Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)


II BOB. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MILLIY


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1700175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
II BOB. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MILLIY 
STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY 
JIHATLARI 
2.1-§. Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqiy madaniyatni
rivojlantirishning deterministik xususiyatlari 
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida korrupsiyaga qarshi kurash 
yangi bosqichga olib chiqildi. Bu illatga qarshi kurashishning kompleks 
mexanizmlarini yaratishga doir islohotlar olib borilmoqda. Bu jarayonda 
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z faoliyatini olib boruvchi davlat 
organlarining huquq va vakolatlari, amalga oshiradigan ishlarining ko‘lami va 
o‘zaro integratsion faoliyatini samaradorligini ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ko‘rib 
chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zero, «Transparency international» 
tashkilotining «Korrupsiyani qabul qilish» indeksida 2020 yilda O‘zbekiston 2019 
yildagiga nisbatan 7 pog‘ona yuqorilab, indeks bahosida qatorasiga 4 yil davomida 
barqaror o‘sishga erishdi. Korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kundagi dunyo 
hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. Uning 
davlatlar, mintaqa iqtisodiyoti, siyosati, ijtimoiy hayotiga halokatli ta’sirini ayrim 
mamlakatlar inqirozi misolida ko‘rishimiz mumkin»
53
. Shuningdek, Korupsiya 
to‘g‘risidagi xavotirli mulohazalar dunyoning eng yuksak minbarlaridan ham tez-
tez yangramoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish jahon hamjamiyati 
korrupsiya tufayli har yili 2,6 trillion AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rayotganini 
ta’kidlashining o‘ziyoq masalaning mohiyatini namoyon etib beradi. 
Bugungi kunda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
yuksaltirish, 
jamiyatda 
korrupsiyaga 
nisbatan 
murosasiz 
munosabatni 
shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu 
borada jamiyatimizning yangi taraqqiyot bosqichida ko‘plab ta’limiy va tashkiliy 
hamda qonunchilik asoslarini mustahkamlash bilan bog‘liq ishlar amalga 
53
Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy birdamlikni talab yetadi. https://anticorruption.uz/uzc/item/ 
2021/04/06/ 2021. 6 aprel. 


43 
oshirilmoqda. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatda 
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish 
to‘g‘risida»gi farmoni ham mazkur tizimni takomillashtirish, korrupsiyaviy 
xavfsizlikni shakllaentirishni yangi bosqichga chiqarishga qaratilgan ishlarning bir 
qismi hisoblanadi. 
Huquqshunos olim Z.Islomov o‘zining tahlillarida, «huquqiy madaniyat – 
keng ko‘lamli, ma’nodor tushunchadir. Uning tahlili maxsus tadqiqot mavzusini 
taqazo qilishi mumkin va bu tabiiy»,- deb ko‘rsatsa, «yoshlarning huquqiy 
madaniyati» degan tushunchaga ta’rif berib, bu soha mutaxassilari shuni alohida 
qayd etishadiki, «Yoshlarning huquqiy madaniyatini muayyan tarixiy tushunish, 
unda bu tashuncha tuzilishi va kelib chiqishi jihatidan predmetning sub’ektiv 
mazmunini takrorlaydi, yoshlarning huquqiy madaniyatini ijtimoiy ong 
shakllaridan biri, deb tushunishni istisno etmasligi u yoqda tursin, hatto taqazo 
etadi ham»
54
. Huquqshunos olima Ra’no Turdiboyeva huquqiy madaniyat deganda 
– insonning huquqiy savodxonlik darajasi, qonunlarga bo‘lgan hurmati, huquqiy 
normalarni ijro etish, hayotga tadbiq eta olish ko‘nikmasi, huquqbuzarlarga 
nisbatan murosasizlik, huquqiy faollik hamda tashabbuskorlik darajasini tushunish 
kerakligini uqtiradi
55
. Yana bir olim A.F.Nikitin esa huquqiy madaniyat 
tushunchasiga ta’rif berib, uning mohiyatini ochib berar ekan, huquqiy madaniyat 
nima, u qanday bo‘limlardan tashkil topganligini bilish uchun uni bino shaklida 
tasavvur etishni taklif etadi va bu binoni uch qavatdan iborat, deb ko‘rsatadi. 
Jumladan, binoning birinchi qavatiga huquqiy bilimlar va ulardan foydalana 
olishni joylashtiradi. Ikkinchi qavatiga huquqqa bo‘lgan munosabatni va nihoyat 
uchinchi qavatga huquqiy mazmunga ega bo‘lgan vaziyatlarda shaxsning faoliyati 
va xulq-atvorni kiritadi. Har qanday bino singari ham bu uyning ham poydevori 
mavjud bo‘lib, uni axloqiy va mafkuraviy, siyosiy qarashlar, e’tiqodlar tashkil 
54
Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. –Toshkent: T.2. O‘zR IIV Akademiyasi. 1998.
– B. 181-182. 
55
Turdiboyeva R. Huquqiy madaniyat va yoshlar. // Huquq-Pravo. 1998. №4. –B. 18-21 


44 
etishini ta’kidlaydi
56
. Demak, shaxsning huquqiy ongi turli ob’ektiv va sub’ektiv 
omillar ta’sirida ziddiyatlidir. U bir tekis rivojlanmaydi, balki, u bir vaqtning 
o‘zida ham ijobiy, ham salbiy qarashlar va e’tiqodlarni qamrab oladi. Shaxsning 
huquqiy madaniyati umume’tirof etilgan ijtimoiy qadriyatlar nuqtai nazaridan 
qaraganda, individual qarashlar, baholar, sabablar, huquqiy yo‘l-yo‘riqlar bo‘lib, 
ular huquq va majburiyatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniy 
hamda ijtimoiy faol harakatga asos bo‘ladi. Shaxsning huquqiy madaniyati - 
huquqiy ongni aniq maqsadni ko‘zlab tarbiyalash natijasi, uning eng yuqori 
bosqichidir. 
Darhaqiqat, demokratik huquqiy davlatni vujudga keltirishning ilk va asosiy 
shartlaridan biri jamiyat a’zolarida zarur darajadagi huquqiy madaniyatni 
shakllantirishdir. Jamiyat iqtisodiy, siyosiy hayotining tub islohot etilishi huquqiy 
madaniyatni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni yaratib bermoqda, insonlarni 
haq-huquqlarini kafolotlamoqda. Umuman olganda, demokratiya darajasi xalqimiz 
qonun va qarorlar qabul qilinishidan xabardorligi, davlatni bevosita yoki bilvosita 
boshqarishdagi ishtiroki bilan baholanadi. Demookratik huquqiy davlatning eng 
muhim belgisi – bu jamiyatga qonun ustuvorligi prinsipidir. Shuningdek, huquqiy 
ta’lim va tarbiya ustuvorligi asosida jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlikni 
shakllantirishda, korrupsiyaviy munosabatlarni ommalashib ketmasligida ijtimoiy 
ongda huquqiy madaniyatni rivojlantirish va huquqiy ta’lim-tarbiya samaradorliga 
bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘lmoqda. Chunki ko‘p holatlarda korrupsiyaviy 
munosabatlar insonlarning huquqiy madaniyatsizligi asosida yuzaga kelmoqda. 
Yoki mazkur munosabatning qonunchilik bilan jazolanishidan behabarlik yoki 
undan qo‘rqmaslik, aksar holatlarda jazo choralarining qat’iy emasligida ekanligi 
kelib chiqmoqda.
Jamiyat – davlat tizimidagi munosabatlar yuqoridagi ikki tizimdagi 
munosabatlarnikidan ko‘p qirrali, murakkab va chambarchas bog‘liqdir. Oldingi 
tizimlardagi munosabatlarda shaxs jamiyat yoki davlat bilan aloqalarini to‘xtatish 
56
Nikitin A.F. Chto takaya pravovaya kultura? –M.: Prosveshenie. 1998. –S.23-26 


45 
imkoniga ega bo‘lsa, jamiyat – davlat pog‘onasida bunday qilish imkoni yo‘q, agar 
shunday qilinsa, sotsiumda, ijtimoiy borliqda boshboshdoqlik, xaos yuzaga keladi, 
bu esa ko‘pincha qo‘pol, yovuz kuchlarni davlat tepasiga olib kelgan, diktaturani 
shakllantirgan. Jamiyat ham o‘z munosabatlarida davlatga qarshi bormaslikni 
istaydi, uni o‘ziga xizmat qildirishni afzal ko‘radi. Shunday yondashish eng avvalo 
o‘ziga zarur ekanini jamiyat biladi, tushunadi. Agar buni davlat ham tushunsa, 
bilsa, ular o‘rtasidagi munosabatlar pozitiv xususiyat kasb etadi, har ikkala sub’ekt 
ham o‘zining demokratik xarakterini ifoda qiladi. 
«Shaxs – jamiyat va shaxs – davlat tizimlari o‘rtasidagi aloqalar dinamik 
xarakterga ega bo‘lgani uchun jamiyat – davlat tizimi faol harakat qiladi, ularda 
bo‘layotgan o‘zgarishlarni tez ilg‘ab, zarur chora-tadbirlar qo‘llab boradi. Shuning 
uchun jamiyat – davlat tizimi umumiy ijtimoiy, siyosiy va huquqiy qadriyatlarni 
belgilab beradi»
57
. Ha, jamiyat – davlat tizimi butun ijtimoiy borliqqa, sotsiumga 
taalluqli qonunlarni, dasturlarni, strategiyani ishlab chiqadi, fuqarolarning xatti-
harakatlarini sotsionormativ belgilab beradi. Aynan ushbu faoliyatida tizimning 
demokratik asoslari va xususiyatlari aks etadi. 
Biroq, fuqarolar orasida o‘z huquqlarini bilmaslik, huquqiy madaniyatsizlik, 
qonunlarga bepisand munosabat, huquqiy savodsizlik holatlari ham uchrab 
turibdiki, bu bevosita korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini pasayishiga, 
korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yuzaga kelgan holatning sabablari, bizningcha quyidagilardan iborat:
- so‘nggi yillarda ro‘y bergan va ko‘pgina ijtimoiy institutlarning mohiyat-
mazmunini o‘zgartirib yuborgan ijtimoiy voqelik tadqiqotchilarning ilgari ta’rif 
berilgan umumnazariy va amaliy huquqiy tarbiya kategoriyalaridan voz kechishga 
majbur qildi;
- jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashning aniq tizimi mavjud emas va bu 
insonlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirgan. Bu esa, o‘z navbatida, 
57
Musayev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari. –T.: O‘zbekiston. 2007. – 82 b. 


46 
mazkur hodisaning dinamikasi, qonuniyatlari va korrelyatsion aloqalarini aniqlash, 
ularga asoslangan holda korrupsiyani prognoz qilish imkonini bermaydi;
- har qanday ijtimoiy-salbiy hodisani huquqiy tadqiq qilishdan maqsad uning 
jamiyatga salbiy ta’sirini kamaytirishdan iborat. Shu sababli korrupsiyani oldini 
olish sohasidagi amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan faoliyatning shakllari va 
usullariga e’tiborsizlik korrupsion munosabatlarning salbiy dinamikasida barqaror 
natijalarga erishish yo‘lidagi to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Tadqiqotchi olim F.Musayevning ko‘rsatishicha, jamiyat – davlat tizimiga 
Prezident instituti, Oliy Majlis, Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud, referendum, 
saylov tizimi kabilar kiradi. Ular qabul qilgan huquqiy hujjatlar, dasturlar, qarorlar 
butun jamiyatga taalluqli ekani bilan ajralib turadi. Bu o‘rinda O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasini misol qilib keltirish mumkin. «Konstitutsiyaviy 
huquqning mazmuni, – deb yozishadi Respublikamizdagi yetakchi huqushunoslar, 
– ko‘p jihatdan jamiyatdagi turli qarama-qarshiliklar (ziddiyatlar), – ijtimoiy 
guruhlar manfaatlari «to‘qnashuvining» xususiyatiga bog‘liq. Demokratiya va 
inson huquqlari ideallari qaror topgan mamlakatlarda konstitutsiyaviy huquq 
ijtimoiy kelishuv (murosa)ning ifodasi sifatida maydonga chiqadi»
58
. Ya’ni 
Konstitutsiya xalq irodasining ifodasi sifatida ijtimoiy murosani ta’minlashga 
xizmat qiladi, shu tariqa butun jamiyatga taalluqli ijtimoiy-huquqiy mexanizmga 
aylanadi. 
Huquqshunos Zayniddin Jo‘rayevning fikricha, «korrupsiya bilan bog‘liq 
jinoyatlarning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish esa bu turdagi 
jinoyatlarning asosiy sabablaridan biri aholining huquqiy ongi va huquqiy 
madaniyatining yetarli darajada rivojlanmaganligi, huquqiy ta’limning zaifligi 
bilan bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Chunki beruvchi bo‘lmasa, oluvchi ham 
bo‘lmaydida! Erkin va demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish 
yo‘lida aholining huquqiy ongi va madaniyatini, shuningdek, huquqiy 
savodxonligini yuksaltirish har doim dolzarb vazifalardan biri hisoblanib kelgan. 
58
Tadjixanov U., Odilqoriev X., Saidov A. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. –T.: Sharq, 2001. 
– 8 b. 


47 
Shunday ekan, mazkur tushunchalar huquqiy ta’lim jarayonida vujudga keladi va 
takomillashadi»
59
. Demak, huquqiy ta’lim deganda, nafaqat maxsus ta’lim 
muassalaridagi, balki, ta’lim tizimining barcha bosqichlariga xos bo‘lgan bilim 
olishni tushunish lozim. Jumladan, huquqiy ta’lim nafaqat yuridik kadrlarni 
tayyorlashda, balki, butun aholining huquqiy ongi va savodxonligini oshirishga 
qaratiladi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurash o‘z ichiga nafaqat huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar faoliyatiga taalluqli, balki butun jamiyat a’zolarining 
hamkorlikdagi ishtirokini talab etuvchi ko‘pqirrali murakkab jarayon bo‘lib, 
kompleks chora-tadbirlardan iborat. 
Bugungi kunda jamiyatimizning yangi taraqqiyot bosqichida jamiyatning 
ijtimoiy fikrlash tarzini, hayotga bo‘lgan munosaabini o‘zgartirish masalalariga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki ijtimoiy o‘zgarishlar jamiyat ongini 
o‘zgartirish, yashashga, ilm olishga, san’atga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish 
asosida bo‘lda. Bu jarayonda insonlarning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi o‘zgarishi 
bilan birga huquqiy madaniyati ham rivojlanib boradi. Insonlarning huquqiy 
madaniyatini 
rivojlanishi 
ularda 
o‘z 
haq-huquqlarini 
talab 
qilish, 
huquqbuzarliklarga murosasizlik bilan munosabatda bo‘lish, so‘z va vijdon 
erkinligiga, korrupsiyaviy xavfsizlikni shakllantirishga harakatlarida namoyon 
bo‘ladi. «Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga 
oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy 
ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – 
demokratik jamiyat poydevori va huquqiy yetuklik ko‘rsatkichi bo‘lib, 
fuqarolarimizning siyosiy va huquqiy ongini yuksaltirmasdan turib amalga 
oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga erishish mushkul. Aholining siyosiy, 
huquqiy ongi, madaniyati, bilimi darajasini oshirishni esa huquqiy ta’lim va 
tarbiyani ta’minlamasdan, uni amaliyotda to‘g‘ri, tizimli yo‘lga qo‘ymasdan turib 
erishib bo‘lmaydi»
60
. Demak, aytish mumkinki korrupsiyaga qarshi kurashish 
59
Jo‘rayev 
Z. 
Korrupsiyaga 
qarshi 
kurashishda 
huquqiy 
ta’limning 
ahamiyati 
// 
https://soh.uz/index.php?/site/view/news/1055. 
60
Jo‘rayev 
Z. 
Korrupsiyaga 
qarshi 
kurashishda 
huquqiy 
ta’limning 
ahamiyati 
// 
https://soh.uz/index.php?/site/view/news/1055. 


48 
hamda uni oldini olishda nafaqat mansabdor shaxs yoki davlat xizmatchisini, balki 
butun aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini, huquqiy 
savodxonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqiy madaniyatning 
yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. Yangi 
O‘zbekistonda islohotlarning huquqiy negizini yaratishning bir qancha muhim 
yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirish zarur deb bilamiz bunda, asosiy vazifa 
hozirgi sharoitlarga mos keladigan qonunlarni ishlab chiqish va qabul 
qilishdangina emas, balki ularga og‘ishmay amal qilinishini ta’minlashdan ham 
iborat bo‘lishi lozim. Taniqli huquqshunos olim Sh.I.Urazayevning ta’kidlashicha, 
qonunning o‘zida unga majburiy rioya qilish va uni bajarish g‘oyasi bo‘lishi 
darkor
61
. Demak, qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyat bilan 
hayotga tadbiq etish ko‘p jihatdan yangicha huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni 
shakllantirish bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda so‘ngi yillarda huquqiy targ‘ibotning muayyan tizimi 
yaratildi. Bu ishlar asosan radio, televideniya, huquqiy nashrlar, shuningdek turli 
uchrashuv, davra suhbatlari orqali amalga oshirilmoqda. Ular asosida maxsus 
eshittirish va ko‘rsatuvlar, ruknlar tashkil etilmoqda. Har bir eshittirish va 
ko‘rsatuvlar hayotiy misollar asosida tashkil etilmoqdaki, bu ommani o‘ziga tez 
jalb etmoqda. Aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlar va davra suhbatlari jonli 
muloqot shaklida uyushtirilishi, aholining ko‘plab savollariga javob olishlari bilan 
birga, huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari bilan yaqinlashuvini, ularni faqat 
jazolovchi shaxs emas, balki xalq manfaatini himoya qiluvchi shaxs sifatida 
qarashga ham undovchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Targ‘ibot qanday ko‘rinishda 
bo‘lmasin, kishi ongi, dunyoqarashi kaliti hisoblanadi. Shunday ekan aholida 
huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni shakllantirishda targ‘ibotdan unumli 
va samarali foydalanish zarur. Huquqiy savodxonlik xoh u yosh, xoh u keksa 
bo‘lsin yoki jinsidan qat’i nazar, o‘z huquq va burchini anglash, kelajak hayoti 
uchun zarur bo‘lgan huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lish, Bosh qonundan 
tortib, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini tushunib yetish, 
61
Urazayev Sh. Z. Vlast i zakon.Tashkent.: Fan.1991y. – 47 s. 


49 
fuqarolik va turli huquqiy ko‘rsatmalarni bilish, huquqiy targ‘ibotlarni qanday 
ko‘rinishi bo‘lmasin uni tahlil qila olish, o‘z huququqini himoya qila olishida 
namoyon bo‘ladi. Bu esa qonunni buzish nechog‘lik xatoligini, unga nisbatan 
doimo hurmatda bo‘lish kerakligini tushunishga olib keladi. 
Lekin targ‘ibot-tashviqot uslublari yangicha noan’anaviy ilmiy huquqiy 
asosga qurilsa, ularning samaradaorligi bir necha barobar oshadi. Oilada huquqiy 
savodxonlikni oshirishda esa o‘ziga xos yondashuvlar va targ‘ibot uslublarning 
bo‘lishi lozimligi ilmiy tadqiqotlarda isbotlangan. Demak

qonunlarni keng xalq 
ommasiga tushuntirib bermasdan ularning mohiyatini har bir fuqaroning ongiga 
singdirmasdan turib, huquqiy savodxonlikni yuksaltirish mumkin emas. Qonun 
ustuvorligini ta’minlashda jamiyatning har bir a’zosini qonunlarga itoatkorlik 
ruhida tarbiyalash, har bir shaxsda qonunga nisbatan hurmat tuyg‘usini 
shakllantirish, fuqarolar, ayniqsa yoshlarning huquqiy savodxonlik darajasini 
oshirishga yanada e’tiborni kuchaytirish lozim.
Professor M.Sharifxo‘jayev fikricha, ijtimoiy farovonlikning demokratik 
asoslarini quyidagi yo‘nalishlarga klassifikatsiya qiladi: 
– iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va bozor munosabatlarining 
shakllanganligi, ular asosida yuzaga kelgan bozor iqtisodiyoti; 
– inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz tan olish hamda himoya 
qilish; 
– hokimiyatning suverenligi, erkinligi va demokratik xarakterga ega 
ekanligi; 
– qonun va odil sudlov oldida hammaning teppa-tengligi, shaxsning zaruriy 
huquqiy himoyasi; 
– hokimiyatning bo‘linishi va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqaga asoslangan 
huquqiy davlatning mavjudligi; 
– siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, ochiq muxolifatning borligi, ijtimoiy-
siyosiy hayotda ularning amal qilishi; 
– so‘z va matbuot erkinligi; 
– davlatning fuqarolar shaxsiy hayotiga aralashmasligi, davlat va fuqarolar 
o‘rtasidagi o‘zaro mas’uliyat va majburiyatlarning bajarilishi; 


50 
– ijtimoiy barqarorlik, tinchlik, hamkorlik va milliy totuvlik 
ta’minlanganligi; 
– odamlarga munosib hayot yaratib berishni ta’minlovchi samarali ijtimoiy 
siyosatning olib borilishi kabilardir
62
. Demak, demokratik jarayonlarni 
chuqurlashtirish uchun yaratilayotgan yangidan – yangi imkoniyatlari, shart – 
sharoitlardan imkoni boricha foydalanib, jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni 
shakllantirishda har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Bu esa, jamiyatda 
korrupsiya va korrupsiyaviy munosabatlarga, pora olish va berishga bo‘lgan 
axloqiy va huquqiy bahoni ham shakllantiradi. Huquqlarni bilish va jamiyatda 
huquqiy madaniyatni shakllanganligi korrupsiyaga murosasiz munosabatni 
shakllantiradi.
Shu bilan birga korrupsiyaviy xavfsizlikni shakllantirishda huquqiy 
ta’limning o‘rni ham yuqori hisoblanadi. Chunki huquqiy ta’lim jamiyatda va 
ijtimoiy dunyoqarashda huquqiy savodxonlikni shakllantiradi. «Huquqiy 
savodxonlik va bilimlarni amaliy hayotda qo‘llay olish ko‘p jihatdan huquqiy 
ta’limning mazmun-mohiyatiga bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, 
huquqiy ta’lim har bir shaxsning o‘z huquqlarini bilishi va himoya qilishini 
ta’minlashning zaruriy sharti va asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bu esa 
yoshlarning huquqiy ongini shakllantirishning muhim omili bo‘lgan huquqiy 
ta’limni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlarni muntazam o‘rganib borish, ilmiy 
tahlil qilish hayotiy-amaliy ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi»
63
. Bunda huquqiy 
ta’lim-tarbiya, huquqni o‘qitish, huquqiy savodxonlik, huquqiy bilim, ko‘nikma va 
malakaning o‘rni bilan aloqador masalalarni o‘rganish muhimdir. Yoshlarning 
huquqiy madaniyati ularning huquqiy savodxonlik darajasi, qonunlarga bo‘lgan 
hurmati, huquqiy normalarni ijro etish, hayotga tadbiq eta olish ko‘nikmasi, 
huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, qonunlarga itoatkorlik, huquqiy faollik 
hamda tashabbuskorlik darajasidir. Yoshlarni yuksak huquqiy madaniyati 
jamiyatimiz taraqqiyotini ta’minlaydi.
62
Sharifxo‘jayev M. O‘zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi. –Toshkent.: Sharq, 2003. – 19 b.
63
Jo‘rayev 
Z. 
Korrupsiyaga 
qarshi 
kurashishda 
huquqiy 
ta’limning 
ahamiyati 
// 
https://soh.uz/index.php?/site/view/news/1055. 


51 
Jamiyatning barqaror rivojlanish asosi bo‘lgan qonunlar hayotiy, amaliyot 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi va undan kelib chiqishi lozim. Bunda qonunlar 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish kuchiga ega bo‘lishi kerak. Ijro etuvchi organlar 
qonun osti hujjatlarini qonunga qo‘shimcha kiritish sifatida emas, balki ularning 
ijrosini ta’minlash uchungina qabul qilishlari mumkin. Qonun ustivorligini 
ta’minlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri ham fuqarolarni qonunlarga itoatkorlik 
ruhida tarbiyalash, har kimda, asosan yoshlarda qonunga hurmat tuyg‘usini 
shakllantirishdan iboratdir. Shuningdek, qonunga itoatkorlik – jamiyatning ijtimoiy 
munosabatlari va huquqiy madaniyat rivojlanishi jarayonida shakllanib turadigan 
hodisadir.
Akademik Sh.Z.Urazayev fikriga ko‘ra, «qonunlarga rioya qilish odati 
chuqur anglangan ehtiyoj bo‘lishi kerak. Bu ehtiyojning realligi shundaki, yosh 
inson muayyan huquqiy me’yorlarni bajarish chog‘ida har gal qonun talablarini 
bajarishdan formal zaruriyat uning asosiy ichki ehtiyojiga aylanib qolgani uchun u 
mazkur talablarni tegishlicha qabul qiladi»
64
. Demak, jamiyatda qonunlarga 
itotkorlikni mustahkamligi, unga hurmat va ijtimoiy tartibotning qadrlanishi 
korrupsiyaga qarshi kurashda murosasiz bo‘lish, jamoatchilik nazoratini 
shakllanganiligi va ijtimoiy nazorat institutining faolligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Jamiyatda korrupsion xavfsizlikni shakllantirishda insonlarning huquqiy 
faolligini ham oshirish talab etiladi. Huquqiy faollik qonunlarni ijrosi, 
huquqbuzarliklar profilaktikasi va huquqlarni e’tirof etilishini nazorat qilinishiga 
asoslanadi. Shu ma’noda, huquqiy faollik shaxsni faol hayotiy pozitsiyada 
turishiga undovchi omillardandir. Faol hayotiy pozitsiya va fuqarolik burchiga 
ongli munosabat huquqiy faollikning bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan, birgalikda 
namoyon bo‘ladigan ikki elementini tashkil etadi. Huquqiy faollik har bir 
insonning tashabbuskorligi va ijodiy faoliyatida o‘z aksini topadi. Biz yoshlarni 
yuksak darajada huquqiy madaniyatga ega deb aytishimiz mumkin, qachongina 
uning huquqiy ongi hayotga faol vazifalarni bajarishga qodir bo‘lsagina. Huquqiy 
64
Urazayev Sh. Model zakona: kakoy yey bit?-Tashkent.: Fan .1990. – 40 s. 


52 
faoliyat yoshlarning huquqiy savodxonlik, huquq va qonunlarga bo‘lgan hurmatiga 
tayanadi.
Huquqshunos Zayniddin Jo‘rayevning fikricha, «korrupsiyaga qarshi 
kurashishda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy ong va 
madaniyatini yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, birinchi navbatda, 
huquqiy ta’limga bog‘liq bo‘lib, quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
Birinchidan, shaxsning huquqiy xulq-atvori huquqiy ong bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lib, huquqqa bo‘lgan ruhiy munosabati hisoblanadi. Huquqiy ong 
tarkibida tushuncha, tassavur, baholash, fikr yuritish kabi jarayonlarning huquq 
normalarigina shakllanib qolmasdan, balki huquqiy tizimning turli sohalari (huquq 
ijodkorligi, huquqiy amaliyot, sud, sud jarayoni, jazo tayinlash, adliya organlari 
xizmati, prokuratura va boshqalar) bilan ham bog‘langan. 
Ikkinchidan, shaxs huquqiy ongining rivojlanishi mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarning kelajagiga ta’sir etadi. Chunki, 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning zarurligini, undan oqilona foydalanish 
lozimligini 
anglash, 
amaldagi 
qonun 
hujjatlarining 
mavjud 
ijtimoiy 
munosabatlarga mos kelish-kelmasligini aniqlash va ularga baho bera olish, 
huquqiy qoidalarni o‘rnatish va amalda tatbiq etish huquqiy ong darajasi bilan 
bog‘liq. 
Uchinchidan, shaxs huquqiy ongining shakllanishi huquqiy ta’lim, huquqiy 
savodxonlik, huquqni o‘qitish, huquqiy bilim, ko‘nikma va malakaning darajasi 
bilan belgilanadi. Shaxs huquqiy ta’lim orqali huquq asoslarini, uning asosiy 
normalarini bilib oladi. Shundagina huquqiy tarbiyaning murakkab vazifalari 
bo‘lgan: ta’lim oluvchilarga o‘zining xatti-harakatlarini baholash, o‘zga 
shaxslarning huquqqa munosabati haqida fikr bildirish, huquqiy bilimlarni hayotga 
tatbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilish, qonunga rioya etishni shakllantirish»
65

huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlikni tarbiyalashga erishiladi. 
65
Jo‘rayev 
Z. 
Korrupsiyaga 
qarshi 
kurashishda 
huquqiy 
ta’limning 
ahamiyati 
// 
https://soh.uz/index.php?/site/view/news/1055.  


53 
Korrupsiya xavfsizligini shakllantirishda huquqiy madaniyat ko‘proq 
huquqiy erkinlikni talab etadi. Erkinlik belgisi haqidagi yondashuvda ham bahsli 
tomonlar mavjud. Masalan, kishilarning ijtimoiy-siyosiy yoki iqtisodiy erkinligini 
taqiqlagan jamiyat, davlat uchramaydi. To‘g‘ri, erkinlikning dushmanlari – 
jaholatparast, aqidaparast, zo‘ravonlikka moyil kuchlar, guruhlar mudom bo‘lgan, 
lekin bunday illatlar mutlaq butun jamiyatga yoki davlatga xos hodisa bo‘lmagan. 
Bu mavzudagi adabiyotlarni, ilmiy qarashlarni o‘rganish ko‘rsatadiki, «erkinlik 
g‘oyasi azaldan din singari ezgu ishlarga undovchi eng kuchli omil bo‘lib 
kelgan»
66
. Shuning uchun erkinlik «insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida 
jamiki davlatlar, jamiyatlar va kishilar uchun fundamental ahamiyat kasb etib 
kelgan»
67
. Demak, erkinlik u yoki bu darajada bo‘lsa-da, barcha davrlar, davlatlar 
va jamiyatlar uchun xos voqelik, ijtimoiy taraqqiyotning immanent qonuni sifatida 
davom etib kelgan. Ammo fuqarolik jamiyati erkinlikni yangi pog‘onaga ko‘tardi, 
uni ayrim toifalar, qatlamlar uchun emas, balki har bir kishi uchun, uning millati, 
ijtimoiy kelib chiqishi, mavqeidan qat’i nazar, bab-barobar teng ijtimoiy-huquqiy 
qadriyatga aylantirdi, deyish o‘rinlidir. Mualliflarning erkinlik «iqtisodiy jihatdan 
mulkka egalik qilishni va o‘zi xohlagan turdagi, lekin qonunda taqiqlanmagan 
tadbirkorlik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lishni, banklarda hisob raqami ochishni, 
qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishni, o‘ziga tegishli bo‘lgan mulkdan daromad 
olish maqsadida foydalanishni bildiradi»
68
, degan fikri bizning mavzumizga 
bevosita taalluqlidir. 
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida korrupsiyaga qarshi kurashni 
yangi bosqichga olib chiqish va manfaatlar to‘qnashuvini oldini oshishga 
qaratilgan faoliyatda huquqiy ta’lim va tarbiyaning ahamiyati yuqori hisoblanadi. 
Huquqiy tarbiya-bu davlat muassasalari, jamoat tashkilotarida va mehnat 
jamoalarida mehnatkashlarni huquqiy bilimlari, huquqiy madaniyati va huquqiy 
ongini oshirishda ularining subektiv huquqlari va majburiyatlarini, ijtimoiy qadr-
qimmatlarini anglab yetishlarida doimiy va maqsad sari yo‘llangan faoliyatidan 
66
Umarov B., Saidov U. Erkinlik g‘oyasi takomili. –T.: Akademiya, 2010. – 3 b. 
67
Umarov B., Saidov U. Erkinlik g‘oyasi takomili. –T.: Akademiya, 2010. – 4 b. 
68
Davlat va huquq nazariyasi. H.B.Boboyev va X.T.Odilqoriyev umumiy tahriri ostida. –T.: TDYI, 2000. –510 b. 


54 
iboratdir. Huquqiy tarbiya hozirgi zamon tarbiya tizimida yuridik fikrlash nuqtai-
nazariyadan yuqori inqilobiy burilishni yasashi kerak. Huquqiy davlat qurish, 
yangilanish sharoitida huquqiy tarbiyaning nazariy va amaliy masalalari eskicha 
nuqtai-nazardan hal qilinishi mumkin emas va hal qilinmasligi kerak. Bu sohada 
ishlab chiqilgan ko‘pgina nazariyalar bo‘layotgan jarayonlardan nafaqat orqada 
qolgan, balki hozirgi kunda jamoat hayotidagi yangi real o‘zgarishlarni aks 
ettirishga ham ulgura olmayapti. Yoshlarga huquqiy normalarning mazmunigina 
tushuntirib bermasdan, ularning umuminsoniy qadriyatlar uchun xizmat qilishi, 
jamiyat uchun foydaliligini, ularning jamiyat rivojlanishidagi o‘rnini ko‘rsatib 
o‘tish lozim bo‘ladi. Huquqiy tarbiyaning hayot bilan bog‘liq ravishda olib 
borishda prinsip yoshlarni huquqiy amaliyotiga kirib borishiga, hayotimizda 
uchrab turgan huquqiy voqea-xodisalarga yoshlarning jalb etish, masalan, qonuniy 
hujjatlar loyihalarini muhokama qilish, saylov ishlarini olib borish kabi tadbirlar, 
ularda qonunga bo‘lgan hurmatini tarbiyalashga yordam beradi. Huquqiy tarbiya 
samaradorligini oshirishning yana bir muhim tomoni shundaki, tarbiyachining o‘zi 
zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi va yoshlarda huquqiy 
ongni shakllantirish, ularni huquqiy madaniyatini oshirish uslubiyatini egallashi 
lozim.
Jamiyatning huquqiy kamoloti mamlakat aholisining huquqiy savodxonlik 
darajasi bilan belgilanadi. «Ijtimoiy faol va yuksak madaniyatli insonga xos 
bo‘lgan fazilatlardan biri huquqiy madaniyatga ega bo‘lishdir. Umumiy 
madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy madaniyatning negizini 
huquqiy ong, huquqiy tafakkur tashkil etadi. Huquqiy ong shaxsning jamiyatdagi 
o‘rnini belgilaydi, jamiyat a’zolarining huquqiy ongi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
huquqiy normalarda belgilangan talablarning bajarilishi ham shunchalik to‘liq va 
aniq bo‘ladi»
69
. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining demokratik qadriyatlari 
hukmron bo‘lgan hozirgi davrda erkin va mas’uliyatli shaxsni kamol toptirish 
uchun shart-sharoit yaratishdagi ularning o‘rni va ahamiyati haqidagi tasavvurlar 
davlat boshqaruvining ijtimoiy munosabatlarini huquqiy tartibga solishning 
69
Huquqiy tarbiyadan huquqiy jamiyat sari // https://www.minjust.uz/uz/press-center/news/91309. 


55 
boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat qurilishi va uni boshqarish 
oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan shunga bog‘liq. Davlat va uning 
tomonidan amalga oshiriladigan hokimiyat va boshqaruvga huquq va qonunga 
bog‘liq huquqiy hodisa sifatida qarash davlat boshqaruvining ijtimoiy 
munosabatlarini huquqiy tartibga solishning asosiga aylanadi. Qadimgi Rim 
davlati zamonlaridan buyon huquq keng ma’noda nafaqat davlat fuqarolari uchun 
majburiy bo‘lgan milliy qonunlar majmuasi, balki odamlarning o‘z umumiy 
ehtiyojlari, manfaatlari va irodasi to‘g‘risidagi, xususiy va ijtimoiy axloqdagi 
o‘zaro mos ideal va qadriyatlar, gumanizm va adolat haqidagi, zarur va istalgan 
narsalar, muhim va farz amallar xususidagi tasavvurlarini aks ettiradigan ijtimoiy 
hodisadir. Insonlar ijtimoiy hayot faoliyatining turli ko‘rinishlari huquq yordamida 
ularning shaxsiy, jamoaviy va jamoatchilik aloqalarida tartibga tushadi.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish amaliy va 
bunyodkorlik ahamiyatiga ega bo‘lib, shaxsiy va jamoaviy, xususiy va ijtimoiy, 
individual va jamoatchilik manfaatlarini o‘zaro murosaga keltirgan, kelishgan 
holda, ularni rasmiy-oshkora (davlat hokimiyati bilan) va xalqaro munosabatlarda 
ma’lum bir chegaralarga tushirib qo‘yadi. Davlat, butun huquqiy tizim sub’ekti 
o‘laroq, huquqning har bir alohida sub’ektiga – fuqarodan tortib butun 
jamiyatgacha – shaxsiy xatti-harakatlari doirasida ham, insoniy sivilizatsiya 
miqyosida yoki uning geosiyosiy tizimlarida ham o‘z-o‘zini ifoda qilish, o‘z-o‘zini 
rivojlantirish va o‘zini qaror toptirish imkonini ta’minlaydi. 
Korrupsiyaviy munosabatlarga qarshi turish uchun ijtimoiy ongda huquqiy 
ma’rifatni rivojlantirish, huquqiy dunyoqarashni shakllantirish va qonunchilik 
asoslarini yaxshi biladigan yoshlarni tarbiyalash muhim vazifalardan biridir. 
«Huquqiy madaniyatni yuksaltirish uchun, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya, 
boshqacha aytganda huquqiy ma’rifatni takomillashtirish zarur. Huquqiy 
ma’rifatning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ongni shakllantirish, ya’ni huquqiy 
normalarning mazmun-mohiyatini bilish, ularga hurmatni va ixtiyoriy, ongli 
ravishda rioya qilishni tarbiyalash bo‘lib, u bosqichma-bosqich berilishi lozim. 


56 
Zamon shiddati jadal, dunyo ham, undagi jamiyatlar ham tez o‘zgarmoqda»
70

Bugunga kelib, odamlarimizning ongi, dunyoqarashi o‘zgardi. Ammo huquqiy 
madaniyat darajasi kutilganidek yuksalmadi. Aholida huquqiy ongning yetarli 
emasligi oqibatida maishiy korrupsiya to‘liq yo‘qolmadi. Korrupsiya noqonuniy 
harakat ekanini hamma biladi, ammo oddiy fuqarodan yuqori mansabli 
amaldorlargacha pora oldi-berdisi ustida ushlanayotgani achinarli holdir. Bularning 
bari, avvalo, qonunni bilmaslik, qolaversa, bilib turib ham uni mensimaslik, rioya 
etmaslik oqibatidir. 
Korrupsiyaviy xavfsizlikni shakllantirishda davlatning ham muhim 
vazifalari 
mavjud. 
Nazorat 
qiluvchi, 
tartibga 
soluvchi 
va 
jazolovchi 
mexanizmlarga ega bo‘lgan davlat tashkiloti korrupsiyaga qarshi kurashuvchi eng 
yuqori organ hisoblanadi. Davlatning jamiyat ishlarini boshqarish bo‘yicha burch 
va vazifalari amalda joriy etiladigan ijtimoiy munosabatlar umumlashtirilgan holda 
davlat boshqaruv munosabatlari deb ataladi. Bu munosabatlar nafaqat davlat 
hokimiyati idoralarining amaldagi qonunchilikka muvofiq tashkil etilishi va 
faoliyat yuritishi, balki davlat hokimiyati vazifalarining jamiyat va davlat ishlarini 
boshqarish maqsadida amalga oshiriladigan vakolatlarga muvofiq joriy etilishi 
bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladi, o‘zgaradi va barham topadi. 
Davlatning korrupsiyaga qarshi yo‘naltirgan barcha islohotlari fuqarolarning 
huquq va manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida 
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish orqali mustaqil 
fikrlaydigan, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, raqobatbardosh kadrlarni 
tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
2020 
yil 
24 
yanvar 
kuni 
Oliy 
Majlisga 
yo‘llagan 
murojaatnomalarida, «oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman, 
degan, yuragida o‘ti bor, jo‘shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma 
qulayliklarni yaratishimiz shart. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim 
bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50–60 
70
Huquqiy tarbiyadan huquqiy jamiyat sari // https://www.minjust.uz/uz/press-center/news/91309. 


57 
foizga yetkazamiz», deb ta’kidlab o‘tdilar
71
. Jaxon Banki tomonidan keltirilgan 
tahliliy 
ma’lumotda, mamalakatimizda mehnat bozorining rivojlanishi 
iqtisodiyotning o‘zgarishi bilan birga sodir bo‘layotgani, bu holat turli kasb 
egalariga bo‘lgan talabni o‘sishiga olib kelayotgani, mehnat bozori talablarini 
qondirishda sifatli oliy ta’lim muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab, oliy ta’lim 
tizimidagi islohotlarni mehnat va iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlarga muvofiq 
amalga oshirish tavsiya etilgan 
72

Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb masala 
ekanligini turli omillar bilan belgilashimiz mumkin, biroq quyida keltiriladigan 
omillar eng ustuvorlari hisoblanadi: 1) zamonaviy davlat boshqaruvi va xususiy 
sektorda kasb turlari shiddat bilan ko‘payayotgan bir vaziyatda malakali kadrlarga 
bo‘lgan talabning ortishi va ijobiy natijalarga erishishda yetuk kadrlar xizmatidan 
foydalanish hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgani; 2) bugungi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida farovon hayot kechirish, kasbiy va insoniy hurmat e’tiborga ega bo‘lish 
uchun oliy ma’lumotli kadr bo‘lish; 3) yuqorida keltirilgan ikki omil asosida 
taraflar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarga korrupsiyaning aralashuvi 
natijasida kelib chiqadigan jiddiy salbiy oqibatlar. Davlat va xususiy sektorda 
malakali kadrlarga bo‘lgan talab va shaxsni oliy ma’lumotga ega bo‘lish orqali 
moddiy hamda ma’naviy manfaatni qo‘lga kiritishga intilishi sub’ektlar o‘rtasida 
munosabatlar ortishiga va qonuniy munosabatlarni korrupsiyaviy munosabatlarga 
o‘zgarishiga kuchli ta’sir qiladi. Zero, oliy ma’lumot olish va malakali kadr bo‘lish 
og‘ir mehnat talab etishi, hamma ham o‘z kuchi va qobiliyati bilan unga erisha 
olmasligi ularni korrupsiya usulidan foydalanishga undaydi. 
Umuman olganda, korrupsiyaga qarshi kurashishda oliy ta’lim muhim 
ahamiyatga ega soha sifatida ajralib turadi, chunki oliy ta’lim mehnat faoliyatiga 
yo‘llanma beruvchi yakuniy uzluksiz ta’lim bosqichi hisoblanadi. Butun dunyoda 
va mamlakatimizda oliy ta’lim olishga bo‘lgan intilish juda yuqori va bu boradagi 
kuchli raqobat korrupsiyaviy holatlar kelib chiqish ehtimolini oshiradi. 
71
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatnomasi, 2020 yil 24 yanvar, 
Internet manzili: http://uza.uz 
72
Final Report of World Bank Group, «Uzbekistan Education Sector Analysis» 2018, p — 11 


58 
Oliy ta’lim «korrupsiyaning dastlabki maktabi» hisoblanadi, chunki bu 
faoliyatda talaba voyaga yetgan mustaqil shaxs sifatida o‘qituvchi bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri huquqqa zid faoliyatga kirishadi va unda korrupsiyaga moyil shaxsiyat 
shakllanib boradi
73
. Kelajakda korrupsiyaviy xususiyatga moyil kadrni mas’ulyatli 
lavozimni egallashi salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Demak, oliy ta’limda 
korrupsiyani mavjud bo‘lishi boshqa sohalarga ham korrupsiyani keng tarqalishiga 
yo‘l ochib beradi. Sohadagi korrupsiya bilimsiz talabalarni shakllantirish bilan 
birga, yuqumli kasallik misoli ilmli talabalarni ham korrupsiya yo‘lini tanlashga 
undaydi
74
. Shuning uchun birinchi navbatda oliy ta’lim sohasida mavjud 
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish lozim bo‘ladi. 
Tadqiqotchi olim D.Matrasulovning fikriga ko‘ra, fan sohasidagi korrupsiya, 
asosan, moliyalashtirish tizimi samarasining past darajada ekani va ilmiy 
loyihalarni baholashda malakali ekspertizasining yo‘qligi bilan bog‘liq. Ilmiy va 
ta’lim muassasalarida nihoyatda yuksak boshqaruv san’atiga ega bo‘lgan 
raqobatbardosh olimlar ishlashi kerak. Ushbu muassasalarning asosiy xodimlari 
ilm-fan va ta’lim muammolarini hal qilishda shu paytgacha qo‘llanib kelingan 
ma’muriy yondashuv o‘rniga menejerlik va tashkiliy yondashuvlardan foydalanishi 
kerak. Dissertatsiyalarni himoya qilish tizimida ham korrupsiya mavjud. Bu Oliy 
attestatsiya komissiyasining faoliyatini tashkil etish, dissertatsiyalarni himoya 
qilish tizimining mukammal emasligi hamda ularga qo‘yiladigan talablar, 
shuningdek, dissertatsiyalarning raqobatbardoshligi masalalari Oliy attestatsiya 
komissiyasi tomonidan ustuvor vazifasi etib belgilanmaganligi kabilar bilan 
bog‘liq. Modomiki, «raqobatbardoshlik» so‘zini fan va ta’limga mas’ul bo‘lgan 
idora rahbarlari va mansabdor shaxslar tushunmas va raqobatdoshlikka erishish 
ular uchun ustuvor vazifaga aylanmas ekan, ilm-fanda taraqqiyotga erishib 
bo‘lmaydi, va korrupsiya faqat gullab yashnayveradi. Mamlakatimiz ta’lim 
tizimiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish uchun tub islohotlarni amalga oshirish, 
kadrlar tarkibini to‘liq yangilash kerak. 
73
Knaust I.S. «Korrupsiya uchrejdeniyax vqsshego professionalnogo obrazavaniya: Magisterskaya dissertatsiya». 
Tomsk:. 2016. — 4 s. 
74
Nataliya L. Taxonomy of Corruption in Higher Education Peabody Journal of Education», Newly Emerging 
Global Issues, 2005, p — 81-92. 


59 
Olim va o‘qituvchiga ish haqi to‘lash masalasi – ahamiyati darajasi bo‘yicha 
kadrlarni yangilashdan keyingi muhim masala hisoblanadi. Ilm-fan uchun, 
shundoq ham yetarli bo‘lmagan miqdorda, ajratilayotgan davlat pullari o‘ta 
samarasiz sarf qilinmoqda. Buni anglash uchun olimning mahsuldorligi 
tushunchasini kiritish kerak: h-indeks ifoda etilgan nashrlar sonining mavjudligi, 
ulardan iqtiboslar olinishi va ishlatilishi, uning rahbarligi ostida magistrlik va 
doktorlik (PhD) dissertatsiyalarining himoya qilinishi, xalqaro konferensiyalarga 
ma’ruzachi sifatida taklif etilishi va qatnashishi, shuningdek ilmiy va tashkiliy 
faoliyat bilan shug‘ullanishi (xalqaro konferensiyalarni uyushtirish, ilmiy 
laboratoriyalar va markazlarni tashkil etish). Ish haqi to‘lash darajasi 
raqobatbardoshlik darajasiga bevosita mutanosib bo‘lishi lozim. O‘nta unumsiz, 
salohiyati yetarli bo‘lmagan olimga past maosh pul to‘lagandan ko‘ra, xalqaro 
darajada raqobatbardosh bo‘lgan va barcha kriteriyalar bo‘yicha sermahsul birgina 
olimga 10 baravar ko‘p ish haqi to‘lagan ma’qul. Akademik hamjamiyatda 
bugungi kunga qaraganda uch-to‘rt baravar kam olimlar bo‘lsa ham mayli, ammo 
ular yuksak darajada sermahsul va katta maosh oladigan olimlardan iborat bo‘ladi. 
Shunda ilm-fan jozibador bo‘ladi. Bunday yondashuvni Fanlar akademiyasi 
tizimida qo‘llash jarayoni oliy o‘quv yurtlariga qaraganda ancha oson kechadi. 
Tanqidchilar bu o‘qituvchilarning katastrofik darajada qisqarishiga va leksiya 
o‘quvchi olimlarning yetishmasligiga olib keladi deb e’tiroz bilirishlari mumkin. 
Ammo bunday holga yo‘l qo‘ymaslikning iloji bor. Birinchidan, oliy o‘quv yurtlari 
o‘qituvchilarini keraksiz qog‘ozbozlikdan xalos etib, ish hajmini sezilarli darajada 
oshirish mumkin. Ikkinchidan, bosqichma-bosqich, ikki-uch yil ichida, rivojlangan 
mamlakatlarda ta’lim va ilmiy unvon olgan o‘qituvchilar hisobiga kadrlar 
almashinuvi amalga oshirilsa, oliy o‘quv yurtlarida o‘qituvchilarning jiddiy 
yetishmovchiligining oldini olish mumkin. JICA va KOICA dasturlari orqali 
Janubiy Koreya va Yaponiyadan faol olimlarning jalb etilishi ham muammoni 
yechimiga xizmat qila oladi. 
Xulosa qilganda, korrupsiya xavfsizligini shakllantirishda, jamiyatda 
korrupsiyaga murosasiz munosabatni uyg‘otishda va korrupsiyaviy munosabatlarni 


60 
tartibga soluvchi, tiyib turuvchi va jazolovchi davlat organlari faoliyatini 
takomillashtirishda va ishlash mexnizmlarini tartibga solishda huquqiy ta’lim va 
tarbiya zarur. Chunki, odamlarda, hatto davlat xizmatchilari orasida huquqiy 
madaniyatning 
shakllanmaganligi, 
huquqiy 
ma’rifatning 
yetishmasligi 
korrupsiyaviy munosabatlarga yo‘l ochmoqda. Jamiyatda korrupsiya xavfsizligini 
shakllantirishning eng samarali yo‘li jamoatchilik nazorati va monitoring tizimi 
hisoblanadi. Lekin, bu tizim nazorat qiluvchilardan huquqiy madaniyatni talab 
qiladi. Huquqiy ma’rifati sayoz bo‘lgan jamiyat a’zolari korrupsiyaviy 
munosabatlarni va bu boradagi qonunchilik asosini bilmaydi. Bu esa, 
korrupsiyaviy munosabat ishtirokchilariga imkonyatni yaratadi. Shuning uchun 
ham jamiyatda huquqiy ma’rifat asosida huquqiy madaniyatni shakllantirish juda 
muhim hisoblanadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling