Soxibaxon ped texnologiya doc
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Soxibaxon ped texnologiya doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mirzo Ulug’bek
- «tarbiya san’atlarning
- Erkin tarbiya texnologiyasi
- K E Y S L A R Pedagogik mini keyslar 5 namunalari 1-vaziyat.
Abu
Nasr Forobiy pedagogikaning fan sifatidagi ayrim muhim vazifalarini ko’rsatib o’tadi. “Tarbiyalash san’ati tamoyili shundayki, - degan u,- tarbiyalash uchun reja tuzadigan kishilarning ko’z oldidan quyidagilar ketmasligi kerak va bu shunday: bolalar faqat hozirgi kungina emas, balki kelajak uchun xam tarbiyalanishlari lozim, ya’ni, odamzod mafkurasi uchun va uning umumiy burchi uchun tarbiya olishlari kerak”. Ulug’ matematik, astronom Mirzo Ulug’bek o’z shogirdlariga tez-tez shunday deb turgan: “Agar yerdagi voqelikni yaxshitushunishni istasang, kelajakni yaxshi rejalashtira ol”. 186 Astronomiya, matematika, fizika, tibbiyot, geografiya, tarix va ling-vistikaga oid ko’plab asar yozgan buyuk mutafakkir Abu Rayhon al-Beruniy ta’kidlagan: “Aqlli kishi kelajak avlod uchun foyda keltirib, u aql va idrok bilan hammani mushohada eta olsagina, ruhan qanoat hosil qilgan”. Vatanimizda faol ijtimoiy -pedagogik tafakkur rivoj-lanishiga Toshmuhammad Qori-Niyoziy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashid-xonovlar katta hissa qo’shdilar. Ularning asarlarida kelajak kishi siymosini yaratish g’oyasi muammosi alohida o’rin egallaydiki, unga erishish yo’lida tarbiyaning tegishli tizimi barpo bo’lishi lozim edi. Mashhur o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy o’z asarlarida ko’p marta o’z diqqatini pedagogikaning vazifalarini tahlil qilishda, uning tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaviy faoliyatning san’at sifatidagi ahamiyatini yoritishga qaratdi. Abdulla Avloniyning fikricha, «tarbiya san’atlarning oliysidir, san’at esa hali mavjud bo’lmagan tomon intiladi, uning oldida ijodiyotining kelajakdagi maqsadi va g’oyaviy siymosi gavdalanadi». 187 Erkin tarbiya texnologiyasi Erkin tarbiya texnologiyasida asosiy urg’u bolaning o’z hayotiy faoliyati davomida mustaqil fikr yuritishi va tanlash erkinligiga qaratiladi. Tanlash xuquqiga ega bo’lgan o’quvchi sub’ekt vazifasini bajarishga tashqaridan bo’lgan ta’sir ostida emas, balki o’zining ichki kechinmalaridan kelib chiqqan holda intilib a’lo darajada bajaradi. An’anaviy ta’lim tizimidagi har qanday pedagogik texnalogiyaning asosida tushuntirish yotadi, lekin shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi asosida esa tushunish va o’zaro bir birini tushunish yotadi. Bu tushunchaga V.S.Bibler shunday izoh bergan; tushuntirishda bitta ong,bitta sub’ekt ishtirok etib monologni hosil qiladi. Tushunishda ikkita ong, ikkita sub’ekt ishtirok etib o’zaro (bir birini) tushunish, dialogni hosil qiladi. Tushuntirish doim “yuqoridan past”ga bo’lgan qarash, ya’ni “so’zini o’tkazish”ni anglatadi. Tushunish esa bu muloqot, hamkorlik, o’zaro (bir- birini) tushunish demakdir. 188 K E Y S L A R Pedagogik mini keyslar 5 namunalari 1-vaziyat. Feruza ismli qiz bola 6 yoshda. U 3 yoshidan xoreografik to’garakka, 5 yoshidan esa vokal va teatr studiyasiga qatnaydi. Tez-tez sahnada chiqish qiladi, turli tanlovlarda qatnashadi. Navbatdagi chiqish oldidan o’yin vaqtida Feruza o’zining tengqurlariga: “Men sizlardan yaxshiroq bilaman, men sahnaga ko’p marotaba chiqqanman, sizlar esa, chiqmagansizlar. SHuning uchun, men tulki rolini o’ynayman” deb, rahbarlik qilishga harakat qilmoqda. Tengqur qizlar unga bo’ysunishdan bosh tortishga harakat qilmoqdalar va tarbiyachi oldiga yordam so’rab bormoqdalar. Keysga savol- vazifa: Sizning harakatlaringiz qanday bo’ladi? Yechim variantlari: 1-variant. Feruzaga o’zining dugonalariga o’zlarini namoyon qilishlariga yordam berish uchun ushbu o’yinda rejissyor rolini taklif etish. Ularning chiqishlari ham maqtovga loyiqligini ko’rsatish. 2-variant. Feruza bilan badiiy asar qahramonlari xulqlarining salbiy tomonlari (maqtanish, do’stlarining xafaligi va hokazo)ni tahlil qilishga yo’naltirilgan suhbat o’tkazish, boshqa qizlar uning dugonalari ekanligini, ularda ham shu rolni o’ynashga xohishlari borligini tushuntirish. Tulki rolida navbat bilan o’ynashni taklif etish. 3-variant. Bolalarga tortishmaslikni taklif etish, balki rolni taqsimlashni qur’a tashlash yo’li bilan amalga oshirish. SHunda to’g’ri bo’lar. 4-variant. Tulki – bosh rolь uchun tanlov tashkil qilish, mustaqil hakamlarni (ushbu o’yinda qatnashmaydigan o’g’il bolalardan) tanlash. 5-variant. Ushbu muammoni hal etish uchun bolalarga murojaat qilish. 2-vaziyat. Shohruh 7 yoshda. U yoshligidan e’tiboran yelimlash, rasm chizish, qurishga qiziqadi. SHohruh yaxshi rasm chizadi, plastilindan turli narsalar yasaydi, ajoyib konstruktsiyalar yaratadi, ijodiy xayol suradi. Tarbiyachining bolani badiiy 5 Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling