Sovitish tizimi Dvigatelning ish sikli davomida gazlarning


Havo bilan sovitish tizimi


Download 86.5 Kb.
bet5/6
Sana23.04.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1388015
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sovutish tizimi

Havo bilan sovitish tizimi. Bu tizimda dvigatel detallaridan issiqlikning olib ketilishi silindrlar va ulaming kallagi yordamida havo puflab amalga oshiriladi.
Motosikllar va motorollerga qo'yiladigan kam quvvatli dvigatellarda detallar harakat vaqtida havo oqimi bilan sovitiladi. Traktor va avtomobillarning havo bilan sovitiladigan dvigatellarida ventilyator yordamida detallarni majburiy puflab sovitish tadbiq qilingan ventilyator rotor va yo‘naltiruvchi apparatdan tuzilgan. Silindrlar va ulaming kallaklarini har tomondan bir tekisda puflanishini kojux va deflektor sistemasi ta'minlaydi. Silindrlar va ularning kallaklarini sovitish sirtlarini kengaytirish maqsadida ular quvurli qilib yasalgan.
Quvurlar aerodinamik qarshilikni hosil qiladi, bu qarshilikni yengib havo oqimi uchun zarur bo'lgan tezlikni hosil qilish uchun ventilyatorlar ishlatiladi. Ventilyatorlar bir qatorli dvigatellar silindrlar va oldida yoki yon tomonida V-simon dvigatellarda silindrlar orasiga joylashtiriladi.
Havoni yetkazib berishning ikki usuli qollaniladi:
- haydash va so'rib olish Haydab boradigan ventilyatori sovuq havo oqimida, ya’ni havoning zichligi kattaroq bo'lganda ishlatiladi. Havoni ko'proq haydab beradi va ventilyator uzatmasi uchun energiya sarfi kamroq talab qilinadi. So'rib olish ventilyatorida energiya sarfi ko'proq, lekin silindrlarning bir tekis sovitilishini ta’minlaydi.
Havo harorati har xil bo‘lganida va dvigatel turli xil rejimlarda ishlaganida uning issiqlik rejimini malum miqdorda ushlab turish uchun silindrlar qovurg'alari orasidan o'tayotgan havo sarfi rostlab turiladi. Ya’ni, ventilyator unumdorligi rostlanadi.
Ventilyatorni aylantirish uchun sarf bo‘lgan quvvatni kamaytirish va havo sarfini rostlash gidromufta yordamida amalga oshiriiadi.
Havo yordamida zamonaviy sovitish tizimi (7.8- a rasm) da keltirilgan.
Havo to'r (I) dan va yo‘naltiruvchi apparatdan (3) o‘tib, ventilyator
yordamida yo'naltiruvchi kojux (II) ga jo'natiladi, u yerda moy radiatori (12) ni sovitadi. Keyin havo defiektorlar (10) tizimi orqali o‘tib, kallak va silindrlar qovurg'alari orasidagi kanal orqali bir tekisda sovitilishni amalga oshiradi.
Ventilyator tirsakli val shkivi (4) dan ponasimon tasma va gidromufta (2) orqali harakatga keltiriladi. Moy gidromuftaga dvigatel moylash tizimidan (9) va (5) truboprovodlar orqali toldiriladi va silindrlar kallagiga o'rnatilgan termodatchikli (7) zolotnikli klapan (8) yordamida rostlanadi. Termodatchik va klapanning konstruksiyasi 7.8- rasmT. A"da keltirilgan termodatchik - silofon zichlagichli ballon (1) bo‘lib. uning ichki qismi hajmiy kengayish koeffitsiyenti katta bo‘lgan"Suyuqlik (ksilol) bilan to'ldirilgan. U silindrlar kallagiga burib kiritiladi va kontur gayka (2) yordamida cheklab qo'yiladi. Silindrlar kallagi qiziganda termoballondagi (1) suyuqlik kengayadi va vtulka-zolotnikka (3) burab kiritilgan shtokni siljitadi. Zolotnik harakatlanganida gidromuftaga moy oqimi o‘tishi uchun kanal ochiladi.
Dizel dvigateli o'rtacha nagruzkada ishlaganida gidromufta uni optimal issiqlik holati (karter moyi harorati 85° dan 120°C gacha)da saqlab turadi va solishtirma yoqilg‘i sarfini kamaytiradi.
Havo yordamida sovitish tizimida yolnaltiruvchi apparat ko'rinishi- dagi ventilyatorlar ishlatiladi
Ventilyator (I) parragi (7) yo'naltiruvchi apparat (6) orqali havoni surib oladi va uni vo'naltiruvchi koiux io'natadi. Mahkamlash bolti (3)
uzatish shkivi (5) va rotor bilan birgalikda yo'naltiruvchi apparat ichiga ikkita sharchali podshipnikda mahkamlangan o‘q (4) ga rotor o'rnatilgan. Rotor gupchagi tiraki shaybalari (2) bo'rtiqlari orasida qisilgan.
Rotor (1) aylanganda, uning parraklari lopatkalar orasidagi havoni ma’lum bir bosim ostida kojux tomonga haydaydi. Shu vaqtning o‘zida yo'naltiruvchi apparat parraklari orasida siyraklanish paydo bo‘ladi, u yoqqa tashqaridan havo surila boshlanadi. Yo'naltiruvchi apparat parraklari orasidan havo o4ayotib zarur yo'nalishini oladi va rotor parraklariga boradi. Shu tufayli aerodinamik yo‘qolishlar kamayadi, ventilyator unumdoriigi va foydali ish koeffitsiyenti ortadi.
Dvigatelni havo hilan sovitish tizimi suv bilan majburiy sovitish tizimiga qaraganda sodda va ishlatilishi qulay. Bundan tashqari havo bilan sovitiladigan dvigatelning massasi va gabarit oMchami suv bilan sovitiladigan dvigatelnikidan kichik bo'ladi.
Havo bilan sovitish tizimining kamchiliklari quyidagilar: dvigatel detallari bir xilda sovitmaydi, ventilyatorni aylantirish uchun dvigatel quvvatining 8% gacha qismi sarf bo'ladi, shovqin bilan ishlaydi, havo harorati 0°C dan past bo'lganda dvigatelni yurgizib yuborish ancha qiyin.
Silindrlarga kiritilayotgan havoni sovitish
Havo silindrlarga turbokompressor yordamida bosim bilan kiritilganida, havoning harorati 100— I 30°C gacha ko'tarilishi mumkin, natijada havoning zichligi kamayib, silindrlarga to'ldirilayotgan havo miqdori kamayadi va dvigatel quvvati kamayishiga olib kelinadi. Shu sababli dvigatellarda oraliq sovitkichlar o‘rnatiladi va ular havo yoki suyuqlik bilan sovitadigan sovitkichlar bo‘lishi mumkin.
Havo bilan sovitadigan sovitkichlar odatda, sovitish sistemasi radiatori oldiga o'matiladi. Havo sovitkichlari trubka plastinasimon sovitish sirtiga ega bo‘lib, bosim ostida kiritilayotgan havo trubkalar ichidan o‘tadi, unga ko'ndalang yo‘nalishda plastinalar orasidan atrof-muhit havosi o'tadi. Ular bosim ostida kiritilayotgan havoning haroratini atrof-muhit havosi haroratidan 10—20°C gacha yuqori bo'lguncha sovitish imkonini yaratadi, lekin dizelning kiritish traktoridagi qarshilikning, sovitish sistemasidagi aerodinamik qarshilikning va gabarit o‘lchamlarning oshishiga olib keladi.
Suyuqlik bilan sovitadigan sovitkichlarda bosim ostida kiritilayotgan havo radiatordan oLtib kelgan suyuqlik yordamida sovitiladi. Bu yerda suyuqlik trubkalar ichidan, havo esa sovitish plastinalari orasidan o'tadi. Bu sovitkichlarning sovitish samaradorligi havo bilan sovitiladigan sovitkichlarga nisbatan kichikroq. Suyuqlik bilan sovitiladigan sovitkichlar kompaktligi bilan ajralib turadi, ular dvigatelning o‘ziga yoki kiritish kollektoriga o‘rnatiltshi mumkin. Atrof-muhit havosi harorati juda kichik bo'lganda ham kiritilayotgan havo haroratini ma’lum miqdorda ushlab turish mumkin. Sovitkichning germetikligi buzilganda sovitish suyuqligini silindrlarga olib kelishi mumkin
Sovitish tizimining asosiy nosozliklari va texnikaviy xizmat ko‘rsatish

Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling