Soxibaxon ped texnologiya doc


MAQSADNI BELGILASH TA'LIMNI TEXNOLOGIYALSHTIRISHNING ASOSIY ELEMENTI. O'QITISHNI TEXNOLOGIYALASHTIRISHDA METOD VA VOSITALAR


Download 1 Mb.
bet29/112
Sana16.07.2023
Hajmi1 Mb.
#1660615
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

MAQSADNI BELGILASH TA'LIMNI
TEXNOLOGIYALSHTIRISHNING ASOSIY ELEMENTI.
O'QITISHNI TEXNOLOGIYALASHTIRISHDA METOD VA
VOSITALAR

Reja:

  1. Ta'lim oluvchilar tomonidan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish darajalari, ularga erishishning maqsad va natijalarini shakllantiriash va talabalarning o'quv yutuqlarini nazorat qilish.

  2. Ta'limni tashkil etish shakllariining mohiyati, mazmuni, guruxlarni shakllantirish tamoyillari, ta'lim texnologiyasida o'qitish metodlarining o'rni, ahamiyati, tasniflanishi va ularni tanlash omillari

Tayanch tushunchalar: bilim, ko'nikma, malaka, maqsadni belgilash, nazorat, joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat, frontal tekshiruv, og'zaki tekshirish, yozma nazorat, metod, ta’lim metodi
Ta'lim oluvchilar tomonidan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish
darajalari, ularga erishishning maqsad va natijalarini shakllantiriash va
talabalarning o'quv yutuqlarini nazorat qilish

Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim maqsadini aniq o'rnatishdan boshlab to uning natijalarini baholashgacha bo'lgan bosqichlarning har biri uchun ijodiy faoliyatni talab etadi. Pedagog faoliyatining texnologiyalanuvchanlik darajasini prof N.Sayidahmedov quyidagi mezonlar asosida alohida ajratib ko'rsatgan:

  1. Tashxislanuvchan o'rnatilgan maqsad — ta'lim oluvchi-talaba tomonidan didaktik jarayon mahsuli sifatida o'zlashtirilgan aniq o'lchamli tushunchalar, amallar va faoliyat turlari.

  2. Ta’lim mazmunini o'quv elementlari yordamida bayon qilishda abstraksiya pog'onalarining va axborotlarni o'zlashtirish darajasining hisobga olinishi.

  3. O'quv materiallarini o'zlashtirish bosqichlarining yetarlicha mantiqiy qat’iyanligi —didaktik jarayon tuzilmasiga mosligi.

  1. O‘quv jarayoniga yangi vositalar va axborotlashtirish usullarining joriy etilishi.

  2. O‘qituvchining qoidabop (algoritmli) va erkin, ijodiy faoliyatidagi mumkin bo'lgan chetga chiqish chegarasining ko'rsatihshi.

  3. Ta'lim oluvchi-talaba va Ta'lim beruvchifaoliyatida shaxsiy motivlashganlikning ta'minlanishi (erkinlik. ijodiyot, kurashuvchanlik. hayotiy, kasbiy mohiyat va boshqalar).

  4. O'qitish jarayonining har bir bosqichida kommunikativ munosabatlarning, axborot texnikalari bilan muomala qilishning maqsadga muvofiqligi.

Yuqorida berilgan ko'rsatkichlar loyihalangan o'quv jarayonining texnologik darajasini to 'liq ifodalaydi, amalda joriy etilishi esa pedagogni yuqori malakali mutaxassisga aylantiradi, talabaning nufuzini ham birmuncha oshiradi va ijodiy faoliyatni rivojlantirishning yangi qirralarini ochadi.
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad elementlari va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari shu faoliyatdan ko'zda tutilgan maqsad elementlarini to'liq, amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi maqsadni belgilash ham ta’lim-tarbiya sohasida ta'limni texnologiyalashtirishning asosiy elementi sifatida e'tirof etiladi, ya'ni pedagogik texnologiyada maqsadni belgilash- texnologiyalashtirishning asosiy omili hisoblanib, quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:

  • pedagogik texnologiyani loyihalashtirish;

  • o’quv jarayonini tuzish;

  • o’quv jarayonini tashkillashtirish. Har bir bosqich ostida Іаълим олувчилар томонидан БМК ўзлаштириш даражаси yotadi va maqsad elementlari ham aynan mazkur daraja orqali belgilanadi. Quyida keltirilgan jadval orqali maqsad elementlarining qo'yilishi fikrimizga isbotdir:


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling