Soxibov salohiddin anvar o‘G‘li jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil (Monografiya)
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
To‘rtinchi savol: «Boshqaruvda korrupsiya holatlarining yuqoriligini nima
bilan izohlash mumkin?», - degan savolga ishtirokchilarning 41,3 % i yoki 124 nafari rahbar-kadrlar daromadlarini deklaratsiyalash va nazorat qilish mexanizmlarini mavjud emasligi bilan bog‘lasa, 58,6 %i yoki 176 nafari boshqaruvda hissobdorlikni sustligi bilan, rahbar-kadrlarning oylik maoshining kamligi va iqtisodiy muammolari bilan bog‘laydi. Beshinchi savol: «Korrupsiyaga moyil munosabatlar reestrini ishga tushirilishi va shu orqali kurashish qanday samara beradi?», - degan savolga ishtirokchilarning 39 %i yoki 117 nafari «korrupsiyaga moyil munosabatlar reestirini ishga tushishi va bu orqali inson omilini chetlashtirilishi korrupsiyani sezilarni kamaytiradi» degan javobni bergan bo‘lsa, 61 %i yoki 183 nafari «kuchli jazo choralari ishlatilmasa har qanday chora samarasiz bo‘lib qolaveradi» degan javobni bergan. Oltinchi savol: «O‘zbekiston OTMlari boshqaruvida korrupsiyani yuqoriligi qanday omilarga bog‘liq deb bilasiz?», - degan savolga ishtirokchilarning 44,3 %i yoki 133 nafari mahalliy OTMlar boshqaruvida hisobdorlik mavjud emas, ular yuqori vakolatli organlarga nomigagina bo‘ysunadi degan bo‘lsa, 55,6 %i 167 92 nafari mahalliy OTMlar boshqaruvida va qaror qabul qilishda faqat bir rahbar omili korrupsiyaga moyillikni keltirib chiqaradi va mahalliy OTMlar boshqaruvida jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi bilan belgilaydi. Yettinchi savol: «Oliy ta’limda korrupsiya holatlarini kamaytirish uchun qanday o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur deb o‘ylaysiz?», - degan savolga ishtirokchilarning 73 %i 219 nafari oliy ta’limda rahbarlar va professor- o‘qituvchilarning korrupsiyaviy holatlarini qat’iy jazo choralari va davlat ishida ishlash huquqidan ayirish kabi usullarini kiritish kerakligini bildirgan. 21 %i «Oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik va akademik erkinlikni berish orqali» degan javobni, 12 %i 81 nafari oliy ta’lim muassasalariga rahbar-kadrlar dunyoqrashi va tafakkurini o‘zgartirish kerakligini bildirgan. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling