Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1700175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar 
1. Fuqarolik jamiyatida demokratiya ko‘ppartiyaviylik, fikrlar plyuralizmi
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faolligi, ommaviy axborot vositalari 
rivojlanganligi, nodavlat tashkilotlari mavqeining yuqoriligi orqali o‘zini namoyon 
etadi. mazkur institutlarning rang-barangligi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va 
madaniy hayotda faolligi fuqarolik jamiyatini rivojlantiradi, uni xalq, har bir 
fuqaro manfaatlariga xizmat qiluvchi ijtimoiy tuzumga aylantiradi. 


76 
2. Ijtimoiy o‘zgarishlar jamiyat ongini o‘zgartirish, yashashga, ilm olishga, 
san’atga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish asosida bo‘ladi. Bu jarayonda 
insonlarning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi o‘zgarishi bilan birga huquqiy 
madaniyati ham rivojlanib boradi. Insonlarning huquqiy madaniyatini rivojlanishi 
ularda o‘z haq-huquqlarini talab qilish, huquqbuzarliklarga murosasizlik bilan 
munosabatda bo‘lish, so‘z va vijdon erkinligiga, korrupsiyaviy xavfsizlikni 
shakllantirishga harakatlarida namoyon bo‘ladi.  
3. Jamiyatda korrupsion xavfsizlikni shakllantirishda insonlarning huquqiy 
faolligini ham oshirish talab etiladi. Huquqiy faollik qonunlarni ijrosi, 
huquqbuzarliklar profilaktikasi va huquqlarni e’tirof etilishini nazorat qilinishiga 
asoslanadi. Shu ma’noda, huquqiy faollik shaxsni faol hayotiy pozitsiyada 
turishiga undovchi omildir. 
4. Korrupsiyaga 
qarshi 
kurashda 
mansabdor 
shaxslar 
va 
davlat 
xizmatchilarining mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarilishi samaradorligi 
mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish va bu 
orqali ularning faoliyatiga baho berish yuqori natija namoyon etishi asoslandi. 
5. Davlat 
organi 
davlat 
xizmatchilarida 
adolatlilik 
va 
xolislikni 
shakllantirish, halol xizmatni olib borishga doir axloqiy ta’sir va tarbiya 
mexanizmlarini yaratish, shuningdek, davlat xizmatlarida ochiqlik va beg‘razlilik, 
shaffoflikni shakllantirishga doir yangicha ishlash usullarini tadbiq etilayotganligi 
ham manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
6. Jamiyatda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda mansabdor shaxslarni 
turli sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni cheklashi, yoki yaqin 
qarindoshlarini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga doir aniq qoidalarni 
ham ishlab chiqishni talab etadi. 


77 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling