Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1700175
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar 
1. Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini kuchaytirish
jamoatchilikning korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantirish 
hamda ijro hokimiyati organlari faoliyatining yanada ochiq va shaffofligini 
ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish, qolaversa, fuqarolik jamiyati institutlari 
tomonidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi sa’y-harakatlar ham 
korrupsiyaga qarshi kurashda davlat siyosatining istiqboldagi ustuvor vazifalari 
sifatida belgilanishi ma’lum bo‘lmoqda. 
2. Yuksak aqliy salohiyatga ega yoki teran tafakkurli rahbar kadrlar va 
mansabdor shaxslar bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlar va jinoyatlar kadrlar 
tayyorlash masalasiga yangicha yondashuvni va maxsus metodikani zaruratga 
aylantirmoqda. Bu esa, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosiqchida yuqori 
intellektual salohiyatga, teran tafakkur va keng dunyoqarashga ega bo‘lish bilan 
birga yuksak axloqiy sifatlarni o‘zida mujassam etgan kadrlarni tayyorlash 
zaruratini yuzaga chiqarmoqda. 
3. Korrupsiya xizmat vakolatini suiiste’mol qilish orqali yuzaga kelsa
rahbar kadrlar va davlat xizmatchilarida yuksak axloqiy fazilatlar, xususan, 
halollik, vijdonlilik va mas’uliyatni oshirish orqali kurash yo‘llarini kengaytirish 
mumkin bo‘ladi. 
4. Halol kadrlarning yangi avlodini yaratish uchun inson kapitaliga alohida 
e’tibor qaratish, yoshlarni tom ma’noda ma’rifatli qilish, ilmli va dinu-diyonatli 
qilib tarbiyalash mexanizmlarini takomillashtirish talab etilmoqda. 
5. Nafaqat kadrlar tayyorlashda, balki kadrlarni o‘z lavozimiga tayinlashda 
ham ijtimoiy adolat mezonlarini ishlab chiqish lozim. Chunki halol va sadoqatli 
kadrlar avlodi halollik va qadr mavjud bo‘lgan ijtimoiy muhitda shakllanadi. 
Halollik qadrlanmaydigan jamiyatda ulg‘aygan avlodlardan halollikni talab 
qilishning o‘zi adolatsizlik ekanligi xulosa qilindi.  


114 
6. Mamlkatimizda kadrlar tayyorlash va ularning mehnatidan samarali 
foydalanishda ushbu jarayonga ta’sir qiladigan ob’ektiv va sub’ektiv omillarni 
chuqur o‘rganish asosida ikki jihat ko‘zga tashlanadi: Bir holatda kadrlarga adolatli 
shart-sharoitning mavjud emasligi muammo bo‘lsa, boshqa vaziyatda kadrlar 
darajasiga yarasha maosh to‘lanmasligi ularning salohiyatidan yetarlicha foydalana 
olmaslikni keltirib chiqarmoqda. Boshqa tomondan aqliy salohiyati yuqori 
kadrlarda axloqiy fazilatlar, yuksak vijdon, insofning yetishmasligi ularning 
korrupsiyaviy holatlarga aloqadorligini keltirib chiqarmoqda. 


115 
XULOSA 
«Jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil» mavzusidagi 
tadqiqi asosida quyidagi xulosa va takliflar ishlab chiqildi: 
1. Korrupsiyaviy munosabatlarga sabab bo‘ladigan ijtimoiy omillarni tizimli 
tahlil etish asosida uni shakllantiruvchi vaziyatlarning oldini olish hamda ijtimoiy 
institutlar faoliyatini erkinlashtirish asosida korrupsiya xavfsizligini shakllantirish 
lozim; 
2. Jamiyatda korrupsiya xavfsizligini shakllantirishda davlat organlari 
faoliyatini muvofiqlashtirish, nomarkazlashtirish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l 
qo‘ymaslik asosida korrupsiyaviy munosabatlarning oldini olish zarur;
3. Uzluksiz ta’lim tizimida huquqiy madaniyatni rivojlantirishning 
innovatsion tizimini yaratish, huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoni samaradorligini 
oshirish hamda aholining huquqiy ongini o‘stirish asosida jamiyatda korrupsiyaga 
nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish mumkin; 
4. Davlat xizmatlari faoliyatida ochiqlikni shakllantirish, mansabdor 
shaxslarning hisobdorligini oshirish, ularning mansab mas’uliyatini kuchaytirish 
asosida korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish kerak; 
5. Korrupsiyaviy xavfsizlikni keltirib chiqaruvchi muammolar va shart-
sharoitlarni yo‘q qilish bilan korrupsiyani bartaraf etish mumkin bo‘ladi. Buning 
uchun korrupsiyaga qarshi kurashda sabab va oqibat aloqadorligi tamoyili asosida 
ish olib borish samarali bo‘ladi;
6. Har qanday ijtimoiy muammolar qonunlarning yaxshi ishlamasligi, 
qonunchilikdagi bo‘shliqlarning ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Qonunlarning 
takomillashtirilmasligi va qonunchilik tizimi yetarli darajada rivojlanmaganligi 
korrupsiyaviy munosabatlar uchun yo‘l ochishi ma’lum bo‘ladi; 
7. Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini kuchaytirish, 
jamoatchilikda korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantirish uchun 
shart-sharoit yaratish korrupsiyaga qarshi kurashda davlat siyosatining istiqboldagi 
ustuvor vazifalari hisoblanadi; 


116 
8. Intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan teran tafakkurli rahbar kadrlar va 
mansabdor shaxslarni yuksak axloqiy qarashlar va halollik fazilati bilan tarbiyalash 
asosida korrupsiyaviy munosabatlarga murosasiz bo‘ladigan kadrlar avlodini 
tarbiyalash mumkin;
9. Korrupsiyaga qarshi kurashga doir xorij tajribasini muntazam o‘rganib 
borish, yangicha kurash mexanizmlarini tezkorlik bilan joriy qilish va qonunchilik 
asoslarini mustahkamlash zarur; 
10. 
Iqtisodiyotga legal mablag‘lar oqimini oshirish, byudjet taqsimotining 
ochiqligi, soliqlarning o‘z vaqtida to‘lanishi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilayotgan 
mablag‘lar sarflanishining ta’minlanishiga qaratilgan ochiq jamoatchilik nazorati 
va shaffof davlat xizmatlarini shakllantirish korrupsiyaviy munosabatlarni 
kamaytirishning muhim omili hisoblanadi.
Tadqiqot natijalaridan quyidagi tavsiyalarni havola etish mumkin: 
1. Korrupsiyaga qarshi kurashga doir zamonaviy tadqiqotlarni kengaytirish, 
moliyalash va turli sohalar integratsiyasi va hamkorligi asosida korrupsiyaviy 
munosabatlarning analitik tahliliga doir ochiq elektron platformani shakllantirish 
maqsadga muvofiq. 
2. Korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligiga qaratilgan ta’limiy va o‘quv 
dasturlarini, maxsus kurslarni tashkil etish, bo‘lajak kadrlarni tarbiyalashda 
korrupsiyaviy munosabatlarga jazo muqararligi tamoyilini singdirish kerak. 
3. Jamiyatda korrupsiya xavfsizligini shakllantirishga qaratilgan tizimli va 
izchil tashkiliy-profilaktik tadbirlarni, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish talab 
etiladi. 
4. Korrupsiyaga qarshi kurashda qonunlarning ishlash mexanizmini 
takomillashtirish, 
adolatni 
ta’minlashga qaratilgan mezonlarni yaratish, 
shuningdek, davlat xizmatlarida inson omilini chetlashtirishga qaratilgan 
innovatsiyalarni muntazam joriy etish maqsadga muvofiq.  

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling