Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)
III BOB. JAMIYATDA KORRUPSIYA XAVFSIZLIGINI
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy
III BOB. JAMIYATDA KORRUPSIYA XAVFSIZLIGINI
SHAKLLANTIRISHDA DAVLAT SIYOSATINING ISTIQBOLDAGI VAZIFALARI 3.1-§. Korrupsiyaga qarshi kurashga doir davlat siyosati va strategiyasining ijtimoiy-falsafiy jihatlari O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida ijtimoiy barqarorlikni shakllantirish uchun korrupsiyaviy xavfsizlikni yaratish, bu illatga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish, davlat siyosatida bu illatga qarshi kurashning yo‘nalishlarini aniqlashtirib olish masalalari dolzarblik kasb etadi. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi yangi qonunchilikda davlat siyosatining usutuvor vazifalari sifatida quyidagilar keltirib o‘tilgan: «aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash» 84 . Mana shu ustuvor vazifalar asosida jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlikni qaror toptirish, korrupsiyaga qarshi qonunchilik va jazo choralarini qat’iylashtirish maqsad qilingan. Zero, «korrupsiya har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy putur yetkazadi. Qolaversa, fuqarolarning ijtimoiy adolat, haqiqat hamda davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. Shuning uchun ham yangi taraqqiyot bosqichida mazkur illatga qarshi kurashish, unga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish yo‘lida qat’iy ishlar olib borilmoqda» 85 . 84 O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni. 4 yanvar 2017 // http://parlament.gov.uz/uz/laws/adopted/253/19165 85 Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllanmoqda. // https://old.xs.uz/index.php/homepage /ahamiyat/item/10421-zhamiyatda-korruptsiyaga-nisbatan-murosasiz-munosabat-shakllanmoqda. 78 «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mutaxassislari tomonidan xalqning korrupsiyaga munosabati o‘rganilgan 86 . Unda ishtirok etgan ishtirokchilarning aksariyat qismi — 91,5 foizi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy munosabatlarni kompleks tartibga solish, ushbu sohadagi chora- tadbirlar samaradorligini oshirish, ushbu illatni ildizi bilan yo‘q qilish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni qaror toptirish kerakligini bildirgan. So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlarga qaysi sohada korrupsiya ko‘proqligi so‘ralganda, respondentlarning 37,6 foizi tomonidan sog‘liqni saqlash ko‘rsatib o‘tilgan. Undan keyin 31,4 % natija bilan ta’lim sohasi tanlangan. So‘rovda ishtirok etgan hamyurtlarimizning har to‘rtinchisi ayrim huquq-tartibot organlari korrupsiyalashgan, degan fikrni bildirgan. Shu bilan birga, ishtirokchilarning 64,4 %i korrupsiyani huquqiy, 51%i iqtisodiy, 46,3 %i ijtimoiy, 45,8 %i axloqiy muammo sifatida baholagan. Ijtimoiy so‘rovnomada ishtirk etganlarning aksariyatining fikricha, «fuqarolik jamiyati keng miqyosda rivojlanmaganligi, jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi kabi muammolar korrupsiyaning turli idoralar faoliyatida keng tarqalishiga sabab bo‘layapti. Mansabdor shaxslar vakolat doirasining kengligi, ularning fuqarolar farovonligi bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishga ta’sir etish imkoniyati ham korrupsiyaning paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi» 87 . Ishtirokchilar fikriga ko‘ra, o‘z moddiy ahvolini yaxshilab olish hamda boyish istagi mansabdor shaxslarni korrupsiyaga undaydi. Ayni paytda shaxsiy muammolarini hal qilish evaziga fuqarolarning o‘zlari beradigan moddiy mukofot yoki boshqa ko‘rinishdagi hadyalar ham korrupsiyaga yo‘l ochadi. Shu bois aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va korrupsiyaga qarshi axloq standartlarini yaratish juda muhim. Fuqarolarning fikricha, korrupsiyaga qarshi kurashish faqat huquq-tartibot organlarining emas, balki barchamiz uchun ham birinchi galdagi vazifadir. 86 O‘sha joyda 87 Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllanmoqda.// https://old.xs.uz/index.php/homepage /zhamiyat/item/10421-zhamiyatda-korruptsiyaga-nisbatan-murosasiz-munosabat-shakllanmoqda . 79 Aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini kuchaytirish, jamoatchilikning korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantirish hamda ijro hokimiyati organlari faoliyatining yanada ochiq va shaffofligini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish, qolaversa, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi sa’y-harakatlar ham korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining ajralmas qismi bo‘lishi kerak. Bugungi kunda ustuvor maqsadlar yo‘lidagi qilinishi lozim bo‘lgan eng muhim masalalardan biri korrupsiya illatini bartaraf etish hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli va kompleks davom ettirish uchun 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi qabul qilish maqsadga muvofiq. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 7-dekabrdagi Konstitutsiya kuni bilan bayram tabrikida O'zbekiston xalqiga konstitutsiyaviy normalarni amalga oshirish bo'yicha amalga oshirilgan islohotlar haqida so'z boradi. Rivojlangan davlatlar korrupsiyaga qarshi kurashishda strategik kompleks hujjatlarni qabul qilish va undagi vazifalarni tizimli tadbiq etish orqali sezilarli ijobiy natijaga erishmoqda. Masalan, Norvegiya 2004 yilda, Janubiy Afrika Respublikasi 2016 yilda, Buyuk Britaniya 2017 yilda, Italiya 2018 yilda, Malayziya 2019 yilda, MDH davlatlari orasida Rossiya Federatsiyasi 2008 yilda, Qozog‘iston 2015 yilda, Ukraina esa 2020 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqqan. Bundan tashqari, Gruziyaning korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi va harakatlar rejasi 2005 yilda tasdiqlanib, ushbu hujjatlar orqali korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan keskin chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, korrupsiyaga murosasizlikni shakllantirish, biznes muhitni yaxshilash, xalqaro standartlarni implementatsiya qilish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish choralari ko‘rildi, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun jazo tizimi og‘irlashtirildi. 80 Milliy strategiya qabul qilingandan keyin Gruziyaning xalqaro indekslardagi o‘rni keskin yuqoriladi. Masalan, «Transparency international»ning reytingida 2005 yilda 23 ball bilan 130-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2008 yilga kelib, 39 ball bilan 69-o‘ringa chiqib oldi. Estoniya Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng dastlabki yillardan boshlab, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha turli xil dasturlarni ishlab chiqib, amalga oshirdi. Jumladan, Boltiqbo‘yi davlatlari korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (2004 yil), 2004-2007 yillar uchun «Adolatli davlat» korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi, 2008-2012 yillar va 2013-2020 yillar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyalari qabul qilingan. Mazkur dasturlar natijasida Estoniyaning bu boradagi xalqaro reytinglari doimiy yuqori darajada bo‘lib qolmoqda. 1998 yilda «Transparency international»dagi korrupsiyani qabul qilish indeksida 57 ball bo‘lgan bo‘lsa, 2009 yilda 66 ballgacha ko‘tarilgan. 2009 yilda ro‘y bergan moliyaviy inqirozdan so‘ng, Gretsiya Respublikasi Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni boshladi. 2010 yildan boshlab shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 2012 yilda Yevropa Komissiyasi bilan hamkorlikda Korrupsiyaga qarshi kurashishda yo‘l xaritasi ishlab chiqildi va 2013 yilda Milliy korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi qabul qilindi. Milliy strategiyalar doimiy qabul qilinib kelinadi. Natijada, Gretsiya «Transparency international»dagi korrupsiyani qabul qilish indeksida 2011 yilda 35 ball bo‘lgan bo‘lsa, 2015 yilda 46 ballgacha ko‘tarilgan. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasida belgilanishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar quyidagilardan iborat: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan strategiya loyihasida ham uzoq va yaqin muddatlarga mo‘ljallangan bir qator strategik masalalar, joriy holat tahlili, ijobiy tendensiyalar, muammolar, korrupsiyani keltirib chiqarayotgan asosiy omillar, 81 maqsad va uning indikatorlari o‘rin olishi lozim. Xususan, unda davlat xizmatida, shuningdek xususiy sektor hamda nodavlat notijorat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda korrupsiyaning oldini olish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar o‘rin olgan. Korrupsiyaga qarshi kurash strategiyada quyidagi asosiy yo‘nalishlar mavjud: 1. Sud hokimiyati mustaqilligi va samaradorligini ta’minlash; 2. Davlat xizmatchilari tomonidan mol-mulkni majburiy deklaratsiya qilish; 3. Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi qoidalarni ishlab chiqish; 4. Davlat hokimiyati vakillari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarda inson omilini maksimal darajada kamaytirish; 5. Davlat xizmatiga qabul qilishning ochiq va shaffof mexanizmlarini joriy etish, ishga qabul qilishning aniq standart va tartiblarini belgilash; 6. Davlat xizmatchilari uchun yetarli ish haqi, ijtimoiy himoya bilan ta’minlash; 7. Davlat boshqaruvida nomarkazlashtirish ishlarini jadallashtirish; 8. Nazorat qiluvchi organlar uchun byudjet jarayonlarining shaffofligini oshirish; 9. Soliq ma’murchiligining ochiqligini oshirish. O‘zbekistonda milliy taraqqiyotning yangi bosqichi Sh.M.Mirziyoyev nomi bilan bog‘liqdir. Xo‘sh, yangi bosqichning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? U nimasi bilan o‘tgan o‘n yilliklardan farq qiladi? Yangi bosqichning mavzuga, innovatsion tafakkurga nima daxli bor? Milliy taraqqiyot yangi bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari oldingi davrdagi holatga nisbatan aniqlanishi mumkin. Sh.M.Mirziyoyev o‘tgan o‘n yilliklarni tanqidiy tahlil qilishni, shu asosda jamiyat hayotini yangilash konsepsiyasini taklif etdi. U ishlab chiqqan va jamiyatga taqdim etgan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» nafaqat besh, shuningdek, siyosiy fundamental mohiyatiga ko‘ra, uzoq yillarga 82 qaratilgan hujjat, dasturdir. Chunki unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish 2021 yildan keyingi bosqichlarda ham davom etadi, aks holda, ular palliativ xususiyatga ega bo‘lib qoladi. Davlat rahbarining fikricha, «bu borada mamlakatimiz fuqarolarining huquq va erkinliklarini, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishini ta’minlashni, O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rishni, respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlashni, yaqin va uzoq qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirishni eng asosiy vazifa deb hisoblayman» 88 . Bu so‘zlarda Prezidentning mustaqil rivojlanish yo‘liga sodiq ekani, o‘tgan yillarda boshlangan islohotlarni davom ettirishni niyat qilib qo‘ygani namoyon bo‘ladi. Shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan beshta asosiy ustuvor vazifalar, yo‘nalishlar ham oldingi yillarda e’lon qilingan islohotlar konsepsiyasiga muvofiqdir. Ammo davlat rahbarining Harakatlar strategiyasida, islohotlar negizida tajribalarni va yig‘ilgan, ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bois hal qilinmay kelgan muammolarni tanqidiy tahlil qilish orqali milliy taraqqiyotni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadi yotadi. Uning barcha sa’y-harakatlarida, e’lon qilinayotgan Farmonlari va Qarorlarida ushbu yondashuv yaqqol ko‘rinadi. O‘tgan o‘n yilliklarda shakllangan to‘rachilik, xalqdan uzoqlashish, amaldorlarning o‘z huzur-halovati uchun yashashi, poraxo‘rlik, korrupsiya, kvaziskorxonalar va birlashmalar tashkil etish, davlat mablag‘larini o‘marish, «men senga tegmayman, sen menga tegma» tarzida ishlash, dabdababozlik, sanoxonlik, laganbardorlik kabi demokratik jamiyatga muvofiq kelmaydigan, g‘ayriqonuniy odatlar keskin tanqid ostiga olindi. Bu odatlar hayotda aniq ko‘zga tashlanayotgan bo‘lsa-da, lekin yillar davomida ularni tag-tomiri bilan yo‘q qilish mexanizmlari yaratilmadi. Aholi to‘rachilikdan iztirob chekayotgan bo‘lsa-da, rahbariyat uni tanqid qilishga imkon bermadi, ommaviy axborot vositalari ularni fosh etishdan ko‘ra siyqa, hech kimda qiziqish 88 Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – T.: O‘zbekiston NMIU, 2017. – 21-b. 83 uyg‘otmaydigan fikrlarni takrorlashga, tavtalogiyaga berilishga o‘rganib qoldi. Bizda mustaqil sud va ommaviy axborot vositalari, 5 mingdan oshiq fuqarolik jamiyati institutlari, to‘rtta siyosiy partiya, millionlab kishilarni birlashtirgan ommaviy uyushmalar mavjud edi. Ammo mehnatkashlar o‘z vaqtida maoshini, nafaqaxo‘rlar nafaqalarini ololmasdi, maishiy kommunal xizmat ko‘rsatish idoralarining faoliyati har qanday tanqiddan past, ularning samarali ishlashini ta’minlash bilan hech kim shug‘ullanmasdi, har qanday vazifani yechishga aqli va kuchi yetadigan millionlab mutaxassislar har yili chet ellarga ketib ishlayotganiga qaramay, ular imkoniyatlaridan foydalanish boshqarish institutlarining xayoliga kelmas edi. Yoshlar o‘rtasida oshib borayotgan huquqbuzarlik esa qog‘ozdagina to‘xtatilar edi, xolos. Xalq ommasining dardini, o‘y - fikrlarini, arzini eshitadigan kimsa qolmadi, barcha arzlar tag‘in o‘sha muassasalarga qaytarilib yuborishdek sansalorlik odati qaror topgan edi. Fermerlar va tadbirkorlar soni yildan yilga oshib borayotgani keltirilardi-yu ijtimoiy iqtisodiy hayotda an’anaviy ish usullari ustun edi, paxta yetishtirish va hosilni yig‘ib terib olish tartibi hatto sobiq sovet totalitar davridagidan ham keskinroq «siyosiy masala»ga aylangan edi. Davlat korxonalarini xususiylashtirishda kimlar «olg‘irlik» qilgani maxsus yuridik kriminalistik tadqiqotni taqozo etadi. Zamonaviylik hech qachon o‘zidan o‘zi, osonlik bilan real voqelikka aylanmagan, ijtimoiy hayotning o‘zgaruvchan, dinamik xususiyati esa yangilikni keskinroq, shiddatliroq, hatto, ma’lum guruhlar manfaati va istaklariga zid tarzda faolroq bo‘lishga undaydi. Zamonaviylik va innovatsiyaning bunday faolligi zararli emas, ammo ularning ijtimoiy-tarixiy imkoniyatni qo‘ldan boy berib, nofaolligi, xotirjamlikka, o‘zini o‘zi ulug‘lashga berilishi jamiyatga qimmatga tushadi. Ijtimoiy falsafiy va psixologik muammolar bilan shug‘ullanuvchi olimlar bu hodisani «jamiyatdan qochish» 89 , ya’ni ommaviy tushkunlik, indiferentizm deb atashadi. Bu ommaviy psixologik voqelik, yuqumli virus kabi avlodlardan- avlodlarga, diaxron o‘tishi bilan ham xavflidir. Shuning uchun xalqning, millatning 89 Fromm E. Begstvo ot svobodi. 2 izd.- M.: Progress, 1995. – 158 s. 84 kelajagi haqida o‘ylaydigan, qayg‘uradigan siyosiy kuchlar, jamiyat va davlat taqdiri uchun mas’ul sub’ektlar, ijtimoiy hayotning transformatsiyaga moyilligini, yangilanib turish har bir jonli organizm rivojlanishi uchun zarurligini bilish darkor. Bunday kuchlar innovatorlar, reformatorlar sifatida tarixda qoladi. Ularning tarix sahnasiga chiqishi ijtimoiy taraqqiyot talabidir. Bugungi kunda O‘zbekistonni rivojlantirish tendensiyalari informatsion texnologiyalar va innovatsion loyihalarga bevosita bog‘liq jarayondir. Respublikamizda barcha sohalarga informatsion texnologiyalarni joriy qilish natijasida ilmiy texnik taraqqiyotning inqilobiy rivojlanishiga va inson bunyodkorlik salohiyatini mislsiz o‘sishiga olib keldi. Bu jarayon raqamli iqtisodiy texnologiyalarni kundalik faoliyatimizning ajralmas qismiga aylanib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Raqamli iqtisodiyot – bu innovatsion texnologiyalar, platformalar va yangicha biznes modellarini yaratish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish deganidir. Raqamli iqtisodiyotning joriy etish natijasida: - insonlarning farovon turmush darajasini sezilarli darajada oshirish; - jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilayotgan salbiy illat ya’ni korrupsiyaga barham berish; - to‘lovlar uchun xarajatlarni kamaytirish ; - ma’lumotlar ko‘pligi va tizimliligi yolg‘on va qing‘ir ishlarga yo‘l bermaslik; - tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olish; - fidbek (iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtirish; - iqtisodiyotga legal mablag‘lar oqimini oshirish, budjet taqsimotining ochiqligi, soliqlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanishi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilayotgan mablag‘larni sarflanishining ta’minlanishi inson taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadi. 85 O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqning ezgu niyatlari va yuksak salohiyati ro‘yobga chiqishiga eng yaxshi sharoit va imkoniyatlarni yaratdi. Harakatlar strategiyasi asosida kechayotgan shiddatli islohotlar xalqning kelajakka ishonchini mustahkamlash, uni bunyodkorlik ishlariga safarbar qilish, jamiyatda uchrayotgan illatlar, xususan, loqaydlik, mas’uliyatsizlik, boqimandalik, hasadgo‘ylik va korrupsiya kabi holatlarga qarshi kurashishga undovchi ijtimoiy buyurtmani shakllantirdi. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning muhim elementlaridan biri – bu korrupsiyaga qarshi kurashishining samarali tizimni yaratish. Ushbu tizimga vakolatli, kuchli va mustaqil davlat organlari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida kompleks dastur va tashabbuslar, faol fuqarolik jamiyati tashkilotlari va furqarolar, shuningdek, jamiyatda korrupsiya bilan murosasizlik madaniyati kiradi. OAV esa, ushbu g‘oyalarning faol targ‘ibotchisi vazifasini bajaradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolarni korrupsiya illati haqida xabardor qilish va ularda korrupsiyaga nisabatan murosasizlik madaniyatini shakllantirish vazifasini hal etishda elektron OAV, avvalambor Internet-OAVning o‘rni ham kun sayin oshib bormoqda. Bu yo‘nalishda Gazeta.uz, Kun.uz, Podrobno.uz va boshqa bir qator internet nashrlar faollik ko‘rsatmoqda. An’anviy va internet OAV, turli-tuman axborot manbalari tomonidan jamiyatda shakllangan turli siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarni aks ettirilishi mazkur ijtimoiy-siyosiy institutning davlat va mahalliy hokimiyat faoliyati, jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning samarali vositasiga aylantirmoqda. Shu ma’noda OAV davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hay’at majlislarida ishtirok etishlari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan davlat, jumladan umummilliy va hududuiy darajadagi dasturlarning amalga oshirish jarayonlari bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari va eshituvlarini tashkil etish va o‘tkazishlari mumkin va shart hisoblanadi. 86 OAV korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik fikrini shakllantirishda o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Jamoatchilik fikrini shakllantirish bo‘yicha ular quyidagi vazifalarni amalga oshira oladilar: – korrupsion omil va munosabatlar maydonini imkon qadar tizimli qisqartirish va minimallashtirishga yordam berish; – jamoatchilik ongiga korrupsiyaga murosasizlik tuyg‘usini singdirish; – jamiyatda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish g‘oyasini targ‘ib qilish; – o‘z mamlakatiga sadoqatli bo‘lish, fuqarolik mas’uliyatini his qilish, jamiyatda sodir bo‘layotgan har qanday voqeaga befarq bo‘lmaslik g‘oyasi ostida o‘z a’zolarini jipslashtirgan ijtimoiy-siyosiy tuzilmalarni tuzishda ishtirok etish. 2017 yil boshidan buyon korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularining matbuotda e’lon qilinish bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi to‘lqin respublika jurnalistlariga so‘nggi 10-15 yil ichida «deyarli unutilgan» sud reportajlari, tahliliy janrlar va sud ocherklari imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish imkonini yaratdi. Buni, birinchi navbatda, ijtimoiy-siyosiy bosma davriy nashrlar faoliyatida yaqqol ko‘rish mumkin. Maxsus ruknlar, tematik sahifalar hozirda keng auditoriyaga bu borada turli xil ma’lumotlarni taqdim etmoqda. Mamlakat televideniesi ushbu mavzuga Milliy teleradiokompaniyaning «Munosabat» («O‘zbekiston» telekanali), «Ochiq muloqot» (Toshkent telekanali) kabi teleko‘rsatuvlar yordamida «yangi hayot baxsh etildi». Xuddi shu mavzuning «MY5» va «Milliy TV» nodavlat telekanallari orqali alternativ nuqtai nazar va televizion jurnalistik ma’lumotlar yordamida taqdim etishlishi ularning mavqeini kuchaytirib yuborishga xizmat qildi. Fuqarolarning ijtimoiy irodasining birligini namoyon etuvchi jamoatchilik nazorati alohida ijtimoiy institutlarga ta’sir ko‘rsatishi, turli ijtimoiy guruh manfaatlarining muvozanatini ta’minlash va ular o‘rtasidagi qarama-qarshilikning oldini olishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, jamoatchilik nazorati bir vaqtning o‘zida butun jamiyatning xohish va irodasini 87 uyg‘unlashtirish va muvofiqlashtirish usuli bo‘lishi bilan bir qatorda qonun ustuvorligini amalga oshirishni kafolatlovchi omil hamdir. 2019 yil 29 may kuni Kun.uz o‘zining «O‘zbekiston mamlakatning asosiy ichki dushmaniga qarshi urush e’lon qildi» nomli sharhida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarga ikki oy davomida davlat dasturining har bir bandi bo‘yicha maqsadlarga erishishda samaradorlik inikatorlarini ishlab chiqish va idoralararo komissiya bilan muvofiqlashtirish vazifasi topshirildi, deb yozadi . Kun.uz internet nashrining muxbiri Ulug‘bek Akbarov 2019 yil 4 may kuni «O‘zbekistonliklar mamlakatning ichki dushmani nomini aytdilar» sarlavhali sotsiologik xulosasida «Sizning fikringiz» Telegram-kanali orqali o‘tkazilgan ekspress-so‘rov natijalariga izoh berdi. So‘rov onlayn tarzda o‘tkazilganligi sababli, jinsi, yoshi va boshqa omillar hisobga olinmadi. Respondentlardan O‘zbekistonning eng asosiy dushmani nima deb so‘rashdi. 1033 respondentning 58 foizi korrupsiya O‘zbekistonning asosiy dushmani ekanligini ta’kidladi. Bundan tashqari, respondentlarning 17 foizi mamlakatning asosiy dushmani – maqtov, 15 foizi – oshna-og‘aynichilik, 5 foizi – mahalliychilik, 3 foizi – volyuntarizm va 2 foizi – nigilizm deb hisoblashadi. Shuningdek, respondentlardan: «Sizning fikringizcha, katta maosh korrupsiyani yo‘q qiladimi?» deb so‘raldi. Ularning deyarli 70% «ha» deb javob berishdi. Respondentlarning yana bir qismi ikki jabhaga bo‘lingan: 20 foizi amaldorlar baribir ham pora olishaveradi, 10 foizi esa, ish haqini oshirish befoyda chora deb o‘ylashadi. Yuqorida qayd etilgan ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, O‘zbekiston OAV jamiyatda korrupsiyaning namoyon bo‘lishiga murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha o‘z funksiyalarini to‘la va samarali bajarmoqda, deb aytish mumkin emas. Bunday ishlarning samaradorligini oshirish uchun OAVning 88 tahririyatlari o‘zlarining o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarini ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi, ular quyidagilarga asoslanishi kerak. – OAV tahririyatlari huquqni muhofaza qilish, sud va adliya organlari, advokatlar, NNT, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahallalar) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birga korrupsiyaga qarshi kurashishda maqsadli tushuntirish ishlarini olib borish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun samarali ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish. Bu yerda nafaqat yangi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni sharhlash, balki turli davra suhbatlari, o‘quv seminarlari, tok-shoular, ommaviy munozaralar va aholining turli qatlamlari vakillari bilan korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarb masalalari bo‘yicha munozaralarni tashkil etish ham nazarda tutilmoqda. – sud-huquq sohasidagi mansabdor shaxslarning faoliyatini OAVda muntazam yoritib borish; huquqni muhofaza qilish idoralari, advokatlik jamiyatlari va fuqarolik jamiyati institutlarining axborot-targ‘ibot kampaniyalarini uyushtirish; mass-media faoliyatini «qayta aloqa» bo‘yicha monitoringi natijalari bo‘yicha tashkil etish. Bu yerda keng auditoriyaning OAVga bo‘lgan munosabati bilan bir qatorda jurnalistik axborotlar mazmuniga daxldor davlat va jamoat boshqaruvi organlarining munosabati, ya’ni jamoatchilikni korrupsiyaga qarshi va huquqiy materiallarning samaradorligi va samaradorligi to‘g‘risida xabardor qilish nazarda tutilmoqda; – ijtimoiy so‘rov natijalarini OAVda muntazam yoritib borish, auditoriyaning muayyan guruhlari va aholining huquqiy madaniyatini oshirish; matbuotda sotsiologik ma’lumotlarning keng tarqalishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrining holatini o‘rganib borish. Har bir tahririyat o‘z auditoriyasining real huquqiy qiziqishlari, talab va ehtiyojlarini o‘rganishi kerak. Shu ma’noda, nafaqat media-tadqiqot zarurati mavjudligi, balki OAV orqali jamoatchilik fikrini shakllantirish sohasidagi ham ijtimoiy, ham huquqiy siyosat sub’ektlari tomonidan paysalga solib bo‘lmaydigan amaliy choralarini ko‘rish mumkin. 89 – sukut saqlash, ma’lumotni dozalash, faktlar va hodisalarni anglashga bir tomonlama yondashish, yillar davomida o‘rnashib qolgan andozalarni rad qilish, maqolalarni keng o‘quvchi uchun zerikarli va tushunish uchun qiyin holda tayyorlash kabi usullardan voz kechish. Tadqiqot doirasida «Jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy- Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling