Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1700175
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
To‘rtinchi savol: «Boshqaruvda korrupsiya holatlarining yuqoriligini nima 
bilan izohlash mumkin?», - degan savolga ishtirokchilarning 41,3 % i yoki 124 
nafari 
rahbar-kadrlar 
daromadlarini 
deklaratsiyalash 
va 
nazorat 
qilish 
mexanizmlarini mavjud emasligi bilan bog‘lasa, 58,6 %i yoki 176 nafari 
boshqaruvda hissobdorlikni sustligi bilan, rahbar-kadrlarning oylik maoshining 
kamligi va iqtisodiy muammolari bilan bog‘laydi.  
Beshinchi savol: «Korrupsiyaga moyil munosabatlar reestrini ishga 
tushirilishi va shu orqali kurashish qanday samara beradi?», - degan savolga 
ishtirokchilarning 39 %i yoki 117 nafari «korrupsiyaga moyil munosabatlar 
reestirini ishga tushishi va bu orqali inson omilini chetlashtirilishi korrupsiyani 
sezilarni kamaytiradi» degan javobni bergan bo‘lsa, 61 %i yoki 183 nafari «kuchli 
jazo choralari ishlatilmasa har qanday chora samarasiz bo‘lib qolaveradi» degan 
javobni bergan.  
Oltinchi savol: «O‘zbekiston OTMlari boshqaruvida korrupsiyani yuqoriligi 
qanday omilarga bog‘liq deb bilasiz?», - degan savolga ishtirokchilarning 44,3 %i 
yoki 133 nafari mahalliy OTMlar boshqaruvida hisobdorlik mavjud emas, ular 
yuqori vakolatli organlarga nomigagina bo‘ysunadi degan bo‘lsa, 55,6 %i 167 


92 
nafari mahalliy OTMlar boshqaruvida va qaror qabul qilishda faqat bir rahbar 
omili korrupsiyaga moyillikni keltirib chiqaradi va mahalliy OTMlar boshqaruvida 
jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi bilan belgilaydi. 
Yettinchi savol: «Oliy ta’limda korrupsiya holatlarini kamaytirish uchun 
qanday o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur deb o‘ylaysiz?», - degan savolga 
ishtirokchilarning 73 %i 219 nafari oliy ta’limda rahbarlar va professor-
o‘qituvchilarning korrupsiyaviy holatlarini qat’iy jazo choralari va davlat ishida 
ishlash huquqidan ayirish kabi usullarini kiritish kerakligini bildirgan. 21 %i «Oliy 
ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik va akademik erkinlikni berish orqali» 
degan javobni, 12 %i 81 nafari oliy ta’lim muassasalariga rahbar-kadrlar 
dunyoqrashi va tafakkurini o‘zgartirish kerakligini bildirgan.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling