlik hajmi issiqlikdan kengayganida suyuqlikni sovitish uchun qo‘shimcha sig‘imdir. Suvni majburiy sirkulyatsiya qiladigan sovitish tarmog‘i ishlatilganida issiq va sovitilgan suv haroratlari farqi I0°C dan ortiq bo'lmaydi.
Sovitishning majburiy tizimida suv sirkulyatsiyasi va ventilyator hosil qilgan havo oqimi intensivligi asosan dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasiga bogliq bo‘ladi. Shu sababli atrof havo harorati pasayganida va dvigatel nagruzkasi kamayganida o‘ta sovib qolmasligi uchun dvigatelning issiqlik rejimini rostlash maqsadida har xil qurilmalar: termostat ,radiator pardasi va jalyuzasi ishlatiladi. Yonish kameralari va silindrlarning eng ko‘p qizigan qismlaridan ko‘proq issiqlik olib ketilishi bu detallarni har tomonlama sovitish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu holda suv blok-karterning ustki qismidan o'tgan taqsimlash kanali (16) ga keladi. Kanalda blok-karter va silindrlarning eng ko‘p qizigan qismlariga birinchi navbatda suv borishi uchun teshiklar yasalgan. Suvni majburiy sirkulyatsiya qiladigan sovitish tizimi bug1 chiqarish trubkasi (6) orqali har doim atmosfera bilan tutashgan bolsa bunday tizim ochiq sistema deyiladi. Suvni majburiy sirkulyatsiya qiladigan sovitish tizimi bug1 va havo klapanlari birlashtirilgan maxsus qurilma (13) bilan atmosferadan ajratib qo'yilgan bo'lsa bunday tizim yopiq tizim atmosfera bosimidan bir oz yuqori bosimda ishlaydi va unda suvning qaynash harorati shunga muvofiq holda yuqori boladi. Shu sababli yopiq sovitish tizimida suvning bug'lanishi kam bo‘lganligi uchun ko‘pgina avtotraktor dvigatellarida bunday tizim qo‘llaniladi. Download 86.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling