Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
1. Korrupsiya davlat xizmati tizimidagi hodisa sifatida davlat xizmatchilari yoki ularning vositachilari yordamida mulkiy boylik orttirishga qaratilgan, o‘z mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanish, davlat xizmatchilarini, jismoniy va yuridik shaxslarni sotib olish kabi turli huquqqa zid harakatlarni o‘z ichiga oladi. 2. Islom dinida ham pora berish va olish la’natlanganligi va bunday illatlarga aloqadorlik gunoh amal ekanligi turli shakllarda qayd etilgan. Islom dinida bir insonning boshqa bir insonning molini olib qo‘yishi, uni norozi qilgan holda o‘zlashtirib olishi, biror bir ishga mas’ul qilingan insonning halolu-pok bo‘lib ishlashi, ishni tashkil etishi, belgilangan miqdordan ortiqcha xizmat haqi olishi harom ekanligi belgilab qo‘ilganligi kelib chiqadi. 3. Rivojlangan davlatlar, davlat xizmatlari bilan bog‘liq barcha amaliyotlarni raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy munosabatlarga asos bo‘luvchi sharoitlarni 52 Rose-Ackerman S. The Political Economy of Corruption // Corruption and the global economy / Ed. Elliott K. A. — Washington, DC: Institute for International Economics. — 1997. — P. 31. 40 minimallashtiriga alohida e’tibor qaratishadi va inson omilini imkon darajasida cheklash ishlariga alohida urg‘u berishlar yuqori samaradorlikni namoyon qilishi ma’lum bo‘ladi. 4. Korrupsiyaga qarshi kurashda mansabdor shaxslarning o‘z vazifalarini bajarishi uchun aniq standartlarning ishlab chiqilganligi va uni bajarish yuzasidan xodim ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishni ta’minlashning mavjudligi, nazoratni ta’minlash uchun ko‘pincha avtonom ishlaydigan maxsus bo‘limlar tashkil qilinishi muhim ekanligi xulosa qilindi. 5. Korrupsiyani vujudga kelishida ikki tomonlama dialektik bog‘lanishlar mavjud: Bir tomondan, korrupsiyaga qarshi kurashish uning ta’sirini va zararini kamaytirishi mumkin, boshqa tomondan bu illat keng tarqalishi o‘tish davri muammolarini ham keskinlashtiradi. Shunday ekan korrupsiyaviy xavfsizlikni uni keltirib chiqaruvchi muammolar va shart-sharoitlarni yo‘q qilish bilan bartaraf etish mumkin bo‘ladi. Buning uchun esa, korrupsiyaga qarshi kurashda barcha sohalarda kompleks kurash mexanizmlari ishlab chiqish va jamiyatda bu illatga qarshi keskin murosasizlikni yuzaga keltirish kerak bo‘ladi. 6. Korrupsiyaviy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyati uning xufiyoni va munosabatga kirishuvchi har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi bilan belgilanadi. Ya’ni, korupsiya jinoyati bu munosabatga kirishgan tomonlarning o‘zaro manfaatli kelishiuvchi asosida sodir etiladi. Shuning uchun ko‘p holatlarda tegishli kurashuvchi organlarga shikoyat qilinmaydi. Shu bilan birga bugungi kunda ko‘p davlatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga ishonchsizlik shakllanib qolganligi uchun ham pora so‘rash holatlariga tegishli oranlarga shikoyat qilinmaydi. 7. Korrupsiya holatlar ko‘p hollarda davlat organlari faoliyatini tushunmaslik asosida kelib chiqadi. Ya’ni ma’lum bir davlat organining ishlash tizimi, vakolatlari va tartibini yaxshi bilmaydigan fuqaro mazkur faoliyat mutaxassisi tomonidan qo‘yilgan barcha talablarni bajaradi. Bunday bo‘lishi mumkin emas degan fikrga kelmaydi. Jamiyat a’zolarining huquqiy savodxonligini yuqori bo‘lishi, davlat organlari faoliyati va vakolatlari to‘g‘risida bilimga ega 41 bo‘lishi, davlat xizmatlari to‘g‘risida ularda dastlabki reprezentativ ma’lumotlar mavjud bo‘lishi juda muhim hisoblanadi. 8. Jamiyatda qonunchilik asoslarining mustahkamligi va qonunlarning to‘liq ishlashi barcha huquqbuzaprliklar uchun eng samarali kurash usulidir, aslida. Har qanday ijtimoiy muammolar qonunlarning yaxshi ishlamasligi yoki qonunchilikdagi bo‘shliqlarning ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Qonunlarni takomillashtirilmasligi va yetarli darajada qonunchlik tizimi rivojlanmaganligi korrupsiyaviy munosabatlar uchun yo‘l ochishi ma’lum bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling