Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1700175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar 
1. Korrupsiya davlat xizmati tizimidagi hodisa sifatida davlat xizmatchilari 
yoki ularning vositachilari yordamida mulkiy boylik orttirishga qaratilgan, o‘z 
mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanish, davlat xizmatchilarini, jismoniy va 
yuridik shaxslarni sotib olish kabi turli huquqqa zid harakatlarni o‘z ichiga oladi. 
2. Islom dinida ham pora berish va olish la’natlanganligi va bunday illatlarga 
aloqadorlik gunoh amal ekanligi turli shakllarda qayd etilgan. Islom dinida bir 
insonning boshqa bir insonning molini olib qo‘yishi, uni norozi qilgan holda 
o‘zlashtirib olishi, biror bir ishga mas’ul qilingan insonning halolu-pok bo‘lib 
ishlashi, ishni tashkil etishi, belgilangan miqdordan ortiqcha xizmat haqi olishi 
harom ekanligi belgilab qo‘ilganligi kelib chiqadi. 
3. Rivojlangan davlatlar, davlat xizmatlari bilan bog‘liq barcha amaliyotlarni 
raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy munosabatlarga asos bo‘luvchi sharoitlarni 
52
Rose-Ackerman S. The Political Economy of Corruption // Corruption and the global economy / Ed. Elliott K. A. 
— Washington, DC: Institute for International Economics. — 1997. — P. 31. 


40 
minimallashtiriga alohida e’tibor qaratishadi va inson omilini imkon darajasida 
cheklash ishlariga alohida urg‘u berishlar yuqori samaradorlikni namoyon qilishi 
ma’lum bo‘ladi.  
4. Korrupsiyaga qarshi kurashda mansabdor shaxslarning o‘z vazifalarini
bajarishi uchun aniq standartlarning ishlab chiqilganligi va uni bajarish
yuzasidan xodim ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishni ta’minlashning
mavjudligi, nazoratni ta’minlash uchun ko‘pincha avtonom ishlaydigan maxsus
bo‘limlar tashkil qilinishi muhim ekanligi xulosa qilindi. 
5. Korrupsiyani vujudga kelishida ikki tomonlama dialektik bog‘lanishlar 
mavjud: Bir tomondan, korrupsiyaga qarshi kurashish uning ta’sirini va zararini 
kamaytirishi mumkin, boshqa tomondan bu illat keng tarqalishi o‘tish davri 
muammolarini ham keskinlashtiradi. Shunday ekan korrupsiyaviy xavfsizlikni uni 
keltirib chiqaruvchi muammolar va shart-sharoitlarni yo‘q qilish bilan bartaraf 
etish mumkin bo‘ladi. Buning uchun esa, korrupsiyaga qarshi kurashda barcha 
sohalarda kompleks kurash mexanizmlari ishlab chiqish va jamiyatda bu illatga 
qarshi keskin murosasizlikni yuzaga keltirish kerak bo‘ladi. 
6. Korrupsiyaviy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyati uning xufiyoni va 
munosabatga kirishuvchi har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi bilan 
belgilanadi. Ya’ni, korupsiya jinoyati bu munosabatga kirishgan tomonlarning 
o‘zaro manfaatli kelishiuvchi asosida sodir etiladi. Shuning uchun ko‘p holatlarda 
tegishli kurashuvchi organlarga shikoyat qilinmaydi. Shu bilan birga bugungi 
kunda ko‘p davlatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga ishonchsizlik 
shakllanib qolganligi uchun ham pora so‘rash holatlariga tegishli oranlarga 
shikoyat qilinmaydi. 
7. Korrupsiya 
holatlar 
ko‘p hollarda davlat organlari faoliyatini 
tushunmaslik asosida kelib chiqadi. Ya’ni ma’lum bir davlat organining ishlash 
tizimi, vakolatlari va tartibini yaxshi bilmaydigan fuqaro mazkur faoliyat 
mutaxassisi tomonidan qo‘yilgan barcha talablarni bajaradi. Bunday bo‘lishi 
mumkin emas degan fikrga kelmaydi. Jamiyat a’zolarining huquqiy savodxonligini 
yuqori bo‘lishi, davlat organlari faoliyati va vakolatlari to‘g‘risida bilimga ega 


41 
bo‘lishi, davlat xizmatlari to‘g‘risida ularda dastlabki reprezentativ ma’lumotlar 
mavjud bo‘lishi juda muhim hisoblanadi.  
8. Jamiyatda qonunchilik asoslarining mustahkamligi va qonunlarning to‘liq 
ishlashi barcha huquqbuzaprliklar uchun eng samarali kurash usulidir, aslida. Har 
qanday 
ijtimoiy 
muammolar 
qonunlarning 
yaxshi 
ishlamasligi 
yoki 
qonunchilikdagi bo‘shliqlarning ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Qonunlarni 
takomillashtirilmasligi va yetarli darajada qonunchlik tizimi rivojlanmaganligi 
korrupsiyaviy munosabatlar uchun yo‘l ochishi ma’lum bo‘ladi. 


42 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling