Soxibaxon ped texnologiya doc
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Soxibaxon ped texnologiya doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim metodlari
- Og‘zaki o‘qitish usuli (ma’ruza, hikoya)
- Tasviriy ifodalarni qo‘llash usuli (illustratsiya)
6
I.Y.Lerner va M.N.Skatkin o’qitish metodlarini quyidagilarga ajratadilar: tushuntirish- rasmlar metodi; reproduktiv metod; muammoli bayon qilish metodi; qisman izlanish metodi; tadqiqot metodi. 7 S.I.Petrovskiy va Y.Y.Golant tasnifi • faol va passiv metodlarga bo’lish: Agar o’quvchilar mustaqil ishlasa, faol metodlar • laboratoriya metodi, kitob bilan ishlash Agar o’quvchilar faqat tinglasa va eshitsa, passiv metodlar • hikoya, ma’ruza, tushuntirish, namoyish qilish metodi, ekskursiya 163 8 Y.K.Babanskiyning tasnifi bo’yicha metodlar 3 ta katta guruhga bo’linadi O’quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish Nazorat va o’zini-o’zi nazorat qilish metodlari Bilishga doir o’yinlar, o’quv munozaralari, qiziq vaziyatlarni vujudga keltirish, rag’batlantirish, tanbeh berish va nazorat metodlari Ta’lim metodlari Ta‘limning og’zaki metodi Ta‘limning ko’rgazmali metodi Ta‘limning amaliy metodi. O’quvchilarning o’quv faoliyatlarini rag’batlantirish va tanbeh berish metodi. Ta‘limning induktiv va deduktiv metodi. Ta‘limning muammoli- izlanish va reproduktiv metodi. O’qitishda nazorat va o’z- o’zini nazorat qilish metodi. Kitob bilan ishlash metodi. 9 164 10 Ta‘limning og’zaki metodlari Yangi bilimlarni berish usullari bu- bilimlar manbaidir, ya’ni bilimlar hamda ta’riflarni berish: tushuntirish, hikoya, maktab ma’ruzasi, suhbat metodlari majmuidir. Hikoya qilish - o’qituvchi tomonidan yangi o’tilayotgan mavzuga oid omil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishidir. O’quv ma‘ruzasi. Ushbu usuldan yangi bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlash, ko’nikma va malakalar hosil qilish uchun foydalaniladi. Agar hikoya darsning bir qisminigina egallasa, ma‘ruza odatda, ularni to’la qamrab oladi. Suhbat. Suhbat ta‘limning keng tarqalgan usuli. Bu usul savol-javob usuli deb ham yuritiladi. Suhbatning to’rt xil turi mavjud bo’lib, ular: yangi bilimlar berishda, bilimlarni mustahkamlashda, olingan bilimlarni tekshirishda, o’tilgan materiallarni takrorlashda qo’llanadigan suhbatlardir. O’quv materiallarini tushuntirish - o’qituvchi tomonidan o’tilayotgan mavzuning mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, ta‘rif, qonun va qoidalarni uqtirishdir. 11 Ta‘limning ko’rgazmali metodlari. • O’qitish jarayonida ko’rgazmalilik usulidan foydalanishning muhimligi o’qituvchining o’rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga o’quvchini undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga ishonch hosil qilishga, shuningdek, nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olishga o’rgata bilishi bilan izohlanadi. Ta‘lim jarayonida ko’rgazmalilik usuli namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya tariqasida olib boriladi. O’qitishda namoyish etish usulidan foydalanish materiallarning xarakteriga – mazmuni, shakli va hajmiga bog’liqdir. Ko’rgazmali materiallar xarakter e‘tiboriga ko’ra 2 turda bo’ladi: 1. Aslicha ko’rsatilishi mumkin bo’lgan buyum va narsalar: o’simliklar, hayvonlar, ma‘danlar, kollektsiyalar, asbob va mashinalar, modellar va h.k. 2. Tasviriy-ko’rgazmali materiallar: buyum, narsa va hodisalarning tasvirini ifodalovchi materiallar: rasm, surat, diafilm, kinofilm, jo’g’rofiya va tarix kartalari, chizmalar, jadvallar, diagrammalar va h.k. Tasviriy - ko’rgazmali materiallar – illyustratsiya materiallari deb ham ataladi. Ta‘lim jarayonida tasviriy – illyustratsiya materiallaridan foydalanish keng qo’llaniladi. 165 12 Ta‘limning amaliy metodlari. • O’qitishning amaliy usullariga yozma mashqlar (masalalar yechish, chizmalar tayyorlash), tajriba – laboratoriya tipidagi mashqlar (frontal tajribalar, laboratoriya ishlari, amaliyot, o’qitishning texnik vositalari va boshqalar); mehnat topshiriqlarini bajarish usullari kiradi. Amaliy metodlar o’qitishning og’zaki va ko’rsatmali metodlari bilan uzviy birlikda qo’llaniladi. O’qitishning amaliy usullaridan foydalanishning ijobiy tomoni o’quvchilarni tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni mustaqil kuzatishga bo’lgan qiziqishini kuchaytiradi, ularda mustaqillik, faollik va tashabbuskorlik ortadi. Amaliy ish tajribalari – ko’nikma, malakalari, hosil qilinadi va mehnat madaniyati rivojlanadi. 13 O‘qituvchi markazda bo‘lgan uslublar. Bu uslub orqali o‘qituvchi o‘zi egallagan ma’lumot va ko‘nikmalarni o‘quvchilarning sezgi organlari orqali uzatish yo‘llarini qidiradi. Bunda o‘quvchilarning ishtiroki passiv bo‘ladi, ya’ni ular tinglaydilar, kuzatadilar va ma’ruzalarni yozib boradilar. Bu uslublar asosan o‘qituvchining qo‘yidagi faoliyat turlari orqali amalga oshiriladi: Og‘zaki o‘qitish usuli (ma’ruza, hikoya) Insonlar o‘rtasidagi eng sodda muloqot yo‘llaridan biri – og‘zaki nutq – og‘zaki ta’rif yoki asosiy mazmunning ogzaki ifodasi hisoblanadi. Bu uslub butunlay «so‘zlash» orqali amalaga oshiriladigan o‘qitishning eng rasmiy uslubi hisoblanadi. U 40 daqiqa yoki undan uzoqroq davom etadi va odatda o‘quvchining ishtiroki uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.Bunda asosan o‘quvchining eshitish qobiliyati ishga solinadi. Tasviriy ifodalarni qo‘llash usuli (illustratsiya) Bu faoliyat orqali yetkazilishi kerak bo‘lgan bilim yoki malakalarni tasvirlovchi rasmlar orqali o‘quvchilarning ko‘rish qobiliyati ishga solinadi. O‘quvchilarga yetkazilmokchi bo‘lgan ma’lumotlar tasvirlab berish orqali, turli simvollar yordamida yetkaziladi. Bunday tasviriy ifodalar quyidagi vositalar yordamida amalga oshiriladi: doska, maxsus oq doska, flipchart, video tasvir, videoproyektor, kodoskop, kompyuter grafiklar, magnit taxta, rasmlar, suratlar, bo‘yoqli rasmlar, grafik va jadvallar, diagrammalar, namunaviy va maxsus shaffof qog‘ozga tushirilgan tasvirlar. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling