Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1700175
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19


SOXIBOV SALOHIDDIN ANVAR O‘G‘LI 
 
 
 
JAMIYATDA KORRUPSIYADAN XAVFSIZLIK: IJTIMOIY-FALSAFIY 
TAHLIL 
(Monografiya) 
 
 
Farg‘ona-2023 



Soxibov S.A Jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil. 
Monografiya– Farg‘ona, 2023. – 129 b. 
Monografiyadan 
jamiyatda 
korrupsiyaga 
qarshi 
murosasizlikni 
shakllantirishda 
va 
korupsiyaga 
qarshi 
kurash 
jarayonida, 
manfaatlar 
to‘qnashuviga qarshi jamoatchilik monitoringini olib borishda, shuningdek 
nodavlat tashkilotlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida, ta’lim tizimida 
korrupsiyaga qarshi kurashda metodik manba sifatida foydalanish mumkin.  
Mas’ul muharrir: 
A.A.Abdumalikov – falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Taqrizchilar: 
I.B.Siddiqov – falsafa fanlari doktori(DSc), dotsent 
I.A.Rustamov – falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 
Musahhih: 
Monografiya Farg‘ona davlat universiteti Kengashining 2023 yil .... - 
oktyabrdagi .... - son yig‘ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlangan va nashrga tavsiya 
etilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH
Jahonda korrupsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy tahdidi salbiy 
transnatsional jihat va xususiyatlarining oldini olishga doir xalqaro me’yor va 
normalarni takomillashtirishni taqozo etmoqda. Insoniyat taraqqiyotini barqaror 
rivojlantirish, 
jamiyatda 
korrupsiya 
xavfsizligini 
ta’minlashga xalqaro
hamjamiyatning muhim strategik muammosi sifatida qaralmoqda. Korrupsiyaning 
dunyo iqtisodiyotiga yiliga keltirayotgan 2,6 trillion dollar zarari yalpi ichki 
mahsulotining 5 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda
1
. Korrupsiyaga qarshi 
kurash, uning oldini olishga doir standart va indekslar (Corruption Perception 
Index) ishlab chiqilmoqda. Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurash 
mexanizmlarini takomillashtirishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash tashkiliy, 
huquqiy va ta’limiy shakllarda amalga oshirilmoqda.
Dunyoda korrupsiyaga qarshi kurashning natijador shakl va usullarini 
ommalashtirish, korrupsiyadan holi hududlarda manfaatlar muvozanatini hosil 
qilishga 
oid 
amaliy 
tadqiqotlar 
amalga 
oshirilmoqda. 
Korrupsiyaviy 
munosabatlarning sabab va oqibatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar (The 
Internet Center for Corruption Research, Germaniya), korrupsiyaning ko‘lami va 
jamiyat hayotiga ijtimoiy ta’sirini o‘rganishga qaratilgan ilmiy loyihalar (The 
Centre for the Study of Corruption, Buyuk Britaniya), korrupsiyaning shakl va 
ko‘rinishlarilarini aniqlashga (Research Centre on Transnational Crime, Italiya) 
doir ilmiy loyihalar ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Rivojlangan davlatlar 
amaliyotida korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligi xalqaro Transparency 
International markazi tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ishlab 
chiqilayotgan dasturlarda o‘z ifodasini topmoqda. Korrupsiya tahdidining 
murakkabligi jamoaviylikni talab etishi tufayli ijtimoiy omil va mexanizmlarni 
rivojlantirishga doir ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
1
Korrupsiyaga qarshi standart (ISO 37001:2016) https://huquqiy portal.uz/news/2020/08/07/korrupsiyaga-qarshi-
standart-iso-37001-2016/536 // 



O‘zbekiston taraqqiyotining yangi strategiyasida korrupsiyaning sodir 
etilishiga imkoniyat yaratayotgan sabab va omillarni aniqlash hamda ularni 
bartaraf etishga doir tashkiliy-huquqiy asoslarni mustahkamlash maqsadida ilmiy 
izlanishlar mo‘ljallangan. «Hozirgi kunda insoniyatning kelajagiga raxna 
solayotgan ushbu illatga qarshi global, mintaqaviy hamda alohida davlatlar 
miqyosida keng qamrovli va ko‘p taraflama yondashuvga asoslanib kurash olib 
borilmoqda»
2
. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yangicha 
tartibotini yaratish, bu orqali «Korrupsiyani qabul qilish indeksi» reytingidagi 
ko‘rsatkichlarni yaxshilash ko‘zda tutilmoqda. Jamiyatda korrupsiya tahdidi 
manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining yangicha shakli va ko‘rinishlariga qarshi 
kurash mexanizmlarini muntazam takomillashtirib borish zaruriyatini keltirib 
chiqarmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi O‘RQ-419-son 
«Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022−2026 yillarga 
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida», 2021 yil 
6 iyuldagi PF-6257-son «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish 
muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin 
kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi Farmonlari, 2020 yil 29 iyundagi PQ-4761-son «Korrupsiyaga 
qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori hamda 
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda 
ushbu monografiya muayyan darajada xizmat qiladi. 
Korrupsiyadan xoli jamiyatni yaratish, adolatli boshqaruvni tashkil etish, 
halol boshqaruvchilarni tarbiyalash masalalari qadimgi yunon faylasuflari Pifagor, 
Suqrot, Aflotun, Arastu va Epikur qarashlarida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, 
keyinchalik mazkur muammoga islom falsafsi nuqtai nazaridan yondashgan Sharq 
falsafasi mutafakkirlarining ilmiy qarashlarida keng va atroflicha tadqiq etilgan. 
2
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –Toshkent.: O‘zbekiston. 2022. – 422 b. 



Jumladan, Aziziddin Nasafiyning «Zubdat ul-haqoyiq» (Haqiqatlar 
qaymog‘i), 
Jaloliddin 
Rumiyning 
«Ma’naviy-masnaviy», 
«Ichingdagi 
ichingdadur», Abu Homid Muhammad G‘azzoliyning «Mukoshafat ul-qulub» kabi 
asarlarida halol va pok yashash, vijdonan ish yuritish, ezgu qalb istaklari asosida 
hayot kechirish masalalari talqin etilgan. Shuningdek, korrupsion munosabatlardan 
xoli farovon jamiyatni yaratish shartlari, adolatli va oqil vazir munosabatlari, 
boshqaruv shakllari to‘risidagi fikrlarni Markaziy Osiyo mutafakkirlari Al-
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy asarlarida 
uchratish mumkin.
Adolatli jamiyat, qonun ustuvorligiga erishish, vijdonan yashash, halol va 
pok hayot kechirish, umuman olganda insonning ichki erkinligi asosida huquqining 
o‘ziga xos jihatlariga yangicha yondashuv Yangi davr falsafasida, chunonchi 
R.Dekart, B.Spinoza, I. Kant, F.Gegel, I.Fixte, A.Shopengauer, Z.Freyd, 
V.Shelling, A.Bergson kabi faylasuflar ijodiga borib taqaladi. Jumladan vijdonan 
yashash, insonning ichki erkinligi ustuvorligida umr kechirish qoidalarini
A.Shopengauer «iroda» va «fahm-farosat» tushunchasi bilan bog‘lagan. F.Shelling 
«mutlaq aql» g‘oyasining namoyon bo‘lishi tarzida yondashgan.
G‘arb mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy-huquqiy 
jihatlari, korrupsiyaviy munosabatlarning yuzaga kelishi, manfaatlar to‘qnashuvini 
keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlar va psixologik omillar K.Darden, P.Mauro, 
L.Pelligrini, S.Tihonen, S.Vidmalm, R.Uvilim, K.Elliot, A.Haydenhaymer va 
M.Johnson kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan
3

3
Darden K. The Integrity of Corrupt States: Graft as an Informal State Institution / K.Darden // Politics and Society. 
2008. Vol. 36. № 1. R. 35 – 59;
3
Johnston M. Syndromes of Corruption. Wealth, Power and Democracy. – New 
York: Cambridge University Press, 2005. –267 p; Mauro P. The Effects of Corruption on Growth and Public 
Expenditure / Edited by A.J. Heidenheimer, M. Johnston // Political Corruption: Concepts and Contexts. – Third 
Edition. – New Jersey: New Brunswick, 2007. – P. 339-352; Pellegrini L. Corruption, Development and the 
Environment / L. Pellegrini. – New York: Springer Science+Business Media, 2011. -160 p; Tiihonen S. The history 
of corruption in central government / S. Tiihonen. – Amsterdam: IOS Press, 2003. – 215 p;
Widmalm S. 
Decentralisation, Corruption and Social Capital / S. Widmalm. – USA, California: SAGE publications, 2008. –231 
p; Williams R. Party finance and political corruption: Problems & Prospects / R. Williams. – New York: St. Martin's 
Press, 2000. – 224 p; Widmalm S. Decentralisation, Corruption and Social Capital / S. Widmalm. – USA, 
California: SAGE publications, 2008. –231 p; Williams R. Party finance and political corruption: Problems & 
Prospects / R. Williams. – New York: St. Martin's Press, 2000. – 224 p; Elliott K.A. Corruption as an International 
Policy Problem: Overview and Recommendations. – Washington: Institute for International Economics, 1997. – pp. 



Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida korrupsiyaning oldini 
olishga doir omilni yanada shakllantirish masalalari I.A.Aleksandrova, 
A.V.Kurakin, 
K.Baybolov, 
L.Y.Blyaxer 
va 
N.A.Pegin, 
A.V.Daxinlar; 
korrupsiyaga 
qarshi 
kurashda 
qonunchilikni 
mustahkamlash 
va 
jazo 
mexanizmlarini 
qat’iylashtirishning 
huquqiy 
asosalari 
K.V.Kabanov, 
S.Y.Kabashov, T.L.Kozlov, O.N.Kostyuk, G.Pechenkin, K.V.Chashin kabi olimlar 
tomonidan tadqiq etilgan
4

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ta’sirchan mexanizmlarini 
ishlab chiqish, jamiyatda mazkur illatga murosasiz munosabatni shakllantirish 
hamda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga doir ilmiy izlanishlar X.Meliyev, 
K.Tojiboyev, M.Sh.Usmonovalarning ilmiy izlanishlarida o‘rganilgan bo‘lsa, 
korruspyaga qarshi kurashda boshqaruv va davlat xizmatlari tizimini 
takomillashtirish masalalari M.H.Musayev, E.H.Norbo‘tayev, Y.S.Po‘latov, 
A.O.Rasulov, 
M.X.Rustamboyevlar 
hamda 
korrupsiya 
xavfsizligini 
shakllantirishning huquqiy jihatlari B.J.Ahrorov, A.X.Sattorov kabi olimlar 
tomonidan tadqiq etilgan
5
.
175-233; Heidenheimer A., Johnston M., Levine V. (dir. publ.). Political Corruption: A Handbook. – New 
Brunswick: Transaction Publishers, 1989. –456 r. and. 
4
Aleksandrova I.A., Kondrashkin V.M Sovremennaya ugolovnaya 101 politika po protivodeystviyu korrupsii // 
Yuridicheskaya nauka i praktika: Vestnik Nijegorodskoy akademii MVD Rossii. – 2013. – № 22. –29 – 32 s.; 
Kurakin A.V. Administrativno-pravovie sredstva preduprejdeniya i presecheniya korrupsii v sisteme 
gosudarstvennoy slujbi Rossiyskoy Federatsii. Avtoref. Diss. na sois. uch. st.dok. yur. nauk. – Lyubersi: 2008.–9 s.; 
Kurakin A.V. Administrativno-pravovie sredstva preduprejdeniya i presecheniya korrupsii v sisteme 
gosudarstvennoy slujbi Rossiyskoy Federatsii. Avtoref. Diss. na sois. uch. st.dok. yur. nauk. – Lyubersы: 2008.–9 
s.; Baybolov K., Sidikova L., Sidikova A. Korrupsiya. Vzyatochnichestvo. Otvestvennost (voprosi teorii i praktiki). 
–Bishkek: KRSU,1999.–120 s;. Barabashev A.G. i dr. Korrupsiya i konflikt interesov // Obshestvennie nauki i 
sovremennost. – 2010. – № 2. – S. 94 – 102.; Blyaxer L.Y., Pegin N.A. Korrupsiya kak politicheskaya problema: 
kto, kak i zachem srajaetsya s korrupsiey v Rossii // Politiya. – 2012. – № 4. – S. 26 – 29.; Kabanov K.V. 
Korrupsiya: obshaya situatsiya i tekushie realii // Obshestvennie nauki i sovremennost. – 2011. – № 5. – S. 34 – 36.; 
Kabashov S. Y. Uregulirovanie konflikta interesov i protivodeystvie korrupsii na gosudarstvennoy i munitsipalnoy 
slujbe. – M.: Infra-M, 2012.; Kozlov T.L. O razvitii instituta deklarirovaniya doxodov publichnimi slujashimi // 
Voprosi pravovedeniya. – 2012. – № 2. – S. 207 – 217.; Kostyuk O.N. Poryadok razresheniya konflikta interesov 
na gosudarstvennoy slujbe // Mir sovremennoy nauki. – 2012. – T. 3. –S. 83 – 91.; Pechenkin G. Transparency 
International: po urovnyu korrupsii Rossiya – eto Nigeriya [Elektronniy resurs] Dostup iz: http://www.mk.ru. (data 
obrasheniya: 15.12.2015);
4
Baybolov K., Sidikova L., Sidikova A. Korrupsiya. Vzyatochnichestvo. Otvestvennost (voprosi teorii i praktiki). –
Bishkek: KRSU,1999.–120 s;. Barabashev A.G. i dr. Korrupsiya i konflikt interesov // Obiestvennie nauki i 
sovremennost. – 2010. – № 2. – S. 94 – 102. 
5
Meliyev X. Korrupsiyaga qarshi kurash muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar 
materiallari 2009 yil 20-21 oktabr. –T.: «CHASHMAPRINT», 2010. -B.139.; Tojiboev K. Mansab mavqeini 
suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zgalar mulkini talon–taroj qilganlik uchun javobgarlik. – T.: TDYI. 2004. – 13 b.; 
Usmonov M.Sh. Xalqaro huquq normalari va milliy qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurash masalalari. . 



Monografiya orqali quyidagi ilmiy maqsadlarni hal qilish belgilab olingan: 
korrupsiya xavfsizligini tadqiq etish va nazariy tizimlashtirish asosida 
korrupsiyaviy munosabatlarning deterministik asoslarini ochib berish;
korrupsiya xavfsizligini shakllantirishda javobgarlikning muqarrarligi 
prinsipini keng joriy etish orqali ijtimoiy munosabatlarda ishonchsizlik,
mas’uliyatsizlik, qonunbuzarlikni bartaraf etish yo‘llarini asoslash; 
uzluksiz ta’lim tizimida sog‘lom huquqiy tafakkurni rivojlantirishning 
zamonaviy innovatsion usullarini joriy etish orqali kadrlarda korrupsiyaviy 
munosabatlarga 
murosasizlikni, 
halollik 
vaksinasini 
singdirish 
asosida 
shakllantirishning falsafiy jihatlarini isbotlash; 
davlat organlari faoliyatida ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash va 
mansabdor shaxslarning axloqiy mas’uliyatini shakllantirish asosida korrupsion
holatlarga qarshi kurashning samarali tizimini yaratish mumkinligini asoslash. 
Monografiyaning ilmiy ahamiyati unda ilgari surilgan g‘oyalar hamda 
umumlashtirilgan ilmiy xulosalardan falsafiy tadqiqotlarda boshlang‘ich manba 
sifatida foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Monografiyadan 
jamiyatda 
korrupsiyaga 
qarshi 
murosasizlikni 
shakllantirishda 
va 
korupsiyaga 
qarshi 
kurash 
jarayonida, 
manfaatlar 
to‘qnashuviga qarshi jamoatchilik monitoringini olib borishda, shuningdek 
nodavlat tashkilotlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida, ta’lim tizimida 
korrupsiyaga qarshi kurashda metodik manba sifatida foydalanish mumkin.  
Korrupsiyaga qarshi kurash muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari 2009 
yil 20-21 oktabr. –T.: «CHASHMA PRINT», 2010. – b. 76-77.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling