Sovitish tizimi Dvigatelning ish sikli davomida gazlarning


Sovitish tizimiga quyidagi talablar qo'yiladi


Download 86.5 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1388015
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sovutish tizimi

Sovitish tizimiga quyidagi talablar qo'yiladi:

  • dvigatelni belgilangan haroratgacha tez qizishini ta’minlash;

  • dvigatelni optimal issiqlik rejimini barcha yuklanishlarda va tezlik rejimlarida havoning harorati -50 +50°C gacha bo'lganida avtomatik ushlab turish;

  • tizimning agregatlari uzatmasiga minimal energiyaning sarflanishi;

  • massasi va gabarit o'lchamlarining kichik bolishi;

  • agregatlar ishlaganida shovqinning kam bo‘lishi;

  • Suyuqlik bilan ishlaydigan sovitish tizimining asosiy qismlari

  • Traktor va avtomobillar dvigatellarining ko'pchiligida suyuqlikni majburiy aylantiriladigan yopiq sovitish tarmog'i qo'llaniladi. Bunga suv ko'ylagi, silindrlar kallagi va karter-bloki, radiator, nasos,termostat,ventilyator, truboprovodlar,to'kish jo'mraklari.YAMZ-240,KamAZ 740 dvigatellarida qo‘shimcha kengaytiruvchi bachoklar o'rnatilgan.

  • Radiator dvigatelda qizigan suyuqlikni sovitish uchun xizmat qiladi. U ustki va pastki bachoklardan, o'zakdan va mahkamlovchi detallardan tuzilgan. Odatda bir necha qator oval (yassi) yoki yumaloq tez vertikal trubalardan iborat trubalarning sovitish sirtini va bikrligini oshirish maqsadida ularga yupqa plastinkalar kavsharlangan.

  • Ustki va ostki baklari hamda bug* klapani tizimda ortiqcha bosim 0,03—0,04 MPa teng bo'lganda ochiladi va bug‘ sovitish tizimidan trubka orqali atmosferaga chiqadi. Bunday bosimda radiatorda qaynamagan suv harorati 109—1 I0°C ga yetishi mumkin, bu tufayli dvigatellarning issiqlik rejimini biroz oshirish imkoniyati tug'iladi. Havo klapani tizimda siyraklanish 0,001—0,01 MPa ga yetganida ochiladi, shunda sovitish tizimiga trubka orqali havo kiradi.

  • Termostat dvigatelni dastlabki ish vaqtida yurgizib yuborishda suv isishini tezlashtirish va uning haroratini ma'lum chegarada avtomatik tutib turish uchun xizmat qiladi. SMD 60, YAMZ-240 ,ZIL-130 dvigatellarida ikki klapanli qattiq toldirgichli termostatlari, GAZ-53 dvigatelida bitta klapanli termostat ishlatiladi.

  • SMD-60 dizelining temostati ko‘rsatilgan va u quyidagicha ishlaydi.

Suv harorati 80°C dan past bolganida asosiy klapan (4) prujina (2) kuchi bilan termostat korpusi (7) gajips siqiladi, otkazuvchi klapan (1) esa ochiq holatda bo'ladi. Shuning uchun suv silindrlar kallagidan radiatorni chetlab o‘tib to‘g‘ri nasosga borib tushadi. Bu suv sirkulyatsiyasining kichik davrasi deyiladi. Dvigatelning bu ish davrida sirkulyatsiyalanadigan suv miqdori unchalik katta bo'lmaydi, chunki suv radiator orqali o'tmaydi, u tez qiziydi. Suv harorati 80°C dan ortishi bilan silofondagi suyuqlik to‘yingan bug'ga aylanadi va silofonda (8) bosim ortadi. Bu holatda silofon prujina (2) ning qarshiligini yengib pastga siljiydi va klapanlar (4 va 1) ni pastga siljitadi.
Korpus (7) va klapan (4) orasidagi tirqishdan suvning bir qismi radiator orqali sirkulyatsiyalanadi, qolgan qismi esa suv nasosga qarab harakatlanadi. Suvning harorati 90°C ga yetganda klapan (4) to‘liq yechiladi, klapan (1) esa nasosga boradigan kanalni berkitadi va suv oqimining barchasi radiator orqali o‘tadi.
YAMZ-240 va KamAZ-740 dizellarida kengaytirish bachoklarda o'rnatilgan. U sovitish suyuqligi uchun qo'shimcha idish bo'lib xizmat qiladi va sovitish suyuqligidan bug' va havoning ajralishini ta'minlaydi.
Barcha avtotraktor dvigatellarida suv bilan majhuriy sovitish tarmog'iga markazdan qochma tipidagi nasoslar o'rnatiladi.
SMD-60 dizeli nasosining cho'yan korpusidagi ikkita sharchaii podshipnikda nasos valigi aylanadi. Valikning oldingi uchida shponkaga gupchak kiydirilgan, orqa uchida diskka parrakcha mahkamlangan. Parrakcha va shkiv bolt bilan o'rnatilgan. Valikning orqa tomoniga nasosning oltita radial joylashgan lopatkali cho'yan diski mahkamlangan.
Podshipniklarni moylash uchun moylash sistemasidan trubka orqali moy keladi, kanal orqali karter tubiga to'kiladi. Suv bo'shlig'i salnik va zichlagich bilan moy bo'shlig'idan ajralib turiladi. Nasos karter blokining old tomonidagi qopqog'iga o'rnatilgan. Suv termostatlardan trubka orqali nasosga kelib tushadi, havo esa trubka orqali chiqarib yuboriladi.
Ventilyator ikkita tasma yordamida tirsakli val shkividan harakatga keltiriladi. Tasmaning tarangligi sharchaii podshipniklarda aylanadigan rolik yordamida rostlanadi.
Sovitish tizimidagi harorat elektromagnitli ko'rsatkich yordamida nazorat qiiib turiladi..
Havo bilan sovitish tizimi

Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling